Vorislik o’tmish bilan bugungi kun o’rtasidagi bog’liqlik, davomiylik, uzluksizlik.
Vrachlik odobi vrach manaviyati va xulq-atvor meyorlarining majmui. v.o. umumiy odobning tarkibiy qismi hisoblanadi, bunda vrachning faoliyati xususiyatlariga muvofiq holda xulqatvori va ijtimoiy o‘ziga xosliklari o‘rganiladi. U vrachlikning manaviy-axloqiy masalalarini qamrab oladi, uning xulq-atvori, manaviyati, kasbiy burchini his etishi, nomusi, vijdoni va qadr-qimmati meyorlarini, bemorlar, ularning qarindosh-urug‘lari, o‘z hamkasblari, jamoasi va umu-man jamiyat bilan o‘zaro munosabati masalalarini o‘z ichiga oladi. V.o. tamoyillari ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, sog‘liqni saqlash va jamiyatning unga bo‘lgan munosabati holati, tibbiyot fanining rivojlanish darajasi bilan bog‘liq. X
Xalq avvalo kelib chiqishi, tili, madaniyati va yashash xududi umumiyatiga ega bo‘lgan kishilar birligining tarixiy shakli.
Xaqiqat kishilarning tasavvur, tushunchalarining ob’ektiv olamga mos kelishi.
Xarakat borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda etuvchi xususiyatidir. Harakat — narsa va hodisalarning har qanday o’zgarishlarini ifodalovchi tushunchadir. Chunki borliq harakatsiz o’zining strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.
Xavfsizlik biror davlatga yoki kimsaga xavf tug’dirmaslik, osoyishtalik
holati
Y
Yaxshilik va asosiy manaviy axloqiy juft tushunchalardan. U yaqin yomonlik yaqingacha e. va yo. ning sinonimi tarzida qo‘llanib kelinar edi, aslida ular asos etibori b-n birqbiridan farq qiladi. e. va yo. o‘zini Cheksiz likda, ya. va yo. o‘zini chegaralanganlikda ifoda etadi. E. ijtimoiylik xususiyatiga ega, ya. Esa asosan Shaxsning odobiga, xulqiga bog‘liq bo‘lgan ijobiy hodisa; unda mardlik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy meyorlar tajassum topadi. Biroq unga asos bo‘lgan amaliy xattiqharakatlar qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi axloqiy tamoyillar darajasiga ko‘tarila olmaydi.
Z
Do'stlaringiz bilan baham: |