Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil
-bob. Tavof vaqtida gapirmoq mumkinmi?
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
sahih buhari1 ziyouz com
- Bu sahifa navigatsiya:
- 66-bob. Tavof qilayotib, tasma yoki boshqa makruh narsani ko‘rsa, kesib tashlaydir
- 67-bob. Yalang‘och odam Ka’bani tavof qilmaydir va mushrik haj qilmaydir
- 68-bob. Tavofi buzilsa...
- 69-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallam yettinchi tavofda ikki rak’at namoz o‘qidilar
- 70-bob. Ka’bani tavof etib, Arafotga chiqib kelgandan keyin, qayta Ka’baga yaqin bormagan va uni tavof qilmagan kishi xususida
- 71-bob. Tavofning ikki rak’at namozini masjid tashqarisida o‘qigan kishi; Umar raziyallohu anhu Masjid ul-Harom tashqarisida namoz o‘qidilar
- 72-bob. Ibrohim Maqomi ortida ikki rak’at namoz o‘qigan kishi
- 74-bob. Kasal odam ulov minib tavof qiladir
- 75-bob. Siqoyat ul-hojji - hojilarni suv birlan ta’minlamoq haqida
- 77-bob. Qorin - bir yo‘la haj va umra qiladirgan shaxs nechuk tavof qiladir
- 78-bob. Tahorat olib tavof qilmoq haqida
- 79-bob. Safo va Marvada sa’y qilmrqning vojibligi va uning Olloh taolo udumlaridan biriga aylanganligi haqida
- 81-bob. Hayz ko‘rgan ayol barcha haj udumlarini ado qiladir, faqat tavof etmaydir; Safo va Marva orasida tahoratsiz sa’y qilsa...
- 82-bob. Makkaliklarning Batho va boshqa joyda turib, hojilarning esa, Minoga chiqqanida ehrom bog‘lamog‘i haqida
65-bob. Tavof vaqtida gapirmoq mumkinmi?
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ka’bani tavof aylayotib, qo‘lini tasma birlan boshqa bir odamning qo‘liga bog‘lab olib, yetaklab ketayotgan kishining yonidan o‘tib qoldilar. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam tasmani kesib yubordilar-da, unga: «Qo‘lidan yetaklag‘il!»-dedilar».
tashlaydir
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ka’bani tasma (yokim shunga o‘xshash narsa) taqib tavof qilayotgan kishini ko‘rib, (tasmasini) kesib tashladilar.
Humayd ibn Abdurrahmon rivoyat qiladirlar: «Abu Bakr Siddik raziyallohu anhu Nahr kuni (qurboylik qiladirgan kuni) Hajjat ul-Vido’dan oldin Abu Hurayrani bir guruh odamlar birlan birga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bajarmoqni buyurgan hajga yuborib, «Bilib qo‘yingiz, bu yildan keyin mushriklar haj qilmag‘aydir va yalang‘ochlar Ka’bani tavof aylamag‘aydir!» deb jar solmoqni buyurdilar».
Ato raziyallohu anhu: «Agar biror kishi tavof aylayotganda namoz boshlanib qolsa yokim odamlar oqimi tavof qilayotgan o‘rnidan nariga surib ketsa, tavofini kelgan joyidan Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 325
davom ettirg‘aydir»,- deydilar. Shu kabi hadislarni Ibn Umar va Abdurrahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhumolar ham rivoyat qilishgan.
Nofi’: «Ibn Umar raziyallohu anhu har yettinchi tavofda ikki rak’at namoz o‘qir erdilar»,- dedilar. «Tavofning ikki rak’at namozi o‘rniga farz namozi o‘qisa, kifoyadir»,- dedilar Ato. Shunda Zuhriy: «Sunnatga rioya qilmoq afzalroq, chunki Nabiy sallallohu alayhi va sallam yetti marta tavof etsalar, ikki rak’at namoz o‘qimay qo‘ymas erdilar»,- dedilar.
Amr rivoyat qiladirlar: «Biz Ibn Umar raziyallohu anhudan: «Umrada, Safo va Marva orasini tavof etmasdan oldin, kishi (o‘zining) ayoliga qo‘shila olg‘aydirmi?»-deb so‘radik. Ul kishi bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani yetti martaba tavof ayladilar, so‘ng Maqomi Ibrohim ortiga o‘tib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, Safo va Marva orasini tavof qildilar-da, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir!» degan oyatni o‘qidilar». Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan so‘ragan erdim, «Safo va Marva orasini tavof qilib bo‘lmaguncha, kishi ayoliga yoqinlashmag‘aydir»,- dedilar».
yaqin bormagan va uni tavof qilmagan kishi xususida
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani tavof ayladilar, so‘ng Safo va Marva orasida sa’y qildilar. Keyin, Arafotga chiqib keldilar-da, Ka’bani bir marta tavof etganlaricha, qaytib tavof qilmadilar».
Ummu Salama raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tobim yo‘qligidan nolidim»,- deydilar (Bu hadis takryuran rivoyat qilinadir, shu sababli to‘liq keltirilmagan).
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkada ekanliklarida, Ka’bani tavof etmoqqa chiqmoqchi bo‘lib turganlarida, hanuz Ka’bani tavof aylamagan Ummu Salama ham birga chiqmoqchi bo‘ldi. Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bomdodni o‘qigan bo‘lsang, tuyangga minib, odamlar namoz o‘qib turgan paytda Ka’bani tavof aylab olg‘il!» -dedilar. Ummu Salama shunday qildi».
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga keldilar-da, Ka’bani yetti martaba tavof qilib, Ibrohim Maqomi orqasida ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng Safoga chiqdilar. Olloh taolo: «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir»,- degan».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 326
73-bob. Bomdod va asrdan keyin tavof qilmoq
Ibn Umar raziyallohu anhu tavofning ikki rak’at namozini Quyosh chiqqungacha o‘qirdilar. Umar raziyallohu anhu bomdoddan so‘ng Ka’bani tavof qildilar, keyin tuyalariga minib, Zu Tuvanga bordilar-da, ikki rak’at tavof namozi o‘qidilar.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qilidirlar: «Bomdod namozidan so‘ng, odamlar Ka’bani tavof qilishdi, keyin va’z tinglashdi. Va’zdan so‘ng ersa, Quyosh chiqqanligiga qaramay, namoz o‘qishdi. Ular namoz o‘qimoq makruh qilingan vaqt bo‘lishiga qaramay namoz o‘qidilar».
Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Quyosh chiqish va botish vaqtlarida namoz o‘qimoqni man’ qilganlarini eshitganman»,- deydilar.
Abdulaziz ibn Rufay’: «Men Abdulloh ibn Zubayr raziyallohu anhuning bomdoddan keyin Ka’bani tavof qilib, ikki rak’at tavof namozi o‘qiganlarini ko‘rdim» ,— deydilar.
Oisha onamiz: «Men Abdulloh ibn Zubayrning asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qiganini ko‘rdim. Nabiy sallallohu alayhi va sallam ham Ka’baga kirsalar, albatta ikki rak’at tavof namozi o‘qir erdilar» ,— deydilar.
Ibn Abbos raziyalloxu anhu: «Nabiy sallallohu alaihi va sallam tuya minib Ka’bani tavof ayladilar, ustun oldiga kelganlarida ersa, asolari birlan unga ishorat qilib, takbir aytdilar»,- deydilar.
Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga betoblig‘imdan nolidim. Shunda, ul kishi menga: «Odamlarga ergashib Ka’bani tavof aylag‘il!»-dedilar. Men aytganlaridek tavof qildim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa, Ka’ba yonida namoz o‘qib, «Va-t-Turi va kitab-im-mastur» surasini zam qilar erdilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abbos ibn Abdulmutallib raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan Mino kunlari Makkada to‘xtab, siqoyat qilib olmoqqa ruxsat so‘rab erdi, ruxsat berdilar». Ikrima raziyallohu anhu rivoyatqiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam siqoyat (hojilar suv oladirgan) joyiga kelib, suv so‘radilar. Shunda, Abbos o‘g‘liga: «Ey Fazl, onangning oldiga borg‘il-da, undagi mavjud suvdan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga eltib berg‘il!» - dedi. Fazl onasidan suv olib, Janob Rasulullohga olib borganda, ul kishi: «Ichirib qo‘yg‘il!» - dedilar. Fazl: «Yo Rasululloh, bu suvga qo‘l tiqilgan»,- dedi. Janob Rasululloh: «Ichirg‘il derman!» - dedilar. Fazl suv ichirib qo‘ygach, Zamzam qudug‘i oldiga borishdi. U yerdagi kishilar quduqdan suv tortib olib, tashnalarga ichirishayotgan erdi. Janob Rasulullohularga: «Ishlayveringiz, sizlar xayrli ish qilmakdasizlar»,- dedilar. Keyin, yana: «Agar qarshilik qilmasangizlar, tuyadan tushib, arqonni yelkamga qo‘yib, men ham suv tortishar erdim»,- dedilar».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 327
76-bob. Zamzam haqida qanday rivoyatlarni keltirishadi?
Anas ibn Molik raziyallohu anhu Abu Zarr raziyallohu anhudan o‘zlari eshitgan quyidagi hadisni rivoyat qiladirlar: «Men Makkadalig‘imda,- dedilar Janob Rasululloh,- uyimning tomi ochilib, Jabroil alayhissalom tushdilar. Keyin, ko‘kragimni yorib, zamzam suvi birlan yuvdilar-da, tilla lagan to‘la hikmat va iymon keltirib, ichiga soldilar. So‘ng, ko‘kragimni yopib, asliga keltirdilar, keyin qo‘limdan ushlab, osmonning eng pastki qavatiga olib chiqdilar. Shunda, Jabroil alayhissalom osmonning eng pastki qavati posboniga: «(Eshikni) ochg‘il!» - dedilar. Posbon: «Bul kimdir?»-dedi. Hazrat Jabroil: «Bul menman, Jabroilman»,- dedilar».
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tik turganlarida zamzam ichirdim» ,— deydilar. Osim raziyallohu anhu ersa: «Ibn Abbosning ozod qilingan quli (mavlo) Ikrimaning ont ichib aytishiga qaraganda, o‘shal kuni Janob Rasululloh faqat tuya minib yurganlar»,- deydilar.
Oisha onamiz raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Hajjat ul-Vido’ kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga chiqib, umraga ehrom bog‘ladik. Keyin, Janob Rasululloh: «Kimning jonligi bo‘lsa, bir yo‘la haj ham umraga niyat aylab, ehrom bog‘lasin, har ikkala udumnk ado etmaguncha ehromini yechmasin!»- dedilar. Men hayz ko‘rgan holimda Makkaga kelgan erdim. Haj (katta haj) qilib bo‘lganimizda, Janob Rasululloh meni (ukam) Abdurrahmon birlan birga Tan’imga yubordilar, men umra qilib qaytdim. Shunda, Janob Rasululloh menga: «Bu (hayz bo‘lib qolib, qilolmagan) umrang o‘rniga o‘tg‘aydir»,- dedilar. Umraga ehrom bog‘laganlar (Ka’bani) tavof etishgach, ehromlarini yechishdi. Ammo, bir yo‘la haj ham umraga talbiya aytganlar Ka’bani bir marta tavof qilishdi».
Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar huzurlariga o‘g‘illari Abdulloh ibn Abdulloh tuyasini hovlida qoldirib, kirib keldi-da: «Men bu yil odamlar orasida urush bo‘lmasligiga ishonmasman, Ka’bani tavof qilgani chiqsangiz, yo‘lingizni (kofirlar) to‘smog‘i mumkin. Bu yil haj qilmay tursangiz bo‘larmi erdi?» - dedi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Ka’bani tavof qilgani chiqqanlarida Quraysh kofirlari yo‘llarini to‘sib, ul kishi birlan Ka’ba oralig‘ida turib olgan erdi, agar menga ham shundoq qilishsa. unda Janob Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar mavjuddir, deyishadir-ku, axir!»-dedilar Ibn Umar. Keyin yana: «Sizlarni guvoh qilib ayturmenkim, umra ustiga albatta haj ham qilg‘ayman!»-deb qo‘shib qo‘ydilar, so‘ng, Ka’baga borib, ikkala haj uchun bir marta tavof qildilar».
Muhammad ibn Abdurrahmon ibn Navfal Qurayshiy Urva ibn Zubayrga (tahorat olib tavof qilmoq haqida) savol berdilar. Shunda, Urva bunday deb javob qildilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam,- deb edilar Oisha onamiz,-Makkaga haj qilgani kelganlarida, dastlab tahorat oldilar, so‘ng Ka’bani tavof ayladilar, lekin umra qilmadilar». Abu Bakr raziyallohu anhu ham haj qilganlarida avval tahorat olib so‘ng Ka’bani tavof etganlar, umra qilmaganlar. Umar raziyallohu anhu ham shunday qilganlar. Keyinchalik, Usmon raziyallohu anhu haj qildilar. Ul kishining ham dastlab tahorat olib, so‘ng Ka’bani tavof Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 328
aylaganlarini, ammo umra qilmaganlarini ko‘rdim. Keyin, Muoviya birlan Abdulloh ibn Umar ham shunday qilishdi. Men otam Zubayr ibn Avvom birlan haj qilganimda, ul kishi ham dastlab tahorat olib, so‘ng Ka’bani tavof etdilar, umra qilmadilar. Muhojir va ansorlarning ham shunday qilishganini ko‘rdim. Eng oxiri bo‘lib, Ibn Umarning shunday qilganining shohidi bo‘ldim. U ham an’anaga ko‘ra, umra qilmadi. Mana, Ibn Umar ularning oldida ketayotir, hech kim undan bir narsani so‘ramakka botinmaydir, o‘tkinchilar ham faqat Ka’bani tavof aylamak niyatidagina qadam tashlashayotir... Mana, tavof ham qilib bo‘lishdi, lekin ular hanuz ehromdadirlar. Men onam birlan xolamning ham Ka’bani tavof aylab bo‘lmagunlaricha, boshqa biror narsa qilishmaganining hamda ehromlarini yechishmaganining shohidi bo‘lgandirman».
Urva raziyallohu anhu: «Menga onam aytdilarki, ul kishi birlan xolam, Zubayr va falonchi-pistonchilar umraga talbiya aytishib, Qora Toshni silab tavof qilishgach, ehromlarini yechishibdir»,— deydilar.
Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Oisha onamizga: Olloh taoloning «Safo va Marvada sa’y qilmoq Olloh taolo udumlaridan biridir, kim Ka’bani tavof aylasa yokim umra qilsa, ularning ikkalasini (Safo va Marvani) tavof etmog‘i gunoh bo‘lmag‘aydir» degan qavli haqida ne dersiz? Xudo haqqi, Safo va Marvani tavof aylamasa, hech kim gunohkor bo‘lmas erkan!» — dedim. Ey jiyanim,— dedilar Oisha onamiz,— nechuk be’mani so‘z aytding! Agar bu oyatning tafsiri sen aytganingcha bo‘ladirgan bo‘lsa, unda Safo va Marvani tavof aylamasa, gunohkor bo‘lmas erkan-da?! Ammo, bu oyat ansorlar haqida nozil bo‘lgan bo‘lib, ular musulmon bo‘lmoqlaridan avval Mushallal degan joydagi o‘zlari ibodat qiladirgan butga — mustabid Manotga tahlil aytishar erdi. Shu boisdan ham Safo va Marvani tavof aylamakka hayiqishar erdi. Ular musulmon bo‘lganlaridan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, biz Safo va Marvani tavof qilmoqqa hayiqar erdik, shukrkim, Olloh taolo «Safo va Marvani tavof aylamak Olloh udumlaridandir!» degan oyati kariymasini nozil qildy»,— deyishdi. Shundan so‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safo va Marvani tavof etmakni sunnat qildilar, buni qilmaslikka hech kimning haqqi yo‘qdir!»
«Men ushbu hadisni Abu Bakr ibn Abdurrahmonga aytganimda,— deydilar Zuhriy raziyallohu anhu,— u bunday dedi: «Oisha zikr qilgan but — Manotga tahlil aytmaydirgan barcha odamlar Safo va Marvani tavof qilishardi. Olloh taolo Qur’onda Safo va Marvani tavof aylamakni zikr qilmay, Ka’bani tavof etmakni zikr qilganida, odamlar: «Yo Rasululloh, biz Safo va Marvani tavof qilar erdik, Olloh taolo Ka’bani tavof aylamak haqida oyat nozil qildi, Safoni zikr qilmadi, agar biz Safo va Marvani tavof qilsak, gunohkor bo‘lg‘aymizmi?» - deyishdi. Shunda, Olloh taolo «Safo va Marvani tavof aylamak Olloh udumlaridandir!»degan oyati kariymasini nozil qildi». «Bu oyat,- deb davom etdilar Abu Bakr,- ikki toifa odamlar xususidadir, biri - johiliya davrida Safo va Marvani tavof etmakka hayiqqan kishilar, ikkinchisi - ilgari Safo va Marvani tavof aylab yurib, keyin, islom davriga kelganda, Olloh taolo Ka’bani tavof etmakni zikr qilib, Safoni eslatmaganligidan ularni tavof aylamakka hayiqib qolgan kishilar ha.qida nozil bo‘lgan. Shundan so‘ng Olloh taolo Safo va Marvani ham tavof aylamak lozimligini eslatib, oyat nozil qilgan, deb eshitg‘ayman».
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 329
80-bob. Safo va Marvada sa’y qilmoqqa doir xabarlar
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Baniy Abbod hovlisidan Baniy Abu Husayn ko‘chasigacha bo‘lgan masofada sa’y qiling‘aydir»,- deydilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’baning dastlabki tavofini ado etsalar, uch marta yo‘rtib chopardilar va to‘rt marta oddiy yurish qilar erdilar. Safo va Marvani tavof aylasalar, ular oralig‘ida joylashgan selxona bo‘ylab sa’y qilar erdilar»,- deydilar. Ubaydulloh ibn Umar: «Abdulloh ibn Umar yamaniy ustun oldiga kelganda odatdagidek yurarmidilar, deb Nofi’dan so‘radim»,- deydilar. Shunda Nofi’: «Yo‘q, yamaniy ustun oldida odamlar ko‘payib ketgandagina shunday qilardilar, chunki ul kishi ustunni o‘pib tavof qilmay qo‘ymas erdilar»,- deb javob qilgan ekan.
Amr ibn Dinor: «Biz Ibn Umar raziyalloho‘ anhudan umrada Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva orasini tavof qilmagan kishi ayoliga yaqinlashadirmi, deb so‘radik»,- deydilar. Shunda, Ibn Umar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani yetti marta tavof ayladilar, Maqomi Ibrohim orqasida ikki rak’at namoz o‘qidilar, so‘ng Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qildilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi namunalar bordir!»- deb aytdilar»,- deb javob qilibdir.
Amr ibn Dinor: «Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhudan shu haqda so‘raganimizda, u kishi «Safo va Marvada sa’y qilmaguncha, ayoliga mutlaqo yaqinlashmasligi kerak» deb aytdilar»,- deydilar.
Amr ibn Dinor: «Men Ibn Umar raziyallohu anhuning «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelib, Ka’bani tavof ayladilar, so‘ng ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin Safo va Marvada sa’y qildilar-da, «Rasulullohda sizlar uchun yaxshi ibratlar bordir» degan oyatni o‘qidilar» - deganini eshitdim»,- deydilar.
Osim raziyallohu anhu: «Safo va Marva orasida sa’y qilmoqni yoqtirmasmi erdingiz, deb Anas ibn Molikdan so‘radim»,- deydilar. Anas: «Ha, chunki u johiliya davri udumlaridan erdi, hatto Olloh taolo «Safo va Marva Olloh taoloning udumlaridan biridir, kim Ka’baga haj qilg‘aydir yokim umra qilg‘aydir, Safo va Marvani tavof aylamog‘idan gunohkor bo‘lmag‘aydir» degan oyatni nozil qilgan»,-dyob javob beribdirlar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva orasida mushriklarga o‘z kuch-quvvatlarini ko‘rsatib qo‘ymoq uchun sa’y qildilar»,- deydilar. Shunga o‘xshash hadisni Humayd ham aytib bergan.
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men hayz ko‘rgan holimcha Makkaga kelib, na Ka’bani tavof aylay oldim va na Safo va Marvada sa’y qildim. Men buni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga aytib, shikoyat etdim. Ul kishi: «Toza bo‘lguningcha Ka’bani tavof aylamag‘il, hojilar ne qilsalar, sen ham shuni qilg‘il!» - dedilar».
Jobir ibn Abdullohraziyallohu anhudan: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam va ashoblari hajga ehrom bog‘ladilar. Nabiy sallallohu alayhi va sallam va Talhadan boshqaning Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi 330
qurbonlikka atalgan jonlig‘i yo‘q erdi. Shu payt, Ali Yamandan jonliq yetaklab kelib qoldi- da: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam nimaga ehrom bog‘lasalar, men ham o‘shanga ehrom bog‘lag‘aydirman»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalarga katta haj o‘rniga umra qilmoqni, sochlarini kalta qilmoqni hamda jonliq yetaklab kelganlardan tashqari hammaga ehromini yechmoqni amr qildilar. Shunda sahobalar: «Minoga borg‘aymizmi? Ba’zi birimizning zakarimizdan maniy tomib turibdir-ku?!»- deyishdi. Bu gap Janob Rasulullohning quloqlariga yetgach: «Men keyinga surgan ishimni oldin qilmoqchi bo‘lganimda, jonliq olib kelmagan bo‘lar erdim, jonlig‘im bo‘lmaganda erdi, men ham ehromimni yechgan bo‘lar erdim»,- dedilar. Oisha onamiz hayz ko‘rgan bo‘lsalar ham, barcha haj udumlarini ado etdilar, lekin faqat Ka’bani tavof aylamadilar, uni poklanganlaridan keyin tavof qildilar. Oishaonamiz: «YoRasululloh, sizlar haj birlan umra qildingizlar, men ersam, haj qilganimcha qoldim»,- deganlarida, Janob Rasululloh: «Ukang Abdurrahmon birlan Tan’imga borib, umra qilib kelg‘il!»- dedilar. Shunda, Oisha onamiz hajdan keyin umra qilib qaytdilar».
Hafsa aytadirlar: «Biz joriyalarimizni uydan tashqariga chiqarmas erdik. Bir kuni bir ayol Baniy Xalaf qasriga kelib tushdi. U singlisining Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalaridan birining xotini ekanligini, uning eri Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga o‘n ikki marta g‘azot qilganligini, shu g‘azotlarda singlisi ham eri birlan birga ishtirok etib, yaradorlarni davolaganini aytdi. «Singlim,- dedi boyagi ayol,- Janob Rasulullohdan: «Agar birortamizning yoping‘ichimiz bo‘lmasa-yu, hayit namoziga chiqolmay qolsak, gunoh bo‘lmag‘aydirmi?»-deb so‘raganida, ul kishi: «Dugonasining yoping‘ichlaridan birini olib tursin, xayrli ishdan qolmasin, mo‘‘minlar birlan birga chiqib, duo aytsin!» - debdirlar, Boyagi xotin (Ummu Atiyya) kelganida: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam falon narsalar to‘g‘risida ne deganlar, eshitganmisiz, deb so‘rashdi ayollar, Shunda u: «Ha, otam haqqi-hurmati (u, Janob Rasulullohning nomlarini tilga olganda, ko‘pincha «otam haqqi hurmati» deb qo‘yardi), eshitganman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam endigina bo‘yiga yetgan qizlarga ham namozga chiqmoqni buyurar erdilar»,- dedi. «Hayz ko‘rgan xotinlarga hammi?»-deb so‘radim. Shunda u: «Ha, hayz ko‘rgan xotin Arafotga chiqmag‘aydirmi? Yoki falon, yo piston qilmag‘aydirmi?»-deya haj udumlarini sanay ketdi».
chiqqanida ehrom bog‘lamog‘i haqida
Ato raziyallohu anhudan Makkaga yaqin joylarda yashaydirgan kishilarning hajga talbiya aytmoqlari to‘g‘risida so‘rashdi. Ul kishi: «Ibn Umar raziyallohu anhu Tarviya kuni tuya ustida turib namoz o‘qigach, talbiya aytar erdilar»,- dedilar.
Abdumalik raziyallohu anhu Atodan, ul kishi ersa, Jobir raziyallohu anhudan eshitgan quyidagi hadisni rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makkaga kelib, Tarviya kunigacha ehromlarimizni yechib qo‘ydik va Makkaga orqamizni qilib, hajga talbiya aytdik. Abu Zubayr: «Jobir menga, Bathoda turib ehrom bog‘ladik, degandi»,- deydilar. Ubayd ibn Jurayj Ibn Umar raziyallohu anhuga: «Men sizning, Makkada ekanligingizda, odamlar yangi oy chiqqanini ko‘rib, ehrom bog‘lasalar ham, Tarvyya kunigacha ehrom bog‘lamaganingizni ko‘rdim»,- dedilar».
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling