Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Quyosh tutilganda sadaqa qilmoq


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


2-bob. Quyosh tutilganda sadaqa qilmoq 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu* alayhi va sallamning davrlarida 



Quyosh to‘tildi. Shunda Rasululloh sallallOhu alayhi va sallam jamoat birlan namoz 

o‘qidilar. Qiyomda uzoq turdilar, so‘ng ruku’ qilib, ruku’da ham uzoq turdilar. Keyin, 

qadlarini rostlab, qiyomda uzoq turdilar, lekin ruku’dan avvalgi qiyomga ko‘ra kamroq 

turdilar. So‘ng, yana ruku’ qildilar, ruku’da uzoq turdilar, lekin birinchi ruku’ga nisbatan 

kamroq turdilar. Keyin, sajda qildilar, sajdada ham uzoq turdilar. So‘nggi rak’atda ham 

shundoq qildilar. Namoz tugaganda Quyosh tutilib bo‘lgandi. Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallam odamlarga xutba aytdilar. Keyin, Ollohga hamdu sanolar aytib: «Quyosh 

birlan Oy Olloh taolo qudratini isbotlovchi ikkita dalildir. Qachonkim ularning tutilganini 

ko‘rg‘aydirsiz, Ollohga sig‘inib duo qilingiz, takbir aytingiz va namoz o‘qingiz hamda 

sadaqa beringiz!»- dedilar. So‘ng, bir oz sukut saqlab turgach: «Ey Muhammad ummati, 

Ollohga qasamyod qilib ayturmenkim, xoh ayol va xoh erkak banda bo‘lsin, zino qilsa, 

Ollohdan ko‘ra ko‘proq g‘azablanib, rashk qilg‘uvchi zot bo‘lmasa kerak! Agar men bilgan 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

206


narsani bilganingizda erdi, ko‘proq yig‘lab, kamroq kular erdingiz!» - deb qo‘shib 

qo‘ydilar». 

 

3-bob. Quyosh tutilganda jamoat bo‘lib namoz o‘qish uchun odamlarni 

namozga chaqirmoq 

 

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida 



Quyosh tutilganda jamoat bo‘lib namoz o‘qimoq uchun odamlar chaqirildi», 

 

4-bob. Quyosh tutilganda imomning xutba aytmog'i 

 

Oisha onamiz va ularning opalari: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh 



tutilganda odamlarga xutba aytdilar»,- deyishadi. 

 

Urva raziyallohu anhu Oisha onamizdan eshitib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallam hayot davrlarida Quyosh tutildi. Buni ko‘rib masjidga chiqdilar. Odamlar 

Janob Rasulullohning orqalarida saf tortishdi. Rasululloh takbiri tahrima aytib namozni 

boshladilar. So‘ng, uzoq qiroat qildilar, keyin takbir aytib ruku’ qildilar, ruku’da uzoq 

turdilar. So‘ng, «Sami’allohu liman hamidahu» deb ruku’dan turdilar. Sajdaga 

bormasdan avval oldingiga nisbatan qisqaroq qiroat qildilar. So‘ng, takbir aytib ruku’ 

qildilar, ruku’da avvalgiga ko‘ra kamroq turdilar, keyin «Sami’allohu liman hamidahu, 

rabbano va laka-l-hamd» deb sajda qildilar. So‘ng, ikkinchi rak’atda ham shundoq 

qildilar. Undan keyin, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘rt ruku’ va to‘rt 

sajda qilib ikki rak’at namoz o‘qidilar. Quyosh tutilib bo‘lganda hali namoz tugamagan 

erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib 

Ollohga munosib hamdu sanolar aytdilar, so‘ng: «Quyosh birlan Oy Ollohning qudratini 

isbotlovchi ikkita dalildyr. Ular biror kishining o‘lgani yokim tug‘ilgani uchun 

tutilmag‘aydir. Agar (kim) ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, namoz o‘qingiz!» - dedilar». 

 

Urva raziyallohu anhu Oisha onamizdan eshitib rivoyat qilib bergan mazkur hadisga 



monand boshqa bir hadisni Abbos ham hikoya qilib bergan erkanlar: «Zuhriy raziyallohu 

anhu: «Akang - Abdulloh ibn Zubayr Quyosh tutilganda Madinada namozi bomdodga 

o‘xshash ikki rak’at namoz o‘qidi, ortiqcha hech narsa o‘qimadi-ku!»-deganlarida, Urva: 

«Ha, to‘g‘ri, akam namozning sunnatida yanglishdilar»,- deb aytgan erkan». 

 

5-bob. «Quyosh tutildi» deb aytiladirmi yokim «Quyosh kuydi» deb 

aytiladirmi? 

 

Olloh taolo: «Va xasafa-l-Qamar (Oy tutildi)»,- deydir. 



 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilgan 

kuni namoz o‘qidilar. O’rinlaridan turib, avval takbiri tahrima aytdilar, so‘ng Surai 

«Fotiha»ni o‘qib, unga uzun bir surani zam qildilar. Keyin, uzoq ruku’ etdilar, so‘ng 

«Sami’allohu liman hamidahu» deb qadlarini rostladilar, keyin avvalgidan ko‘ra qisqaroq 

qiroat qildilar, so‘ng uzoq sajda ayladilar. Ikkinchi rak’atda ham shundoq qildilar, so‘ng 

salom berdilar. Quyosh tutilib bo‘lgach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga 

xutba aytdilar. Jumladan, Quyosh va Oyning tutilishi to‘g‘risida shundoq dedilar: 

«Quyosh birlan Oy Ollohning qudratini ko‘rsatuvchi ikkita dalildir. Ular biror kishining 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

207


hayoti yokim vafoti tufayli tutilmag‘aydir. Agar kim ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, 

namoz o‘qingiz!» 

 

6-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Olloh taolo bandalarini Kun 

kuyishi birlan qo‘rqitgaydir» degan so‘zlari to‘g‘risida 

 

Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



«Kun birlan Oy Olloh taolo qudratini namoyon qilg‘uvchi ikki dalildir. Ular biror kishining 

o‘lgani sababli kuymag‘aydir, biroq Olloh taolo bu birlan bandalariniqo‘rqitg‘aydir»-

dedilar. 

 

7-bob. Quyosh tutilganda namoz o‘qiyotib, Ollohdan go‘r azobidan asrashini 



so‘ramoq 

 

Umra binti Abdurrahmondan: «Bir yahudiy xotin Oisha onamizdan xayr-sadaqa so‘rab 



kelib: «Olloh taolo seni go‘r azobidan asrasin!» - dedi. Oisha onamiz Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallamdan: «Odamlar qabrda azoblang‘aydirmi?» - deb so‘radilar. 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohdan go‘r azobidan panoh tilab: «Ha, qabr 

azobi haqdir!»-dedilar. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam saharlab ulov minib 

chiqib ketdilar. Shu kuny Quyosh tutildi. Janob Rasululloh ertalab qaytdilar-da, 

hujralarining orqasiga o‘tib namoz o‘qimoqqa tutindilar, odamlar ham Rasulullohning 

orqalarida turib namoz o‘qishdi. Janob Rasululloh qiyomda uzoq turdilaru so‘ng uzoq 

ruku’ qildilar, keyin ruku’dan turib, qiyomda avvalgidan ko‘ra kamroq turdilar. So‘ng, 

avvalgi ruku’dan qisqaroq ruku’ qilib, keyin qadlarini ko‘tardilar-da, sajda etdilar. 

Qadlarini rostlagach, qiyomda avvalgidan ko‘ra kamroq turdilar, keyin qisqaroq ruku’ 

qilib, so‘ng qadlarini ko‘tardilar-da, sajdaga bosh qo‘ydilar. Namozni tugatib o‘girilgach, 

Janob Rasulullrh sallallohu alayhi va sallam Olloh xoxlagancha va’z-nasihat ayladilar, 

So‘ng, odamlarga Olloh taolodan go‘r azobidan najot tilamoqni buyurdilar». 

 

8-bob. Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namoz sajdasi haqida 

 

Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida 



Quyosh tutilganda odamlar jamoat birlan namoz o‘qimoq uchun chaqirildilar. Shunda 

Rasululloh sallallohu ayaayhi va sallam ikki marta ruku’ qilib, bir marta sajda etdilar. 

Keyin, turib yana ikki marta ruku’ va bir marta sajda qildilar., So‘ng, o‘tirdilar. Quyosh 

ham tutilib bo‘ldi. O’shanda Oisha onamiz: «Bu namozdan ko‘ra uzunroq namoz 

o‘qimagan erdim»,- degan erdilar». 

 

9-bob. Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namozni jamoat bo‘lib o‘qimoq 

 

Ibn Abbos Zam-zam supasida jamoat birlan namoz o‘qidilar, uning o‘g‘li Ali ersa, 



odamlarni namozga to‘pladi, Ibn Umar ham jamoat birlan namoz o‘qidilar. 

 

Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh davrlarida Quyosh tutildi. 



Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qimakka tutindilar. Surai «Baqara» 

qiroatiga ketgan vaqtcha qiyomda turdilar, keyin yuz oyat o‘qimakka ketgan vaqtcha 

ruku’ qildilar, so‘ng qadlarini rostlab, «Oli Imron» surasini o‘qimakka ketgan vaqtcha 

qiyomda turdilar. Bu gal oldingi qiyomda turganlaridan ko‘ra kamroq vaqt sarf ayladilar. 

Keyin, uzoq ruku’ qildilar, bunga ham oldingisiga nisbatan kamroq vaqt sarf etdilar, 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

208


keyin sajda qildilar. So‘ng, uzoq qiyomda turdilar, bunisi avvalgisidan qisqaroq bo‘ldi, 

keyin uzoq ruku’ qildilar, bunisi ham avvalgisidan qisqaroq bo‘ldi, keyin uzoq qiyomda 

turdilar, bunisi ham avvalgisidan qisqaroq bo‘ldi, keyin uzoq ruku’ etdilar, bunisi ham 

avvalgisidan qisqaroq bo‘ldi, keyin sajda ayladilar. Namozni o‘qib bo‘ldilar hamki, 

Quyosh tutilib bo‘ldi. Janob Rasululloh odamlarga o‘girilib bunday dedilar: «Quyosh 

birlan Oy Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Ularning tutilmog‘i biror kishining hayoti 

yokim mamoti birlan bog‘liq ermas. Agar ularning tutilganini ko‘rsangiz, Ollohni zikr 

qilingiz!» - dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, biz sizning turgan o‘rningizda bir 

narsaga qo‘l uzatib olmoqchi bo‘lganingizni, keyin orqaga tisarilganingizni ko‘rdik»,- 

deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men jannatni ko‘rdim va bir shingilga 

qo‘l uzatdim. Agar ololg‘ay erdim, dunyo turguncha yeb ado qilolmagan bo‘lur erdingiz. 

Keyin, do‘zaxni ham ko‘rdim, bugungidek qo‘rqinchliroq manzarani ko‘rmaganmen. 

Qarasam, do‘zax ahlining ko‘pchiligi xotinlar erkan»- dedilar. Sahobalar: «Ne uchun 

ko‘pchiligi xotinlar, yo Rasululloh?»- deyishdi. «Ollohga noshukurchiliklari, erlarining 

qadriga yetmaganliklari va erlarining yaxshilig‘larini bilmaganliklari uchundir. Agar 

xotinlarning birontasiga bir umr yaxshilig‘ qilg‘aydirsen-u, so‘ng sendan bir yomonlik 

ko‘rg‘aydir, sendan hech yaxshilig‘ ko‘rmadim, deydir»,- dedilar Janob Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam». 

 

10-bob. Quyosh tutilganda erkaklar birlan birga ayollarning ham namoz 

o‘qimog‘i 

 

Asmo rivoyat qiladirlar: «Quyosh tutilgan kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 



xotynlari - Oisha singlimnikiga bordim. Qarasam, odamlar namoz o‘qishayotgan erkan. 

Oisha qiyomda turgan vaqtida: «Odamlarga ne bo‘ldi?»-deb so‘radim. U qo‘llari birlan 

osmonga ishora qilib: «Subhonalloh»,- dedi. «Azob (qiyomat) alomatimi?»-dedim. «Ha» 

degan ma’noda bosh irg‘ab qo‘ydi. Keyin, men ham ular birlan birga namoz o‘qishga 

tutindim, hatto ko‘p o‘qiganimdan boshim aylanib ketdi. Keyin, o‘zimga kelay deb 

boshimdan suv quya boshladim. Janob Rasululloh namoz o‘qib bo‘lgach, Olloh taologa 

hamdu sanolar aytdilar, so‘ng: «Men ko‘rmagan narsa qolmadi, hatto shu yerda turib 

jannatni ham, do‘zaxni ham ko‘rdim. «Sizlar qabrda yotganingizda Dajjol fitnasi yanglig 

bir imtihondan o‘tg‘aydirsizlar» deb menga vahiy qilindi»,- dedilar. O’shanda «Dajjol 

fitnasi yanglig‘» dedilarmi yokim «Dajjol fitnasiga yaqin», dedilarmi, aniq esimda yo‘q. 

Keyin, Janob Rasululloh bunday deb davom etdilar: «Har biringiz qabrda yotganingizda 

bir farishta kelib: «Bu kishini (Rasulullohni) taniysanmi?» - deb so‘raydir. Agar qabrda 

yotgan banda iymonli (yokim «taqvodor»,- dedilar shekilli) ersa: «Bu kishi Muhammad 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdirlar, bizga mo‘‘jizalar va hidoyat olib kelganlar. 

Biz ishonib qabul qilganmiz, ergashganmiz»,- deydir. Unga: «Biz sening mo‘min 

ekanligingni bilur erdik, orom olib uxlayverg‘il!»- deyishadi. Ammo, munofiq (yokim 

«ikkilanuvchi»,- dedilar shekilli) ersa: «Bilmadim, odamlar (bu kishi to‘g‘rilarida) 

nimalardir deyishar erdi, men ham o‘shalar aytganini aytar erdim»,- deydir». 

 

11-bob. Quyosh tutilganda qulni ozod qilmakni yaxshi ko‘radirgan kishi haqida 

 

Asmo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilganda qul ozod qilmakni 



buyurdilar»,- deydilar. 

 

 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

209


12-bob. Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namozni masjidda o‘qimoq 

 

Umra binti Abdurrahmondan: «Bir yahudiy xotin tilamchilik qilib keldi. Maqsadi hosil 



bo‘lgandan so‘ng, Oisha onamizga: «Olloh taolo seni qabr azobidan saqlasin!» - dedi. 

Oisha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Odamlar qabrda 

azoblanadirmi?» - deb so‘radilar. Janob Rasululloh (javob o‘rniga): «Ilohi, qabr azobidan 

o‘zing asrag‘il!» - deb qo‘ydilar. Bir kuni saharda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

ulov minib chiqib ketdilar. Saldan keyin Quyosh tutildi. Rasululloh ertalab qaytib keldilar. 

Hujralarining orqasiga (ya’ni, masjidga) o‘tib namozga tutindilar, odamlar ham ul 

kishining orqalarida turib namoz o‘qidilar. Janob Rasululloh qiyomda uzoq turdilar, so‘ng 

uzoq ruku’ qildilar, keyin qadlarini rostlab, qiyomda avvalgidan kamroq turdilar. So‘ng 

avvalgi ruku’dan qisqaroq ruku’ qilib, keyin qadlarini ko‘tardilar-da, sajda etdilar, 

sajdada uzoq turdilar. Qadlarini rostlagach, qiyomda avvalgidan ko‘ra kamroq turdilar, 

keyin avvalgidan qisqaroq ruku’ aylab, qiyomga turdilar. Qiyomda avvalgidan kamroq 

turdilar, so‘ng avvalgisidan qisqaroq ruku’ qilib, sajdaga bosh qo‘ydilar. Namozni o‘qib 

bo‘lib, Olloh istagancha va’z-nasihat etdilar. So‘ng, odamlarga Olloh taolodan qabr 

azobidan najot tilamoqni buyurdilar». 

 

13-bob. Quyosh biror kishining dunyoga kelgani yokim vafot qilgani tufayli 

tutilmaydir 

 

Abu Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh va Oy 



kimningdir o‘lgani yokim tug‘ilgani uchun tutilmag‘aydir, biroq ular Olloh taolo 

qudratining ikki dalilidir. Agar ularning tutilganini ko‘rg‘aydirsiz, ikki rak’at namoz 

o‘qingiz!» - dedilar». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Quyosh 



tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib jamoat birlan namoz 

o‘qimakka kirishdilar. Qiyomda turib uzoq qiroat ayladilar, so‘ng ruku’ qildilar, ruku’da 

uzoq turdilar, keyin boshlarini ko‘tarib uzoq qiroat etdilar, bu gal qisqaroq qiroat 

ayladilar. So‘ng ruku’ qildilar, bu galgi ruku’da kamroq turdilar, keyin boshlarini ko‘tarib, 

ikki marta sajda qildilar. Ikkinchi rak’atni ham shunday o‘qidilar. Namozdan keyin, 

odamlarga xutba aytgani o‘rinlaridan turdilar. Hamdu sanodan so‘ng: «Quyosh birlan Oy 

biror kishining tug‘ilgani yokim o‘lgani uchun tutilmag‘aydir, biroq ikkalasi Olloh taolo 

qudratining ikki dalilidir. Olloh taolo ularni bandalariga ko‘rsatib, o‘z qudratini namoyish 

qiladir. Agar Quyosh va Oy tutilganini ko‘rsangiz, darhol namoz o‘qingiz!»-dedilar. 

 

14-bob. Quyosh tutilganda zikr aytmoq 

 

Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Quyosh tutildi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



«Qiyomat bo‘lib qoldimi?» deb qo‘rqib o‘rinlaridan turdilar-da, masjidga chiqib namoz 

o‘qidilar. Qiyom, ruku’ va sajdalarda uzoq turib qiroat qildilar. Men ul kishining shunday 

namoz o‘qiganlarini boshqa ko‘rmadim. Namozdan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Olloh taolo namoyon qilayotgan bul narsalar (Quyosh va Oy tutilishi) 

kimningdir tug‘ilgani yoki o‘lgani uchun sodir bo‘lmag‘aydir, balkim Olloh taolo bul birlan 

bandalarini qo‘rqitg‘aydir. Agar ulardan birontasining tutilganini ko‘rsangiz, darhol 

namoz o‘qingiz!»- dedilar». 

 

 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

210


15-bob. Quyosh tutilganda duo o‘qimoq 

 

Mug‘iyra ibn Shu’ba rivoyat qiladirlar: «Janob Rasulullohning o‘g‘illari vafot etgan kuni 



Quyosh tutilgan erdi. Odamlar: «Quyosh Ibrohim vafot etgani uchun tutildi»,- deyishdi. 

Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Quyosh birlan Oy Olloh qudratining ikki 

dalilidir. Ular biror kishining tug‘ilgani yokim o‘lgani uchun tutilmag‘aydir. Agar ularning 

tutilganini ko‘rsangiz, tokim tutilib bo‘lmagunicha Ollohga iltijo qilib, duo va namoz 

o‘qingiz!» - dedilar». 

 

16-bob. Imomning Quyosh tutilganda xutba aytayotib, «ammo ba’d» demog‘i 

 

Asmo rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o‘qib bo‘lganlarida 



Quyosh tutilib bo‘lgan erdi. So‘ng, xutba qildilar. Xutbaning so‘nggida Ollohga munosib 

hamdu sano aytgach? «Ammo ba’d» ,— deb qo‘ydilar». 

 

17-bob. Quyosh yokim Oy tutilganda namoz o‘qimoq 

 

Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam zamonlarida Quyosh 



tutildi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam ikki rak’at namoz o‘qidilar». 

 

Abu Bakr rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida Quyosh 



tutildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ridolarini sudrab masjidga chiqdilar. 

Yonlariga odam to‘plangach, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ular birlan ikki rak’at 

namoz o‘qidilar. Shu payt Quyosh ham tutilib bo‘ldi. Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallam: «Quyosh va Oy Olloh taolo qudratining ikki dalilidir. Ular biror kishi vafot etgani 

uchun tutilmag‘aydir. Agar (Quyosh yokim Oy) tutilg‘aydir, tokim tutilib bo‘lmaguncha 

namoz o‘qingiz, duo aytib Ollohga iltijo qilingiz!» - dedilar. Rasulullohning bunday 

demoqlarining sababi bor erdi. Chunkim Rasulullohning Ibrohim degan o‘g‘illari o‘sha 

kuni vafot etgan bo‘lib, odamlar Quyosh tutilmog‘ini shunga bog‘lashgan erdi». 

 

18-bob. Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namozning birinchi rak’ati - eng uzun 

rak’at 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh 



tutilganda to‘rt ruku’ va ikki sajda qilib namoz o‘qidilar. Birinchi rak’at ikkinchisiga 

qaraganda uzoqroq davom etdi». 

 

19-bob. Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namozda ovoz chiqarib qiroat qilmoq 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Quyosh tutilgan 



kezdagi namozda ovoz chiqarib qiroat qildilar. Qiroat aylab bo‘lgach, takbir aytib ruku’ 

etdilar. Ruku’dan bosh ko‘tarayotganda: «Sami’allohu liman hamidahu, rabbano va laka-

l-hamd»,- dedilar. Keyin, Quyosh tutilganda o‘qiladirgan namozni ikki rak’at, to‘rt ruku’ 

va to‘rt sajda qilib o‘qiydirgan bo‘ldilar». 

 

Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallo hu alayhi va sallam zamonlarida 



Quyosh tutildi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jamoat birlan namoz 

o‘qimoq uchun odamlarni to‘plag‘il!» - deb jarchi yubordilar. Odamlar to‘plangach, 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam imomlikka o‘tib, ikki rak’at, to‘rt ruku’ va to‘rt 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

211


sajda qilib namoz o‘qidilar». 

 

Zuhriy raziyallohu anhu: «Akang Abdulloh ibn Zubayr Quyosh tutilganda Madinada 



bomdod namoziga o‘xshash ikki rak’at namoz o‘qidi, ortiqcha hech narsa o‘qimadiku?!» - 

deganlarida, Urva: «Ha, to‘g‘ri, akam namozning sunnatida yanglishdilar»,- deb javob 

bergan erkan». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

212


ÉΟó¡Î0

 

«!$#



 

Ç⎯≈uΗ÷q§9$#

 

ÉΟŠÏm§9$#



 

  

QUR’ON TILOVAT QILGANDA SAJDA QILMOQ VA UNING SUNNAT EKANLIGI 

HAQIDAGI BOBLAR 

 

Ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada «An-



Najm» surasini tilovat aylab sajda etdilar, bir mo‘ysafiddan tashqari hamma ul kishi 

birlan birga sajda qildi. Mo‘ysafid bir siqim tufroqni (yokim qumni) olib peshonasiga 

surtdida, shu menga kifoya qilg‘aydir»,— dedi. Keyinchalik, men o‘shal mo‘ysafidning 

kofirligicha o‘ldirib yuborilganining shohidi bo‘ldim». 

 

1-bob. «Tanziyl us-sajda» surasini tilovat qilib sajda etmoq 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



jum’a kuni bomdod namozida «Alif, lom, mim tanziyl us-sajda» surasini hamda «Va hal 

ato ala-l-insoni» suralarini o‘qir erdilar». 

 

2-bob. «Sod» surasini tilovat qilib sajda etmoq 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Sod» surasini tilovat qilib sajda etmoq 



buyurilgan bo‘lmasa-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shul surani o‘qib 

sajda aylaganlarini ko‘rdim». 

 

3-bob. «An-Najm» surasini tilovat qilib sajda etmoq 

 

Abdulloh ibn Mas’ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «An-Najm» 



surasini o‘qib sajda qildilar. Qavmning Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 

sajda etmagan birorta ham a’zosi qolmadi, faqat bir kishigina bir siqim tufroq (yokim 

qum) olib yuziga surtdi-da: «Menga shul ham kifoya qilg‘aydir»,— dedi. Keyinchalik, 

uning kofirligicha o‘ldirilganini ko‘rdim». 

 

4-bob. Musulmonlarning mushriklar birlan birga sajda qilmog‘i 

 

Darhaqiqat, mushrik — najasdir! Ul tahorat neligini bilmaydir. Ibn Umar raziyallohu anhu 



tahoratsiz ham sajda qilur erdi. 

 

Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «An-Najm» surasini 



o‘qib sajda aylaganlarida, musulmonlar va mushriklar ham, jinlar va inslar ham sajda 

etdilar». 

 

5-bob. Sura tilovat qilib sajda etmagan kishi haqida 

 

Ato ibn Yasor Zayd ibn Sobitdan «An-Najm» surasini o‘qib bo‘lib sajda qilmoq haqida 



so‘radi. Zayd o‘zining Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlarida «An-Najm» 

surasini o‘qib sajda etmaganini ta’kidladi. 

 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

213


6-bob. «Iza-s-samou-n-shaqqat» surasini tilovat qilib sajda etmoq 

 

Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayraning «Iza-s-samou-n-shaqqat» surasini 



o‘qib sajda etganlarini ko‘rdim. Shunda men: «Ey Abu Hurayra, sizning sajda 

qilayotganingizni ko‘rib qoldim-ku!» - dedim. Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallamning (shu surani o‘qib) sajda aylayotganlarini ko‘rmaganimda erdim, sajda 

qilmas erdim!»-dedilar». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling