Al-jomi' as-sahih (1-jild) Arabchadan Zokirjon Ismoil


-bob. Makka birlan undagi binoning fazilati haqida


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/58
Sana10.09.2020
Hajmi1.28 Mb.
#129187
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
Bog'liq
sahih buhari1 ziyouz com


42-bob. Makka birlan undagi binoning fazilati haqida 

 

Olloh taolo bu xususda bunday deydir: «Biz Ka’bani odamlar uchun har yili 



to‘planadirgan joy qilib berdik va unga tinchlik-omonlik baxsh etdik, shundoq erkan, 

Ibrohim Maqomini o‘zingizga namozgoh qilib olingiz! Biz Ibrohim va Ismoilga «Uyimni 

(Baytullohni) tavof va e’tikof etguvchilar uchun hamda ruku’ va sajda qilmoq uchun 

pokiza qilingiz!» deb topshirdik. Ibrohim: «Yo rabbiy, bu yurtni tinchlik-omonlik 

maskaniga aylantirg‘il, uning Ollohga iymon keltirgan, oxirat kuniga ishongan ahliga 

ne’matingni bisyor qilgil!» - deb iltijo qilgan erdi. Olloh taolo: «Kim kofir bo‘lsa, kam 

ne’mat berg‘aymen, so‘ng ularni do‘zax azobiga mubtalo qilg‘aydirmen»,- degan. Oxirat 

qanchalik dahshatlidir! Eslangiz, Ibrohim va Ismoil Ka’baning poydevorini qurayotib: «Yo 

rabbimiz, ushbu binomizni qabul aylag‘il, haqiqatan sen o‘zing eshitguvchi, bilguvchi 

zotdirsen! Yo rabbimiz, bizni o‘zingga bo‘yin eggan musulmon banda qilg‘il, 

zurriyotimizni ham musulmon ummat qilg‘il, bizga hajda ado etmog‘imiz lozim bo‘lgan 

udumlarni ko‘rsatg‘il (aytg‘il), bizning tavbalarimizni qabul etg‘il, haqiqatan sen o‘zing 

tavbamizni qabul qilg‘uvchi mehribon zotdirsen!»-deyishgan». 

 

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Ka’ba qayta qurilayotganda Nabiy sallallohu alayhi 



va sallam birlan Abbos tosh tashimoqqa bordilar (keldilar). Abbos Nabiy sallallohu alayhi 

va sallamga: «Izoringni yechib, yelkangga qo‘yib olg‘il!» - dedilar. Janob Rasululloh 

shunday qilgan erdilar, ko‘zlari tinib, boshlari aylanib, chalqancha yiqilib tushdilar. 

Keyin: «Izorim qani, olib beringiz!» - dedilar. Izorlarini olib berishgan erdi, o‘ranib 

oldilar». 

 


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

318


Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zaifalari Oisha raziyallohu anho rivoyatqiladirlar: 

«Nabiy sallallohu alayhi va sallam menga: «Qavming Ka’bani qayta qurgan vaqtda 

Ibrohim qurgan poydevorni pasaytirganlarin bilmasmisen?» - dedilar. Men: «Yo 

Rasululloh, Ibrohim qurgan poydevorni asliga keltirib qo‘ymasmisiz?» - dedim. Janob 

Rasululloh: «Agar qavming yaqindagina kofir bo‘lmaganda erdi, shundoq qilgan bo‘lur 

erdim»,- dedilar». 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Agar Oisha raziyallohu anho bu 



hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitgan ersalar, unda Rasululloh 

sallallohu alayhi va sallam hijr (devor) yaqinidagi ikki ustunni silab, o‘pmaganlar, 

deyolmasman, chunki Ka’baning poydevori Ibrohim davridagidek qilib, asliga 

keltirilmagan». 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: 



«Ka’ba devori ichkariga olinadirmi?» - deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Ha»,- dedilar. 

Men: «Nechuk ular devorni Ka’ba ichiga olmaganlar?»-dedim. Janob Rasululloh: 

«Qavmingga nafaqa kamlik qilgan»,- dedilar. Men: «Nechun eshigi baland qilib 

qurilgan?» - dedim. Janob Rasululloh: «Qavming o‘zlari istagan kishilarni kiritib, 

istamaganlarini qo‘ymaslik uchun shundoq qilishgan. Agar qavming johiliyadan chiqib, 

endigina islomga qadam qo‘ygan bo‘lmaganida, devorni buzib, Ka’ba ichkarisiga olar 

erdim, eshigini ersa, yerga yopishtirib (ostonasini past qilib) qurar erdim, lekin ularning 

qalblari inkor qilmog‘idan (fe’llari aynib, islomdan qaytib qolmoqlaridan) 

cho‘chig‘aydirmen».-dedilar». 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: 



Agar qavming yaqindagina kofirlikni tark etib, endigina islomga qadam qo‘ygan 

bo‘lmaganida erdi, men Ibrohim alayhi-s-salot va-s-salom davridagi poydevorni tiklab. 

Ka’bani qayta qurgan bo‘lar erdim. Quraysh ahli binoni past qurib qo‘ydi. Men orqadan 

ham eshik qurgan bo‘lar erdim»,- dedilar». 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Ey Oisha, 



agar qavming johiliyadan chiqib, endigina islomga qadam qo‘ygan bo‘lmaganida, men 

Ka’bani shaksiz buzmoqqa amr qilur erdim, undan nimaiki tashqariga olib chiqib qurilgan 

bo‘lsa, ichkariga olar erdim, mavjud eshik ostonasini pasaytirib, yana ikkita - mashriq va 

mag‘rib tomondan eshiklar ochar erdim. Imoratning poydevorini Ibrohim alayhi-s-salot 

va-s-salom davridagidek qilib qurar erdim»,- dedilar. 

 

Mana shularning hammasini buzmoq Ibn Zubayr zimmasiga tushdi. Yazid raziyallohu 



anhu: «Men Ibn Zubayr Ka’bani buzib, yangidan barpo qilganining shohidi bo‘lganman, u 

hijrning (devorning) bir qismini Ka’ba ichkarisiga oldi, keyin men Ibrohim qurgan 

poydevor toshini ham ko‘rdim, u tuya o‘rkachiga o‘xshar erkan»,- deydilar. Jarir 

raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Yaziddan eski poydevorning qaerdaligini 

so‘radim. Ul kishi: «Hozir senga ko‘rsatg‘aymen»,-dedilar-da, meni hijr ortiga olib o‘tib, 

«U mana shul yerdadir»,- deb ko‘rsatdilar. Men poydevorning kengligini taxminan olti 

ziro’ (1 ziro’. 75 sm) deb chamaladim». 

 

43-bob. Muharram maskan fazilati 

 

Olloh taoloning ikki oyati kariymasida bunday deyiladir: «Menga, shul shaharning rabbi - 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

319


uni muharram etmish Olloh taologa ibodat aylamak amr qilindi, barcha narsalar uning 

mulkidir va menga musulmon bo‘lmoq (ham) amr qilindi», «Ayo, biz ularga har 

narsaning mevasi tortiq qilinajak amn maqomi bo‘lmish muharram maskandan joy ato 

qilmadikmi? Va lekin ularning ko‘plari (buni) bilishmag‘aydir (ko‘rnamaklik 

qilishg‘aydir)». 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Makka fath bo‘lgan kuni: «Olloh muharram etgan bu maskanning (hatto) tikoni (ham) 

yulinmasligi, jonivorlari hurkitilmasligi, unda yo‘qolgan (birov yo‘qotgan) narsalar (ersa) 

e’lon qilmoq niyatidan o‘zga maqsadda olinmasligi lozimdir!» - deganlar». 

 

44-bob. Makkadagi uylarni merosga berish, sotish va sotib olish haqida; Masjid 



ul-Haromdagilarning barchasi tengdir! 

 

Olloh taolo oyati kariymasida bunday deydir: «Kofir bo‘lib, xalqni Olloh yo‘lidan 



qaytaradirg‘onlarni hamda mahalliy aholi va begonalar uchun biz teng huquqli ibodat 

maskani qilib bergan Masjid ul-Haromdan qaytaradirg‘onlarni, shuningdek, unda egrilik 

ila zulm qilmoqni istaganlarni zulm birla dardli azobga mubtalo qilg‘aydurmiz!»  

 

Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Men' Janob Rasulullohdan: «Yo 



Rasululloh, qay yerga tushg‘aysiz, Makkadagi hoalingizgami?»-deb so‘radim. Janob 

Rasululloh: «Aqil bizga biror hovli va uy qoldirdimikin?» -dedilar. Aqil va Tolib otalari 

Abu Tolibdan meros olishgan bo‘lib, Ja’far va Ali ersa, hech qanday meros olishmagan 

erdi. Chunki ular musulmon bo‘lib, Aqil va Tolib kofir erdi. Umar ibn Xattob raziyallohu 

anhu: «Mo‘‘min kofirdan meros olmagaydir»,- der erdilar. Ibn Shihob Zuhriy: «Ular 

Olloh taoloning «Olloh taologa iymon keltirib va Olloh taolo yo‘lida vatanlarini tark etib, 

hijrat aylagan hamda molu jonlarini tikib, jihod qilgan bandalarga va muhojirlarga 

madadkor bo‘lib boshpana berguvchilar bir-birlariga merosxo‘rdirlar» degan so‘ziga amal 

qilishar erdi»,- deydilar». 

 

45-bob. Nabiy sallallohu alayhi va sallamning Makkaga tushishlari (borishlari) 



haqida 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Makkaga bormoqchi bo‘lganlarida: «Xudo xohlasa, ertaga Baniy Kinona kufrga ahd 

qilgan yerga - Xayfga borg‘aydirmiz?» - dedilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



Minoda ekanliklarida: «Ertaga, Nahr kuni biz Baniy Kinonaning Xayfiga - ular kofirlikka 

sadoqat bildirib, qasamyod qilgan yerga borg‘aydirmiz»,-dedilar. Shunda ul kishi 

Muhassabni (Minodagi tosh otadirgan joyni) nazarda tutdilar. O’sha yerda Quraysh va 

Kinona qabilalari Baniy Hishom va Baniy Abd ul-Mutallib (yoki Baniy ul-Mutallib) 

qabilalariga Muhammad sallallohu alayhi va sallamni ushlab topshirmagunlaricha o‘zaro 

qiz oldi-berdi va savdo-sotiq qilmaslikka ont ichishgandi». 

 

46-bob. 

 

Olloh taolo ikki oyati kariymasida bunday deydir: «Ibrohim aytgan erdi: «Ey 



Parvardigor-o, bul shaharni omonlik maqomi aylag‘il (va) meni va mening farzandlarimni 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

320


butlarga ibodat qilmoqdan saqlag‘il!»; «Parvardigorim, bular (butlar) ko‘p insonlarni 

yo‘ldan ozdirmishdir. Kimki menga ergashg‘aydir, ul menga mansubdir va kimki menga 

osiylik qilg‘aydir, sen albatta mag‘firatlik mehribondirsen! Ey Parvardigorimiz, haqiqatan 

men ba’zi avlodimni (ya’ni, Hazrat Ismo’il alayhissalomni, chunkim Hazrat Ishoq va 

boshqalar Shomda erdilar) ekin unmaydirgan yerga - hurmatli uying qoshig‘a 

joylashtirdim. Ey rabbimiz, ular namoz o‘qisinlar, sen ayrim insonlarning dillarini ularga 

moil aylag‘il!» 

 

47-bob. 

 

Olloh taolo oyati kariymasida bunday deydir: «Olloh taolo Ka’bani - Bayt ul-Haromni 



ham, hurmatli oylarni (haj oylarini) ham, bo‘yniga nishon osilgan jonliklarni (qurbonlik 

aylamoq niyatida bo‘yniga biror alomat osib qo‘yilgan jonliqlarni) ham insonlarning (bu 

dunyoda) tirik turmoqlari uchun sabab qildi. Bular, sizlar Olloh taoloning osmonlarda va 

yer ostida mavjud har bir narsadan xabardor hamda har bir narsani albatta bilguvchi zot 

erkanlig‘in bilib qo‘ymog‘ingiz uchun shundoq qilingandir!»  

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Ka’bani ikki boldiri ingichka, quruqshagan habash xarob qilg‘aydir»,-deganlar». 

 

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Ramazon farz bo‘lmog‘idan oldin Muharram 



oyining o‘ninchi kuni ro‘za tutishar erdi. O’sha kuni Ka’baga parda tutilg‘ay erdi. Olloh 

taolo Ramazonni farz qilganida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kim istasa, o‘sha 

kuni ro‘za tutsin, kim istamasa, tutmasin!» - dedilar».  

 

Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: 



«Ya’juj va Ma’juj chiqqandan keyin ham Ka’ba, albatta,. haj va tavof qiling‘usidir»,- 

dedilar. Sho‘‘ba: «Ka’ba tavof qilinmay qolguniga qadar qiyomat sodir bo‘lmag‘aydir»,- 

dedilar». 

 

48-bob. Ka’baga jild kiydirmoq haqida 

 

Abu Voil rivoyat qiladirlar: «Men va Shayba Ka’badagi kursiga kelib o‘tirdik. Umar 



raziyallohu akhu ham o‘sha yerda o‘tirgan erdilar. Ul kishi: «Men Ka’bada tillani ham, 

kumushni ham qoldirgim kelmay, barchasini odamlarga taqsimlab berdim»,- dedilar 

(Odamlar Ka’baga tashlab ketgan sadaqalar nazarda tutilayotir). Shunda men: «Sizning 

ikki do‘stingiz bundoq qilishmadi-ku?!»-dedim. Hazrat Umar: «Ular men iqtido qiladirgan 

kishilardir»,- dedilar». 

 

49-bob. Ka’baning buzib tashlanmog‘i to‘g‘risida 

 

Oisha raziyallohu anho: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Bir qo‘shin Ka’baga urush 



qilmoqchi bo‘lg‘aydir, biroq ularni yer yutib ketg‘aydir» deganlar»,-deydilar. 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Men 

Ka’bani buzayotgan kishini ko‘rib turgandekman, ul qop-qora, ikki oyog‘i maymoq bo‘lib, 

Ka’baning toshlarini bittalab ko‘chirmakdadir»,- dedilar». 

 

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ka’bani ikki 



boldiri ingichka, quruqshagan habash buzg‘aydir» - deb aytdilar» ,— deydilar. 

Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

321


 

50-bob. Al-Hajar ul-Asvad - Qora Tosh haqida ne deyilgan? 

 

Obis ibn Rabiy’a rivoyat qiladirlar: «Umar raziyallohu anhu Qora Toshga kelib o‘tirdilar-



da, «Men sening tosh erkanlig‘ingni va zararing ham, foydang ham yo‘q erkanlig‘ini 

bilurmen. Agar Nabiy sallallohu alayhi va sallam seni o‘payotganlarini ko‘rmaganimda, 

men seni o‘pmas erdim»,- dedilar». 

 

51-bob. Ka’baning yopilmog‘i haqida; Ka’baning qaysi tomoniga qarab namoz 



o‘qimoqni xohlasa, o‘qiyverg‘aydir 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam, Usoma ibn Zayd, Bilol va Usmon ibn Talha Ka’baga kirib, eshigini yopib qo‘ydilar. 

Ular eshikni ochishganda men birinchi bo‘lib ichkariga kirdim. Shunda, Bilolni uchratib: 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba ichida namoz o‘qidilarmi?» - deb so‘radim. 

Bilol: «Ha, ikki yamaniy ustun oralig‘ida»,- deb javob berdilar». 

 

52-bob. Ka’bada namoz o‘qimoq to‘g‘risida 

 

Nofi’ raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, agar Ka’baga 



kirsalar, eshikni orqalarida qoldirib, to‘g‘rilariga qarab yurar erdilar-da, o‘zlari birlan 

ro‘paralaridagi devor oralig‘ida uch tirsak masofa qoldirib, so‘ng namoz o‘qir erdilar. 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shu yerda namoz o‘qiganlar» deb Bilol ko‘rsatgan 

joyni tanlar erdilar. Lekin, Ka’baning qaysi tomoniga qarab namoz o‘qisa ham, hech 

kimga gunoh bo‘lmag‘aydir». 

 

53-bob. Ka’baga mutlaqo kirmagan odam haqida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu ko‘p haj qilar erdilar, lekin Ka’baga kirmas erdilar. 



 

Abdulloh ibn Abu Avfo: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra qilib, Ka’bani tavof 

ayladilar. So‘ng, Maqomi Ibrohim ortiga o‘tib, ikki rak’at namoz o‘qidilar. Shunda, 

hamrohlari ul kishini odamlar nazaridan to‘sib turishgan erdi. Ittifoqo, bir kishi menga: 

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’baga kirdilarmi?»-deb aytdi. Men: «Yo‘q»,- 

dedim». 


 

54-bob. Ka’baning bir chekkasiga borib, takbir aytgan odam xususida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 



Makkaga kelganlarida, Ka’baning ichida butlar bo‘lgani uchun, u yerga kirib namoz 

o‘qigilari kelmadi. Shunda, Ka’badan butlarni olib chiqib tashlamoqni amr qilib erdilar, 

ularni olib chiqib tashlashdi. Keyin, Ibrohim va Ismoilning qo‘llarida azlom ushlagan 

holda tasvirlangan suratlarini ham olib chiqib tashlashdi». 

 

55-bob. Lo‘killab yugurish udumi qachon boshlangan? 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam va 



ul.kishining sahobalari Makkaga kelganlarida, mushriklar sahobalarga qarab: «Sizlarni ul 

(Rasululloh) boshlab kelgan, aslida sizlarni Yasrib (Madina) mudofaasi zaiflashtirib 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

322


qo‘ygandir»,- deyishdi. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi va sallam o‘z sahobalariga 

lo‘killab yugurib Ka’bani uch marta aylanib chiqmoqni, keyin ikki ustun oralig‘ida 

yurmoqni buyurdilar. Janob Rasululloh Ka’ba tegrasida ko‘proq lo‘killab yugurmoqni 

buyursalar bo‘lar erdi-yu, lekin sahobalarga rahmlari keldi». 

 

56-bob. Makkaga kelganda tavof qilmoqni Qora Toshni o‘pishdan boshlamoq va 

uch marta lo‘killab yugurmoq to‘g‘risida 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi 



va sallam Makkaga kelib, eng avvalo Qora Toshni o‘par erdilar, so‘ng yetti marta o‘rniga 

uch marta Ka’bani lo‘killab yugurib aylanib chiqar erdilar». 

 

57-bob. Haj va umrada lo‘killab yugurmoq haqida 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam haj va 



umrada uch marta lo‘killab yugurib, to‘rt marta yurdilar». 

 

Abu Aslam rivoyat qiladirlar: «Umar ibn Xattob raziyallohu anhu Qora Toshga xitob qilib: 



«Ammo, xudo haqqi, men sening foydang ham, zararing ham yo‘q bir tosh erkanlig‘ingni 

bilurmen. Agar, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning seni o‘pib, tavof qilganlarini 

ko‘rmaganimda, men ham seni o‘pib tavof qilmas erdim»,-dedilar. Keyin, Qora Toshni 

o‘pib tavof qildilar-da, «Lo‘killab yugurmoq bizga ne bo‘libdir! Darhaqiqat, (bir paytlar) 

lo‘killab yugurmoq birlan biz mushriklarga o‘zimizning baquvvat ekanligimizni ko‘rsatib 

qo‘ygan erdik, keyin ularni Olloh taolo halok qildi, endi lo‘killab yugurmoqqa hojat 

bo‘lmasa-da, biz Janob Rasulullohdan qolgan odatni tark etmoqni istamasmiz»,- 

dedilar». 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamning bu ikki ustunni o‘pib 



tavof qilganlarini ko‘rganimdan buyon men ham ularni o‘pib tavof qilmoqni 

qo‘ymasmen»,- dedilar. Ubaydulloh Nofi’ga: «Ibn Umar ikki rukn orasida yurib tavof 

qilurmi erdi?» -dedilar. Nofi’: «Ularni o‘pib tavof qilmoq maqsadidagina yurar erdilar» ,— 

dedilar. 

 

58-bob. Ustunni hassa birlan silab tavof qilmoq haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Hajjat ul-Vido’da tuya 



mingan holda ustunni hassalari birlan silab tavof qildilar» ,— deydilar. 

 

59-bob. Yamaniy ikki ustundan boshqasini o‘pib tavof qilmagan odam xususida 

 

Abushsha’so rivoyat qiladirlar: «Ka’badagi har bir narsaga taqvo ko‘zi birlan qaragan 



kishi kim erdi? Muoviya u yerdagi hamma ustunlarni o‘pib tavof qilar erdilar. Ibn Abbos 

raziyallohu anhu Muoviyaga: «Anavi ikki ustun o‘pib tavof qilinmag‘aydir»,- deganlarida, 

Muoviya: «Baytullohda tavof qilinmaydirgan narsaning o‘zi yo‘qdir!» - dedilar. Ibn 

Zubayr raziyallohu anhu ham u yerdagi ustunlarning barchasini o‘pib tavof qilar erdilar». 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning 



Baytullohdagi ikki yamaniy ustundan boshqasini o‘pib tavof qilganlarini 

ko‘rmagandirman»,- deydilar. 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

323


 

60-bob. Qora Toshni o‘pib tavof qilmoq haqida 

 

Zaydning otasi Aslam: «Men Umar raziyallohu anhuning Qora Toshni o‘pa turib: 



«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning seni o‘payotganlarini ko‘rmaganimda, men 

ham seni o‘pmas erdim» - deganlarini eshitganman»,- deydilar. 

 

Zubayr ibn Arabiy rivoyat qiladirlar: «Bir kishi Ibn Umar raziyallohu anhudan Krra Toshni 



o‘pib tavof qilmoq haqida so‘radi. Ibn Umar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va 

sallamning uni o‘pib tavof qilayotganlarini ko‘rganman»,-dedilar. Shunda ul: «Agar (bu 

to‘g‘rida sen birlan) bahslashib yengsam, ne dersan?»-dedi. Ibn Umar: «Ne dersaningni 

o‘shal Yamaningga borib aytg‘aysen! Men (haqiqatan ham) Rasululloh sallallohu alayhi 

va sallamning Qora Toshni quchoqlab, o‘payotganlarini ko‘rganman»,- dedilar». 

 

61 -bob. Ustun oldiga kelganda unga ishora qilib qo‘ymoq 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuya minib 



Baytullohni tavof qilar erdilar va har gal ustun oldiga kelganlarida unga ishora qilib 

qo‘yar erdilar». 

 

62-bob. Ustun oldida turib takbir aytmoq haqida 

 

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam tuyada 



Baytullohni tavof qildilar. Shunda har gal ustun oldiga kelganlarida qo‘llaridagi narsa 

birlan unga ishora qilib qo‘yib, so‘ng takbir aytdilar». 

 

63-bob. Makkaga kelganida, uymga qaytishdan avval, Baytullohni tavof qilib, 

ikki rak’at namoz o‘qib, so‘ng Safoga chiqib borgan kishi xususida 

 

Urva ibn Zubayr rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Makkaga 



kelganlarida, Eng avvalo tahorat olib, tavof ayladilar, keyin umra qilmay, haj qildilar. 

So‘ng, Abu Bakr va Umar raziyallohu anhu ham shunday haj qildilar. Keyinchalik, men 

otam Zubayr raziyallohu anhu birlan haj qilganimda, ul kishi ham dastlab tavof aylab, 

so‘ng haj qildilar. Keyin, muhojir va ansorlarning ham shunday qilganlarini ko‘rdim. 

Mening onam xolam Oisha, Zubayr va falonchi-pistonchilar birlan umraga tahlil aytib, 

ustunni silab tavof qilishgach, ehromlarini yechishganini menga aytdilar». 

 

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 



sallam haj yokim umraga ehrom bog‘lasalar, eng avvalo uch marta sa’y qilib va to‘rt 

marta yurib tavof aylar erdilar, so‘ng ikki rak’at namoz o‘qigach, Safo va Marva oralig‘ini 

ziyorat qilar erdilar». 

 

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam 



Baytullohga kelsalar, eng avvalo uch marta sa’y qilib va to‘rt marta yurib tavof aylar 

erdilar. Safo va Marva oralig‘ini tavof aylaganlarida selxona bo‘ylab sa’y qilar erdilar». 

 

64-bob. Ayollarning erkaklar birlan birga tavof qilishi haqida 

 

Ibn Jurayj rivoyat qiladirlar: «Makka valiahdi Ibn Hishom ayollarning erkaklar birlan 



Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

324


birga tavof aylamog‘ini man’ qilganida, «Qanday qilib man’ qilg‘aysen? Axir, Nabiy 

sallallohu alayhi va sallamning ayollari ham erkaklar birlan birga tavof qilganlar-ku!» - 

deb aytgandim»,- dedilar Ato raziyallohu anhu. Men u kishidan: «Chimmat kiymoq farz 

qilinishidan oldinmi, Keyinmi?»-deb so‘radim. Ato raziyallohu anhu: «O’lay agar, yolg‘on 

so‘zlasam, bu voqea chimmat kiymoq farz qilinganidan keyin bo‘lgan erdi»,- dedilar. 

Shunda men: «Qanday qilib ayollar erkaklarga aralashib, tavof aylamog‘i mumkin?»- 

deb so‘radim. Ato raziyallohu anhu: «Ayollar erkaklarga aralashmas erdi. Masalan, Oisha 

onamiz erkaklardan narida, bir chekkada turib tavof qilayotganlarida, bir ayol kelib, «Ey 

mo‘‘minlar onasi, yuringiz (Qora Toshni) o‘pib, tavof aylag‘aymiz!» - deganida, Oisha 

onamiz: «Yo‘q, o‘zing boraverg‘il!»-deb ko‘nmagan erdilar. Lekin, ayollar kechalari 

yoping‘ich yopinib, tavof qilgani chiqishardi. Ammo, erkaklar Ka’baga kirib ketishganda, 

ular qaytib chiqqunlaricha poylab turishardi. Erkaklar chiqqach, kirishardi. Men va Ubayd 

ibn Umayr, Oisha onamia Sabiyr degan tog‘ darasida toat-ibodat birla mashg‘ul bo‘lib 

turganlarida, huzurlariga bordik. Shunda men: «Oisha onamiz qanday chodirdalar?»- 

deb sherigimdan so‘radim. «Turkiy chodirdalar»,-deb aytdi. Oisha onamiz birlan bizning 

o‘rtamizda o‘sha chodirdan bo‘lak to‘siq yo‘q erdi. Men Oisha onamizning qizil ko‘ylak 

kiyib olganlarini ko‘rdim». 

 

Nabiy sallallohu alayhi va sallamning xotinlari Ummu Salama raziyallohu anho rivoyat 



qiladirlar: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga betobligimdan nolidim. Ul 

kishi: «Ulovda odamlarga ergashib tavof aylag‘il!» -dedilar. Men tavof etdim, Janob 

Rasululloh ersa, Ka’ba yonida namoz o‘qib, «Va-t-Tur» degan surani tilovat qildilar». 

 


Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling