Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy      www.ziyouz.com


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

331


83-bob. Tarviya kuni peshinni qaerda o‘qiydir? 

 

Abdulaziz ibn Rufay’ rivoyat qiladirlar: «Men Anas ibn Molik raziyallohu anhudan: «Nabiy 



sallallohu alayhi va sallamdan o‘zingiz o‘rgangan bir narsa haqida meni xabardor 

qilsangiz! Tarviya kuni ul kishi peshin va asrni qaerda o‘qidilar?»-deb so‘radim. Anas: 

«Minoda»,- dedilar. Men: «Nafr kuni (hojilar Minodan qaytadirgan kun) asrni qaerda 

o‘qidilar?» - dedim. Anas: «Abtahda»,-dedilar-da, «Amidu umarolaring singari 

qilaverg‘il!» - deb qo‘shib qo‘ydilar». 

 

Abdulaziz rivoyat qiladirlar: «Tarviya kuni Minoga chiqib, eshak minib ketayotgan Anas 



raziyallohu anhuni uchratdim. «Bugun Nabiy sallallohu alayhi va sallam peshinni qaerda 

o‘qidilar?» - deb u kishidan so‘radim.  

Anas: «Umarolaring qaerda o‘qisa, sen ham o‘sha yerda o‘qiyverg‘il!» - dedilar». 

 

84-bob. Minoda namoz o‘qimoq haqida 

 

Ubaydulloh otalari Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan quyidagi hadisni eshitgan 



erkanlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda ikki rak’at namoz o‘qidilar, Abu 

Bakr, Umar va Usmon o‘z xalifaligining dastlabki yillarida ikki rak’at o‘qib, keyinchalik 

to‘rt rak’at o‘qishgan». 

 

Horisa ibn Vahb al-Xuzo’iy raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Minoda 



biz birlan ikki rak’at namoz o‘qidilar, Abu Bakr, Umar va Usmon ham o‘z xalifaligining 

dastlabki yillarida qasr o‘qib, keyinchalik to‘la o‘qiydirgan bo‘lishgan»,- deydilar. 

 

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam birlan birga ikki 



rak’at (farzni qasr qilib) namoz o‘qiganman, keyin Abu Bakr raziyallohu anhu birlan ham, 

Umar raziyallohu anhu birlan ham ikki rak’at namoz o‘qidim. Keyinchalik ersa, sizlarning 

yo‘llaringiz bo‘linib ketdi (ya’ni, birovlar to‘rt, boshqalar ikki rak’at o‘qiydirgan bo‘ldi). 

Qani endi, to‘rt rak’at o‘rniga o‘sha maqbul ikki rak’at namoz o‘qilsa!» - dedilar. 

 

85-bob. Arafa kuni tutiladirgan ro‘za haqida 

 

Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Arafa' kuni odamlar Nabiy sallallohu alayhi va 



sallamning ro‘za tutganliklaridan shubhalanishdi. Shunda, men Nabiy sallallohu alayhi va 

sallamga meva sharbati yuborgan erdim, ichdilar». 

 

86-bob. Minodan Arafotga takbir va talbiya aytib borish haqida 

 

Abdulloh ibn Yusuf rivoyat qiladirlar: «Muhammad ibn Abu Bakr as-Saqofiy va Anas ibn 



Molik raziyallohu anhumo ikkalalari Minodan Arafotga ketishayotgan erdi. Shunda, 

Muhammad ibn Abu Bakr: «O’sha kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 

Minodan Arafotga ketayotganingizda ne qildingizlar?» - deb Anasdan so‘radi. Anas: 

«Ba’zi birimiz tahlil, ba’zi birimiz talbiya aytib bordik, Janob Rasululloh hech qaysimizga 

bir nima demadilar»,- dedi». 

 

87-bob. Arafa kuni kechki payt ko‘chaga chiqish haqida 

 

Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulmalik ibn Marvon haj amallarida Ibn 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

332


Umarga qarshilik qilmaslikni buyurib, Hajjojga maktub yozdi. Ibn Umar raziyallohu anhu 

(men u kishi birlan birga erdim) arafa kuni, Quyosh botgan paytda, Hajjojning chodiri 

oldiga kelib, qichqirdilar. Hajjoj sariq ko‘ylagini kiyib chiqib: «Ey Abdurrahmonnyng 

otasi, sizga ne bo‘ldi?» - dedi. Ibn Umar: «Agar sunnatni ado etging kelsa, tez 

qimirlag‘il, bir yerga bormoq kerak»,-dedilar. «Hozirmi?» - dedi Hajjoj. «Ha»,- dedilar 

Ibn Umar. «Andak sabrdilib turingiz, boshimdan suv quyib olay»,-dedi Hajjoj. Ibn Umar 

tuyadan tushib, Hajjoj chiqquncha poylab turdilar. Hajjoj chiqqach, Ibn Umar men birlan 

otam ikkalamizning o‘rtamizda ketdilar. Men Hajjojga: «Agar sunnatni buzmay desang, 

xutbani qisqaroq aytib, vuqufni tezlashtirg‘il!» - deb edim, u Abdullohga alanglab qaray 

boshladi. Buni sezgan Abdulloh: «U to‘g‘ri aytayotir»,- dedik» 

 

88-bob. Arafotda tuya minib turish haqida 

 

Abdulloh ibn Abbosning mavlosi (ozod qilingan quli) rivoyat qiladirlar: Ummulfazl binti 



Haras oldida turgan odamlar Janob Rasulullohning arafa kuni ro‘za tutganliklariga 

shubha bildirishdi, ulardan ayrimlari: «Ro‘za tutganlar»,-deyishsa, ayrimlari: «Ro‘za 

tutmaganlar»,-deyishdi. Ummulfazl, Janob Rasululloh Arafotda tuya minib turganlarida 

bir kosa sut yubordi, ul kishi ichdilar». 

 

89-bob. Arafada ikki namozni bitta qilib o‘qimoq 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu jamoat birlan namoz o‘qiyolmay qolsalar, ikki namozni bir 



qilib o‘qirdilar. 

 

Ibn Shihob Zuhriy rivoyat qiladirlar: «Hajjoj ibn Yusuf birlan Abdulloh ibn Zubayr 



raziyallohu anhumo Makkaga jang qilmoq uchun kelishgan yili Abdulloh raziyallohu anhu 

Solim raziyallohu anhudan: «Arafa kuni shul joyda ne qilardingiz?»-deb so‘rabdi. Solim: 

«Agar sunnatga rioya etmakni istasang, arafa kuni namozni kechiktirg‘il!»?- deb javob 

qilibdirlar. Abdulloh ibn Umar: «Ular sunnatga ko‘ra, peshin va asrni bir qilib o‘qishgan, 

deb to‘g‘ri aytayotir»,-debdirlar. Men Solimga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

shunday qilganmilar?»-dedim. Solim: «Sahobalar Janob Rasulullohning sunnatlariga 

amal qilayotirlar-ku, axir!» - dedilar». 

 

90-bob. Arafada xutbani qisqaroq aytish haqida 

 

Solim raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abdulmalik ibn Marvon haj amallarida 



Abdulloh ibn ,Umarga ergashmakni buyurib, Hajjojga maktub yozdilar. Ibn Umar 

raziyallohu anhu (men ul kishi birlan birga erdim) arafa kuni, Quyosh botgan paytda, 

Hajjojning chodiri oldiga kelib: «Ul qay yerdadir?»-deb qichqirdilar. Hajjoj oldilariga 

chiqdi. Ibn Umar: «Bir yerga bormog‘imiz kerak»,-dedilar. Hajjoj: «Hozirmi?» - dedi. Ibn 

Umar: «Ha»,-dedilar. Hajjoj: «Andak sabr qilib .turingiz, ustimdan suv quyib chiqayin»,- 

dedi. Ibn Umar tuyadan tushib, Hajjoj chiqquncha poylab turdilar. Hajjoj chiqqach, Ibn 

Umar men birlan otam ikkalamizning o‘rtamizda ketdilar. Men Hajjojga: «Agar bugun 

sunnatga amal etayin desang, xutbani qisqartirib, vuqufni tezlatg‘il!» - dedim."Ibn 

Umar: «U to‘g‘ri aytayotir»,- dedilar». 

 

91-bob. Arafotda turmoq haqida 

 

Jubayr ibn Mut’im rivoyat qiladirlar: «Bir tuyamni yo‘qotib qo‘ygan erdim, arafa kuni uni 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

333


izlagani chiqdim. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Arafotda turganlarini 

kurib qoldim. Uzimga-o‘zim: «Xudo haqqi, bu kishi hums (taqvodor) odam bo‘lmasalar, 

shu paytda u yerda ne qilar erdilar?!» -deb qo‘ydim (Johiliya davrida dinni qattiq 

ushlagan Quraysh qabilasiga mansub kishilarni «humslar» deb atashgan)». 

 

Urva raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Johiliya davrida Quraysh qabilasiga mansub 



muttaqiy kishilar (humslar) va ularning bolalaridan boshqa odamlarning barchasi 

yalang‘och tavof qilishar erdi. Humslarning erkaklari erkaklarga, ayollari ayollarga, ular 

yalang‘och tavof aylamasin, deb kiyim in’om etishar erdi. Ular Olloh taolodan savob 

umidida shunday qilishar erdi. Hums kiyim bermagan kishi Ka’bani yalang‘och tavof etar 

erdi. Ko‘plab odamlar Arafot tomondan, humslar ersa, Jam’ (Muzdalifa) tomondan 

Ka’baga tavof qilgani kelishar erdi». 

 

Hishom raziyallohu anhu: «Olloh taoloning mana bu «So‘ng, odamlar (Ka’baga) qay 



tomondan gavjum bo‘lib kelsalar, sizlar ham o‘shal tomondan gavjum bo‘lib kelingizlar!» 

degan oyati kariymasi humslar xususida nozil bo‘lgan ekan, otam menga shunday 

deganlar, otamga ersa, Oisha onamiz aytgan ekanlar»,- deydilar. «Ilgari odamlar 

Ka’baga Jam’ tomondan gavjum bo‘lib kelishar erdi, endi bo‘lsa, ular Arafotga 

qaytarildi»,- deydilar Urva raziyallohu anhu. 

 

92-bob. Arafotdan qaytishdagi yurish haqida 

 

Hishom ibn Urva raziyallohu anhuga otalari bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Men 



Usoma huzurida o‘tirgan erdim, undan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arafotdan 

qaytishda Hajjat ul-Vido’da nechuk yurar erdilar?» -deb so‘rashdi. Usoma: «Sekin ham 

ermas, tez ham ermas, o‘rtacha yurar erdilar, agar odamlar siyrakroq joyga chiqib 

qolsalar, tezlashar erdilar»,- dedi». 

 

93-bob. Arafot birlan Jam’ (Muzdalifa) oralig‘ida to‘xtab o‘tish haqida 

 

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



Arafotdan tushib kelishda daraga burilib kirdilar-da, qazoi hojat qildilar, so‘ng tahorat 

oldilar. Shunda men: «Yo Rasululloh, namoz o‘qiydirsizmi?» - deb edim, ul kishi: 

«Namozga hali erta»,- deb javob qildilar». 

 

Nofi’ rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu shom birlan xufton 



namozlarini Jam’ga (Muzdalifaga) borganlarida qo‘shib o‘qirdilar, biroq ul kishi ham 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam singari yo‘lda daraga burilib kirib, qazoi hojat qilar 

erdilar, so‘ng tahorat olardilar, lekin Jam’ga borgunga qadar namoz o‘qimas erdilar». 

 

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men Arafotda Rasululloh sallallohu 



alayhi va sallamning tuyalariga mingashib oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 

Muzdalifadan berida joylashgan chap tomondagi daraga yetib kelganlarida, tuyalarini 

cho‘ktirib, tahorat ushatib keldilar, men qo‘llariga suv quyib turdim, ul kishi yengilgina 

tahorat oldilar. Men: «Ey Rasululloh, namoz o‘qiydirsizmi?- dedim. Ul kishi: «Namozga 

hali vaqt bor»,-dedilar. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tuyaga minib, 

Muzdalifaga keldilar-da, namoz o‘qidilar. Ertasiga ertalab Fazl Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallamning tuyalariga mingashib ketdi». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

334


Kurayb rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Jamraga borguncha 

yo‘l-yo‘lakay talbiya aytib ketdilar»,- deb aytibdir Fazl, keyin buni menga Abdulloh ibn 

Abbos aytdilar». 

 

94-bob. Tavofi ifoza paytida Nabiy sallallohu alayhi va sallamning sahobalarga 



osoyishtalikni saqlamoqni amr qilganlari va buni ularga qamchin birlan ishora 

qilganlari haqida 

 

Sa’id ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Ibn Abbos raziyallohu anhu Arafa kuni Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makkaga qaytib kelayotganda, Janob Rasululloh 

orqalaridan kelayotgan qattiq baqir-chaqir va tuyaga urilgandagi qamchi tovushlarini 

eshitib, ularga qamchilari birlan ishora qildilar-da, «Ey odamlar, tinchlik saqlangiz, 

shoshqaloqlik birlan xayriyatga erishib bo‘lmag‘aydir»,- deb aytdilar». 

 

95-bob. Muzdalifada ikki namozni bir qilib o‘qimoq haqida 

 

Kurayb Usoma ibn Zayd raziyallohu anhudan bunday deb eshitgan ekanlar: «Rasululloh 



sallallohu alayhi va sallam Arafotdan qaytdilar. Shunda, yo‘l-yo‘lakay darada tushib, 

tahorat ushatdilar. So‘ng, yengil-elpi tahorat oldilar. Men: «Namoz vaqti bo‘ldimi?» - 

dedim. Janob Rasululloh: «Namozga hali erta»,-dedilar. Muzdalifaga kelgach, yaxshilab 

tahorat oldilar, keyin namoz boshlandi, shom o‘qidilar. So‘ng, har kim o‘z tuyasini 

belgilangan joyga olib borib cho‘ktirdi. Keyin, namoz boshlandi, xufton o‘qidilar, lekin 

ikkala namoz orasida nafl o‘qimadilar». 

 

96-bob. Ikki namozni qo‘shib o‘qib, orasida nafl o‘qimagan kishi xususida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Jam’da 



(Muzdalifada) shom birlan xuftonni, har biriga alohida iqomat (takbir) aytib, qo‘shib 

o‘qidilar, lekin ularning orasida ham, ulardan keyin ham nafl o‘qimadilar». 

 

Abu Ayyub Ansoriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muzdalifada, Hajjat o‘l-Vido’ 



paytida, shom birlan xuftonni qo‘shib o‘qidilar»,- deydilar. 

 

97-bob. Har bir namozga aloxida azon va iqomat (takbir) aytmoq to‘g‘risida 

 

Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu haj 



qildilar. Muzdalifaga xuftonga azon aytiladirgan yoki shunga yaqin paytda yetib keldik. 

Bir kishiga buyurib erdilar, azon va takbir aytdi, keyin shom o‘qidilar, keyin ikki rak’at 

namoz o‘qidilar, so‘ng kechki ovqatni olib kelmakni buyurdilar. Tanovul qilib bo‘lib, bir 

kishiga yana buyurdilar shekilli, azon va takbir aytdi (Amr raziyallohu anhu: «Yuqoridagi 

gaplarga Zuhayrdan boshqa hech kim shubha bildirmadi»,- deydilar). Keyin, ikki rak’at 

xufton o‘qidilar. Tong otgach, «Nabiy sallallohu alayhi va sallam xuddi shu kuni, shu 

paytda va mana shu joyda shu namozdan boshqa namoz o‘qimas erdilar, kechikib 

o‘qilgan ikki namozdan biri -odamlar Muzdalifaga kelgandan keyin o‘qilgan shom 

namozidir, ikkinchisi - tong yorishib ketgandan keyin o‘qilgan bomdod namozidir, men 

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning shunday qilganlarini ko‘rganman»,- dedilar». 

 

98-bob. Oilasidagi zaif odamlarni, «Duolar o‘qib turishsin», deb tunda 

Muzdalifaga yuborgan va ularni oy botgandan keyin qaytarib olib kelgan kishi 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

335


xususida 

 

Solim rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu oilalaridagi zaif odamlarni 



tunda Muzdalifaga yuborar erdilar, ular o‘sha yerdagi Al-Mash’ar ul-Harom oldida turib, 

qo‘llaridan kelgancha Olloh taoloni zikr qilishardi va imom vuquf qilib qaytmasidan oldin 

qaytishardi. Ulardan ayrimlari Minoga bomdod o‘qishga borishardi va ba’zilari shundan 

keyin Jamraga borib, tosh otishardi. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallam ularga shunday qilmoqqa ruxsat berdilar»,- deydilar». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu. alayhi va sallam meni Jam’dan 



kechasi jo‘natdilar»,- deydilar. 

 

Ibn Abbrs raziyallohu anhu: «Men, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tunda o‘z 



oilalaridagi zaif odamlarga qo‘shib Muzdalifaga jo‘natgan kishilardan biridirman»,- 

deydilar.  

 

Asmoning mavlosi Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Jam’ kechasi Asmo Muzdalifaga kelib, 



namoz o‘qimoqqa tutindilar. Bir soatcha namoz o‘qib, so‘ng: «Ey o‘g‘lim, oy botdimi?» - 

deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,- dedim. Tag‘in bir soatcha namoz o‘qib: «Oy botdimi?» - 

deb so‘radilar. Men: «Ha»,- dedim. Ul kishi: «Qo‘zg‘olingiz!»- dedilar. Biz yig‘ishtirinib, 

yo‘lga tushdik. Tosh otib, uylariga qaytib kelgach, bomdod o‘qidilar. Shunda men: 

«Namozni qorong‘iroq vaqtda (ertaroq) o‘qib qo‘ydik, shekilli?» - dedim. Ul kishi: «Ey 

o‘g‘lim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam taxti ravonli ayollarga bomdodni ertaroq 

o‘qimoqqa ruxsat berganlar»,- dedilar». 

 

Oisha raziyallohu anho: «Jam’ kechasi Savda Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan 



oldinroq ketmakka ruxsat so‘radi, chunki u juda sekin yurardi. Shunda, Janob Rasululloh 

unga ruxsat berdilar»,- deydilar.  

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Biz Muzdalifaga keldik. Savda qadami vazmin 



bo‘lganligidan tiqilinchda qolib ketmasligi uchun Minoga oldinroq ketmoqqa Nabiy 

sallallohu alayhi va sallamdan ruxsat so‘radi. Janob Rasululloh unga ruxsat berib erdilar, 

u ertaroq yo‘lga chiqdi. Biz tong yorishguncha o‘rnimizda qoldik. Keyin, Janob Rasululloh 

qo‘zg‘olishlari birlan biz ham qo‘zg‘oldik. Men ham Savda kabi Rasululloh sallallohu 

alayhi va sallamdan ertaroq ketmakka ruxsat so‘rasam bo‘lar erdi, lekin ul kishi birlan 

birga bo‘lmoqdan saodatliroq narsa yo‘qdir!» 

 

99-bob. Jam’da bomdod o‘qigan shaxs xususida 

 

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va 



sallamning ikki namozdan boshqa namozni belgilangan vaqtidan tashqari vaqtda 

o‘qiganlarini ko‘rmadim. Ul kishi shom birlan xuftonni qo‘shib, bomdodni ersa, o‘z 

vaqtidan ertaroq o‘qidilar». 

 

Abdurrahmon ibn Yazid rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu birlan 



Makkaga bordik, so‘ng Jam’ga keldik. Ul kishi bu yerda ikki marta namoz o‘qidilar, har 

bir namozga alohida azon va takbir aytdilar. Ikkala namoz orasida xufton ham o‘qidilar. 

Keyin, tong otar-otmas, ya’ni ba’zilar: «Hali tong otgani yo‘q»,- desa, boshqalar: «Tong 

otdi»,- deydirgan paytda bomdod o‘qidilar-da, «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

336


«Biz mana shu yerda shu ikki namozning -shom va xuftonning vaqtini o‘zgartirib o‘qidik, 

bundan buyon odamlar ham Jam’ga biz kelgan vaqtda kelib, bomdodni biz o‘qigan 

vaqtda o‘qimoqlari lozimdir» - deb aytganlar»,- dedilar. Keyin, Abdulloh tong shafag‘i 

taralguncha poylab turdilar-da, «Agar hozir Amir ul-mo‘‘minin tavofi ifoza qilganda erdi, 

sunn.atni ado etgan bo‘lardi»,- dedilar. Ul kishi shu so‘zni aytib ulgurdilarmi, yo‘qmi, 

bilmasman, Hazrat Usmon odamlarga yo‘lga chiqmoqni buyurdilar. So‘ng, Nahr kuni 

Jamrat ul-Aqabaga borib, tosh otgunlariga qadar talbiya aytib ketdilar». 

 

100-bob. Jam’dan qachon qaytiladir? 

 

Amr ibn Maymun rivoyat qiladirlar: «Men Umar raziyallohu anhuning Jam’da bomdod 



namozini o‘qiganlarini ko‘rdim. Namoz o‘qib bo‘lgach: «Mushriklar Quyosh 

chiqmaguncha tavofi ifoza qilmas erdilar, ular: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam, 

Quyosh Sabiyrdan (Makkadagi tog‘dan) oshgach, tavofi ifoza aylamog‘imizga qarshilik 

qildilar, so‘ng biz Quyosh chiqmasdan tavofi ifoza etdik» - deyishar erdi», - dedilar». 

 

101-bob. Qurbonlik kuni ertalab, tosh otadirgan paytda, talbiya va takbir 

aytmoq hamda (tuyaga) mingashib yurmoq haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Fazlni tuyalariga 



mingashtirib olib, tosh otadirgan paytgacha talbiya aytdilar, buni menga Fazlning o‘zi 

aytgandi»,- deydilar. 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu 



Arafotdan Muzdalifagacha Nabiy sallallohu alayhi va sallamning tuyalariga mingashib 

bordi, Muzdalifadan Minogacha ersa, Fazl mingashib keldi. Ularning ikkovlari ham: 

«Nabiy sallallohu alayhi va sallam Aqabada tosh otgunlariga qadar uzluksiz talbiya 

aytdilar»,- deyishadir». 

 

102-bob. 

 

Olloh taolo bunday deydyr: «Kimki (bir yilning o‘zida) umra va haj qilib, savob 



topmoqchi bo‘lg‘aydir-u, jonlig‘ini (xastalik yokim boshqa boisga ko‘ra) qurbonliq 

aylamakka muyassar bo‘lolmay qolg‘aydir, (boshqa biror kishi orqali berib yuborsin) va 

kimki (qurbonlik uchun jonliq) topolmag‘aydir, uch kun haj vaqtida va yetti kun (uyiga) 

qaytganda ro‘za tutsin, hammasi bo‘lib to‘liq o‘n kun (tutsin)! Bular, ahli Makkai 

Mukarramada bo‘lmaganlar uchundir!» 

 

Abu Jamra rivoyat qiladirlar: «Men Ibn Abbos raziyallohu anhudan mut’aga ijozat 



so‘raganimda, menga mut’a qilmakka ruxsat berdilar. Keyin, qurbonlik to‘g‘risida 

so‘raganimda, ul kishi: «Mut’a qiladirgan odam bir tuya yokim bir sigir yokim bir qo‘y 

qurbonlik qilmog‘i lozimdir, yoinki birov birlan sherikchilikka qurbonlik aylamog‘i 

kerak»,- dedilar. Odamlar bunday mut’a qilmoqni makruh, deb hisoblashar erdi. Keyin, 

tushimda birov nido qilib: «Hajing xayrli va mut’ang maqbul bo‘lg‘ay!»-dedi. Buni Ibn 

Abbos raziyallohu anhuga gapirib berganimda, ul kishi: «Ollohu akbar! Bu - Abulqosim 

(Rasululloh) sallallohu alayhi va sallamning sunnatlari»,- dedilar. 

 

Shu’ba: «Umrang maqbul va hajing xayrli bo‘lg‘ay!» deyilgan bo‘lsa kerak»,-deydilar. 



 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

337


103-bob. Tuya minish haqida 

 

Olloh taolo: «Qurbonlik tuyalarini Biz sizlar uchun Ollohning nishonlaridan qildik (ya’ni, 



tuyalarni qurbonlik qilmoq ham Olloh udumlaridandir), ularning o‘zlarida va ularni odob 

birlan qurbonlik aylamoqlikda sizlar uchun ko‘p foydalar bordir. Ularni turg‘izib, Olloh 

nomini zikr qilib, zabh aylangiz, ularni yonboshlariga yiqilganlaridan keyin iste’mol 

qylingiz va qanoatli muhtojlarga hamda muhtoj tilamchilarga yediringiz! Hayvonlarni, 

shukr qilursizlar deb, sizlarga musaxxar ayladik, ularning na go‘shtlari va na qonlari 

Olloh rizolig‘iga kifoya etmag‘aydir, balkim sizlarning dilingizdagi xavfu taqvo kifoya 

qilg‘aydir. Olloh, sizlarga hidoyat qilgani uchun (unga) takbir aytg‘aysizlar deb, ularni 

sizlarga mana shundoq musaxxar ayladik, xayrli ish qilg‘uvchilarga buni bashorat 

qilingiz!» - deydir. 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



tuya haydab borayotgan kishini ko‘rib: «Uni minib olg‘il!»-dedilar. U kishi: «Bu 

qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh yana: «Minib olg‘il!»-dedilar. Boyagi kishi 

tag‘in: «Bu qurbonlik-ku?!» - dedi. Janob Rasululloh uchinchi yoki ikkinchi marta: 

«Sho‘ring qursin, minib olg‘il!»-dedilar». 

 

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuya haydab 



borayotgan bir kishini ko‘rib: «Uni minib olg‘il!» - dedilar. U kishi: «Bu qurbonlik-ku?!» - 

dedi. Janob Rasulullox, yana: «Minib olg‘il!»-dedilar. U tag‘in: «Bu qurbonlik-ku?!» - 

dedi. Janob Rasululloh uchinchi marta: «Minib olg‘il!» - dedilar». 

 

104-bob. O’zi birlan qurbonlik yetaklab olgan kishi xususida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Hajjat ul-Vido’da (katta) hajdan oldin umra qilib oldilar, Ul kishi Zulhulayfadan o‘zlari 

birlan qurbonlik haydab kelib, avval umraga so‘ng hajga ehrom bog‘ladilar, odamlar ham 

Nabiy sallallohu alayhi va sallam singari hajdan oldin umraga ehrom bog‘lashdi. Shunda, 

ba’zilar o‘zlari birlan jonliq yetaklab olishgan va ayrimlar jonliqsiz kelishgan erdi. Nabiy 

sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida, odamlarga: «Kimki orangizda 

qurbonlik olib kelgan ersa, hajni ado etmaguncha man’ etilgan ishlarni qilmoqqa ruxsat 

yo‘q, kimki jonliq olib kelmagan ersa, Ka’bani tavof aylab, Safo va Marva orasida sa’y 

qilsin, so‘ng sochini oldirib, ehromdan chiqsin, shundan keyingina hajga ehrom 

bog‘lasin! Umuman jonliq topolmaganlar ersa, haj kunlari uch kun, uyiga qaytgach, yetti 

kun ro‘za tutsin!» - dedilar. 

 

Janob Rasululloh Makkaga kelganlarida Ka’bani tavof qilmakni eng avvalo ruknyi o‘pib 



istilom qilmakdan boshladilar, so‘ng uch marta shitob aylab va to‘rt marta oddiy yurish 

qilib tavof etdilar, keyin Maqomi Ibrohim oldida ikki rak’at tavof namozi o‘qib, salom 

berib turdilar-da, Safoga keldilar, Safo va Marvani yetti martaba aylandilar. Janob 

Rasululloh hajni ado etgunlariga qadar man’ etilgan ishlarni qilmadilar. Nahr kuni 

jonliqlarini zabh qilib, ifoza etdilar va Ka’bani tavof ayladilar. Shundan keyingina hajda 

qilib bo‘lmaydirgan ishlarni qilmoq imkoniga ega bo‘ldilar. Rasululloh yuqorida nimaiki 

qilgan bo‘lsalar, boshqalar ham shunday qildi». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling