Aleksandr Makedonskiy Yunon xudolarining erkasi


Download 206.4 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.03.2023
Hajmi206.4 Kb.
#1245026
Bog'liq
aleksandr-makedonskiy-yunon-xudolarining-erkasi



Aleksandr Makedonskiy Yunon xudolarining erkasi 
 
Jahongir Mehrojidin o’g’li Yursinboyev 
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 
 
Annotatsiya: Makedoniyalik g’ayrioddiy kuch qudrat sohibi Aleksandr hayoti 
uning bosqinchilik kurashi, hamda ungacha hech kim amalga oshirmagan siyosat 
sohibi haqida. 
Kalit so’zlar: Makedoniya, Filip II, yunon, shahar, Hindiston, Spitamen, 
so’g’diylar, Eron, Doro III, Misr, Gavgamela 
Alexander the Great - the son of the Greek gods 
Jahongir Mehrojidin oglu Yursinbaev 
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region 
Abstract: The life of Alexander the Great, a Macedonian supernatural power, is 
about his struggle for aggression, as well as a policy that no one has pursued before. 
Keywords: Macedonia, Philip II, Greek, city, India, Spitamen, Sogdians, Iran, 
Darius III, Egypt, Gavgamela 
Aleksandr, Iskandar Maqduniy (Sharq mamlakatlarida Iskandar, Iskandar 
Zulqarnayn nomi bilan mashhur) mil. av. 356 20 iyun kuni Pella shahrida tavallud 
topgan. Otasi Makedoniya podshosi Filipp II va onasi esa Epir shohining qizi - 
Olimpiada edi. Iskandarning onasi Olimpiada o’zini butkul taxt vorisi bo’lmish 
o’g’lining tarbiyasiga bag’ishladi. Otasi esa ko’pincha harbiy yurishlarda bo’lgani 
uchun o’g’liga ko’p vaqt ajrata olmas edi va hamisha undan uzoqda bo’lar edi. 
Shunga qaramasdan Iskandar otasining jasorati va armiyasining erishgan natijalari 
bilan faxrlanar edi. Biroq Olimpiada o’g’lini doimo otasiga qarshi qayrab kelar edi, 
shuning uchun bo’lajak hukmdor otasiga nisbatan ko’ra onasiga mehrini ko’proq 
bergan edi. Shahzoda Iskandar bo’lajak hukdor bo’lganligi uchun maxsus ta’lim 
olgan. O’n uch yoshidan boshlab esa u buyuk faylasuf Arastu (Aristotel)dan ta’lim-
tarbiya ola boshlagan. Arastu taxt vorisining murabbiyi bo’lganligi uchun shogirdiga 
ko’proq siyosat, etika va falsafadan ta’lim bergan. Bundan tashqari vasiyligidagi 
Iskandarga klassik ta’lim berishni xohlagan Arastu unga tibbiyot, adabiyot va 
she’riyatdan ham saboq bergan. Iskandar yoshlik yillaridanoq izzattalablik, qaysarlik 
va maqsad sari intilish kabi sifatlarni ko’rsatib kelgan. Boshqa tomondan esa u 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
601


jismoniy lazzatlarga butkul befarq bo’lgan, ortiqcha ovqat yeyishdan o’zini tiygan va 
ayollarga qiziqish bildirmagan. 
Iskandar 16 yoshligida otasi Vizantiyani zabt etishga otlanar ekan, ilk bor 
Makedoniya boshqaruvini o’g’liga topshirib ketadi. Huddi shu payt mamlakatda 
isyon ko’tariladi. Yosh shahzoda poytaxtda qolgan polklar bilan qo’zg’alonni 
bosishga erishadi. Oradan ikki yil o’tib, Iskandar yana qo’mondon sifatida jang 
maydoniga chiqadi - Xerondagi jangda makedoniyalik qo’shinning chap qanotini 
boshqaradi. Mill.avv. 336-yilda otasi fitnachilar tomonidan o’ldirilgandan so’ng 
taxtga o’tiradi. Taxtga o’tirishi bilanoq Iskandar birinchi navbatda otasining o’limiga 
sababchi bo’lgan dushmanlarni yo’q qiladi va soliqlarni bekor qiladi. So’ngra ikki yil 
davomida mamlakat shimolidagi frak qabilalarining bosqinchiliklarini so’ndirib, 
Gretsiyada Makedoniya hukmronligini o’rnatadi. Keyinchalik Iskandar butun 
Elladani birlashtirib, otasi Filipp bir umr orzu qilgan Eronni zabt etish uchun buyuk 
yurushni boshlaydi. Aynan ana shu yurushda eronliklar bilan bo’lib o’tgan janglarda 
Makedoniyalik Iskandarning ajoyib harbiy mahorati namoyon bo’ldi. Eramizdan 
avvalgi 334 yilda Granik daryosi bo’yidagi jangdan so’ng deyarli butun Kichik Osiyo 
makedoniyaliklarning qo’liga o’tadi. Iskandar esa buyuk sarkarda va jahongir nomini 
oladi. Buyuk Iskandarning dovrug’ini eshitgan mamlakatlar jangsiz uning qo’shiniga 
taslim bo’ldilar. Sarkarda hech bir qiyinchiliksiz Siriya, Finikiya, Falastin, Kariya va 
Yaqin Sharqning boshqa davlatlarini ishg’ol qildi. So’ngra u Misrga yurishini 
boshladi. U yerda ham uni iloh sifatida ochiq yuz bilan kutib oldilar. Misrda sarkarda 
yana bir shaharni o’z nomi bilan atab, unga Iskandariya nomini berdi. 334 yil 
Aleksandr Eronga yurish boshlaydi; bu bosqinchilik urushi otasi Filipp II davridayoq 
boshlangan boʻlib, uning oʻlimi tufayli toʻxtab qolgandi. Aleksandr qoʻshinida 
sarkardalardan Antipatr, Parmenion, Ptolemey Lag va boshqa, shuningdek 30 mingga 
yaqin piyoda jangchi, 5 ming otliq, yengil qurollangan yordamchi otryadlar va 160 
kema boʻlgan. Mil.avv. 334 yil mayida (Granik daryosi yonida), 333 yil oktyabrida 
(Gavgamela, Shimoli- Sharqiy Mesopotamiyada) bo‘lgan janglarda fors qo‘shinlari 
to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng Aleksandr uchun Ahamoniylar 
davlatining markazlariga yo‘l ochilgan edi. Aleksandr dastavval Bobilni, so‘ngra 
Suza, 
Persepol, 
Pasargada 
Shaharlarini 
egallab 
fors 
podsholarining 
xazinalariniqo‘lgakiritdi. 
So‘nggi Ahamoniy hukmdori Doro III avval Midiyaga, keyin esa Baqtriyada 
qochib ketdi. Kursiy Rufning ma’lumotlariga ko‘ra Baqtriyaga Doro III ga qarshi 
fitna uyushtirilib u o‘ldiriladi va fitnaga boshchilik qilgan Bess o‘zini Ahamoniylar 
podshosi deb e’lon qiladi. Ammo, Bess Aleksandrga harbiy qo‘shinlarni qarshi qo‘ya 
olmadi. Iskandar Eronga qaytib kelib, Suzu, Persepol hamda Vavilonni zabt etadi va 
Vavilonni buyuk davlatining poytaxti qilib o’zgartiradi. 329 yilda Eron shohi Doro 
ayonlari tomonidan o’ldiriladi, bu vaziyatda ham Iskandar o’zini aqlli taktik va 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
602


strateg sifatida ko’rsatadi. U Eron saltanatining qulashida zabt etuvchilar emas, ichki 
dushmanlar aybdorligini aytib, shoh Doro uchun ulardan qasos olishini e’lon 
qiladi. Aleksandr qo‘shinlari daryodan o‘tgach Bessni ta’qib etib «Sug‘d viloyati 
Navtakaga» yo‘l oladilar (Avval Ptolomey Lag boshchiligidagi ilg‘or qism, keyin 
asosiy kuchlar). Sug‘d erlarida Spitaman boshliq mahalliy sarkardalar Aleksandrni 
to‘xtatib qolish maqsadida Bessni asir olib unga topshiradilar. Ammo, Aleksandrda 
harbiy yurishlarni to‘xtatish niyati yo‘q edi. Navtakadan so‘ng Yunon-makedon 
qo‘shinlari Sug‘diyonaning poytaxti Smarakandaga yurish qilib uni egallaydilar. 
Kursiy Ruf ma’lumotlariga ko‘ra Yunon-makedonlar «Shaharda o‘zlarining kichik 
gornizonlarini qoldirib, Yaqin atrofdagi qishloqlarni yondiri va vayron etib», 
Shimoli-Sharqqa tomon harakat qila boshlaydilar. Jizzax va O‘ratepa oralig‘idagi 
tog‘li hududlarda Yunon-makedon qo‘shinlari qattiq talofat ko‘radilar. Aleksandrning 
o‘zi ham og‘ir yarador bo‘ladi. Shunga qaramasdan tog‘li hudud aholisini qiyinchilik 
bilan mag‘lub etgan. 
Yunon-makedonlar dasht ko‘chmanchilari saklar va sug‘diylar o‘rtasida chegara 
bo‘lgan Yaksart - Sirdaryoga tomon harakat qiladilar. Yunon-makedonlar Yaksart 
bo‘yida to‘xtab bu erdagi Shaharlarga o‘z harbiy qismlarini joylashtira boshladilar. 
Ko‘p o‘tmay bu Shaharlar aholisi Aleksandrga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar. 
Daryoning o‘ng qirg‘og‘idagi saklar ham o‘z qo‘shinlarini bir erga to‘play 
boshlaydilar. Xuddi shu paytda Baqtriya va Sug‘diyona hududlarida ham 
Aleksandrga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlanib ketadi. Yunon-makedon bosqinchilariga 
qarshi uch yil davomida kurash olib borar ekan, O‘rta Osiyo xalqlari mislsiz jasorat 
namunalarini ko‘rsatdilar. Ular Yunonlar o‘ylaganidek, «varvarlar» va madaniyatdan 
orqaga qolgan emas, balki o‘z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega 
ekanliklarini namoyish etdilar. Aleksandr qo‘shinlari butun Sharq davlatlarini 
o‘zlariga bo‘ysundirganlarida Sug‘diyona va Baqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka 
uchramagan edilar. Bu holni Aleksandr tarixini yozgan ko‘pgina qadimgi davr 
tarixchilari ham e’tirof etadilar. Shunday qilib Xorazm, Choch (Toshkent vohasi), 
Farg‘ona va saklar yurti Aleksandrdanmustaqil bo‘lib qoladi. Sug‘diyona, Baqtriya, 
Marg‘iyona va Parfiya Aleksandrning davlatiga qo‘shilib, keyinchalik ularning 
hududida ayrim Yunon-makedon davlatlari vujudga keladi. O‘rta Osiyoda istilo 
etilgan viloyatlar va Shaharlarni boshqarish uchun Yunon-makedon sarkardalari bilan 
birga mahalliy hokimlar ham jalb etilgan. Yozma manbalarning ma’lumot berishicha, 
Aleksandr davrida mahalliy aholi vakillaridan Fratafarn-Girkaniyada, Artaboz-
Baqtriyada, Oksiart va Xorien- Sug‘diyona viloyatlariga hokimlik qilganlar. Mil.avv. 
325 yilda Oksiart qo‘l ostiga Paropamis-Hindiqush viloyati topshiriladi. Mil.avv. 
325-324 yillarda makedonlar yaroq-aslahalari bilan qurollangan mahalliy aholi 
qo‘shinlari Yunon-makedon armiyasi safiga jalb etiladi. Aleksandr mahalliy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
603


hokimiyat vakillariga nisbatan maqsadli siyosat olib borgan. Mil. avv 324 yilda Suza 
shahrida o‘n mingta Yunon-makedon askarlari mahalliy ayollarga uylanadilar.
Aleksandrning o‘zi va sarkarda Gefestion Doro III ning qizlarini hamda sarkarda 
Salavka Spitamanning qizi Apamani xotinlikka oladilar. Asta-sekinlik bilan Iskandar 
Osiyo hukmdoriga aylanib bordi. U ikki yil davomida hozirgi Afg’aniston, Tojikiston 
va O’zbekiston hududlarini o’z ichiga olgan Sug’diyona va Baqtriyani zabt etdi. 
Yangi hududlarni ishg’ol qilar ekan, Iskandar shaharlar barpo etib, ularga o’z nomini 
beradi. Masalan, Eshatadagi Iskandariya bilan Arahisiyadagi Iskandariya shaharlari 
bizning davrimizda Xo’jand va Qanqag’or nomi bilan mashhur. Aleksandr 329 
yil Baqtriyani egallagach, satrap Bess, Oke (Ukuz, Amudaryo) dan kechib oʻtib, 
Navtaka (Qashqadaryo vohasi) ga chekingan. Ammo Bess tezda qoʻlga olinib, qatl 
etilgan. Soʻng, A. Samarqand (Marokanda)ni egallab, Sirdaryo tomon yoʻl oladida, u 
yerda shahar barpo etib, uni Aleksandriya Esxata (Chekka Iskandariya) deb ataydi. 
Umuman Aleksandrning Oʻrta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosati qattiq 
qarshilikka uchragan. Usrushonadagi yettita shahar-qal’a A.ga qattiq qarshilik 
koʻrsatgan. Bularning ichida eng kattasi - Kiropol boʻlib, Kir II uni boshqa shahar-
qal’alarga nisbatan baland devor bilan oʻrattirgandi. Uning ichida mahalliy aholining 
koʻpchilik qismi, eng jangovar jangchilar toʻplangandi. A. shahar atrofiga xandaq 
qazittirgan, manjaniqlar (devorteshar mashinalar) bilan devorning bir necha yeridan 
teshik ochib, u yerdan shaharga bostirib kirmoqchi boʻlgan. Bu urinishi natijasiz 
chiqqach, u harbiy hiyla ishlatib, shahar ichidan oʻtgan quruq daryo oʻzani orqali 
oʻzining xos jangchilari bilan shaharga kirgan. Kiropol mudofaachilari bilan 
Aleksandr jangchilari oʻrtasida shiddatli jang boʻlgan. Unda A. boshi va boʻyniga 
tosh tegib yarador boʻlgan, bir qancha lashkarboshilari (Krater va boshqalar) kamon 
oʻqidan shikastlangan. Makedon qoʻshini katta qiyinchilik bilan shaharni egallagan. 
Shahar mudofaachilari (jami 15 ming) dan 8000 ga yaqini halok boʻlgan, qolgani 
ichki qoʻrgʻonga yashiringan, soʻng tashnalikdan qiynalib taslim boʻlgan. Makedon 
qoʻshini qolgan shaharlarni ham shu tariqa qiyinchilik bilan egallagan. Aleksandr 
mahalliy xalqning jasoratidan shu qadar xavotirga tushganki, Ptolemeyning 
aytishicha, u oʻz jangchilariga asir olingan kishilarni boʻlib berib, to bu mamlakatdan 
chiqib ketmagunlaricha ularni zanjirband holda saqlashni topshirgan.
Aleksandr Sugʻdiyonada Spitamen qoʻzgʻolon 
koʻtarib, Marokandani qamal 
qilgani va Tanais ortidan saklar podshosining ukasi Kartazis boshchiligidagi katta 
qoʻshin unga yordamga yetib kelgani haqida xabardor boʻlgach, qoʻzgʻolonchilarga 
qarshi 2000 kishilik qoʻshin joʻnatib, oʻzi saklar tomon qoʻshin tortgan 
(qarang Tanais daryosi boʻyidagi jang). Mazkur qoʻshin tor-mor keltirilgach, A. 
shaxsan oʻzi katta kuch bilan Spitamenni dasht chegarasigacha ta’qib qilib borib, 
ortga qaytishda 120 mingdan ortiq tinch aholini qirib tashlaydi, koʻplab qishloq va 
qal’alarni vayron qiladi, ekinzor, bogʻ-rogʻlarni payhon etadi. Aleksandr mil. av. 329-
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
604


328 yillar qishini Zariaspa (Balx, Baqtra)da oʻtkazadi. Bahorda uning huzuriga 
xorasmiylar podshosi Farasman 1500 jangchisi bilan kelib oʻzaro ittifoq tuzishni 
taklif etadi. Aleksandr 328-327 yil boshida Sugʻdiyonadagi togʻlar ustida joylashgan 
qal’alardagi qoʻzgʻolonchilarni boʻysundirishga juda koʻp kuch sarflaydi, ularni 
magʻlub qilgach, Oksiartning qizi Roxshanak (Roksana) ga uylanadi . skandar 
Buyukning eng birinchi xotini - Baqtriya (ya’ni hozirgi O’zbekiston hududi) malikasi 
Roksana bo’lgan. Roksana buyuk sarkardaga turmushga chiqayotganida o’n to’rt 
yoshda bo’lgan. Nikoh marosimi 327 yilda bo’lib o’tdi. 
Iskandar Buyuk Baqtriyani bosib olganda shoh butun oilasi bilan asirga tushadi, 
shu qatorda Roksana ham. Biroq shunga qaramasdan Iskandar bu go’zal qizni o’ziga 
xotinlikka oladi va u Iskandarga o’g’il tug’ib beradi. Bu bola Iskandarning to’ng’ich 
farzandi hisoblanadi. Keyinchalik sarkarda Eronning yana ikkita malikasi - Statira va 
Parisatidaga uylanadi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Iskandar Buyuk eramizdan 
avvalgi 323 yil 10 iyun kuni 33 yoshida vafot etdi. Buyuk sarkardaning hayotdan erta 
ketishiga nima sabab bo’lganligi haqidaggi bahs-munozaralar bugungi kunda ham 
to’xtagani yo’q. Hukmdorning o’limi birdaniga sodir bo’lgani uchun uning o’rniga 
o’tiradigan voris tayinlanmagan edi. Shuning uchun ham mamlakatda tartibsizliklar 
boshlandi va saltanat tanazzulga yuz tuta boshladi. 323 yilda Iskandardan biroz oldin 
uning yaqin do’sti va maslahatchisi Gefestion vafot etdi. Bu hodisadan Iskandar 
chuqur qayg’uga botdi. U haddan tashqari shubhali bo’lib qoldi va doimo asabi 
tarang, ruhiyati tushkun holda yuradigan bo’lib qoldi. Do’sti Gefestionga tutgan 
motami uzoq cho’zildi va yangi harbiy yurishni rejalashtirish uchun Vavilonga 
qaytgunga qadar davom etdi. Vavilonda Iskandar har kuni ziyofatlar uyushtirar va 
haddan tashqari ko’p sharob iste’mol qilar va bu bilan immun tizimini izdan chiqarib, 
sog’lig’iga katta zarar yetkazar edi. Yozning boshlarida sarkardaning salomatligi 
birdaniga yomonlasha boshladi va hech narsa bilan tushirib bo’lmaydigan isitma 
paydo bo’ldi. Iskandarning xastaligi haqida eshitgan xaloyiq uni ko’rish maqsadida 
saroyga yopirilib kirdi. Og’ir ahvolda ekanligiga qaramasdan Iskandar Buyuk 
olomonni o’rnidan turib, ularni qarshi oldi, biroq u juda holsiz edi. 9 iyun kuni 
Iskandar koma holatiga tushdi, 10 iyun kuni esa uning yuragi urishdan to’xtadi. 
Iskandar Buyuk vafot etdi. Do’sti Gefestionga tutgan motami uzoq cho’zildi va yangi 
harbiy yurishni rejalashtirish uchun Vavilonga qaytgunga qadar davom etdi. 
Vavilonda Iskandar har kuni ziyofatlar uyushtirar va haddan tashqari ko’p sharob 
iste’mol qilar va bu bilan immun tizimini izdan chiqarib, sog’lig’iga katta zarar 
yetkazar edi. Yozning boshlarida sarkardaning salomatligi birdaniga yomonlasha 
boshladi va hech narsa bilan tushirib bo’lmaydigan isitma paydo bo’ldi. Iskandarning 
xastaligi haqida eshitgan xaloyiq uni ko’rish maqsadida saroyga yopirilib kirdi. Og’ir 
ahvolda ekanligiga qaramasdan Iskandar Buyuk olomonni o’rnidan turib, ularni 
qarshi oldi, biroq u juda holsiz edi. 9 iyun kuni Iskandar koma holatiga tushdi, 10 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
605


iyun kuni esa uning yuragi urishdan to’xtadi. Iskandar Buyuk vafot etdi. Ulug’ 
hukmdor va sarkarda Makedoniyalik Iskandar Buyukning o’limidan butun Imperiya 
chuqur qayg’uga botdi va saltanatda motam e’lon qilindi.
Makedoniyalik Iskandarning o’limiga nima sabab bo’lganligi haqida 
hanuzgacha tarixchi olimlar bir to’xtamga kelmaganlar. Eng asosiy omil qilib bezgak 
kasalligi ko’rsatilmoqda. Unday bo’lsa, nima uchun shohning yaqinidagi hech kim bu 
kasallik bilan kasallanmadi, axir bezgak yuqumli infektsion xastalik hisoblanadi-ku?! 
Olimlar buni Iskandarning haddan tashqari ko’p sharob ichishi bilan immun tizimiga 
yetkazgan zarari bilan tushuntirmoqdalar. Iskandar Buyuk o’limining sabablaridan 
biri deb, shohning zaharlangan bo’lishi mumkin, degan taxmin ham ilgari surilgan. 
Sarkarda xastaligining belgilari ham shu narsani tasdiqlab turibdi: konvulsiya 
(tirishish), qayt qilish, yurakning notekis urishi. Biroq bularning bari taxmin, uni 
faqatgina kelajakda - ilm-fan yana ham rivojlanganda isbotlash mumkin bo’ladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Kovalev S. I., Aleksandr Makedonskiy, L., 1937; 
2. Trever K., Aleksandr Makedonskiy v Sogde, "Vestnik istorii", 1947, № 5; 
3. Bertels Ye. E., Roman ob Aleksandre i yego glavnie versii na Vostoke, M.– 
L., 1948. 
4. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
606

Download 206.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling