Alifbe bayrami Savodxonlik bayrami senariysi


Download 34 Kb.
Sana19.02.2023
Hajmi34 Kb.
#1214481
Bog'liq
Alifbe bayrami Savodxonlik bayrami senariysi


Alifbe bayrami
Savodxonlik bayrami senariysi
Musiqa sadolari ostida o’quvchilar qo’llarida gullar va sharlar bilan bayramona bezatilgan zalga kirib kelishadi.Madhiya yangraydi
O’qituvchi: Aziz ota-onalar, bugun jaji farzandlaringiz uchun bir umrga yodda qoluvchi, qisqa vaqt ichida olgan bilimlarini ko’rikdan o’tkazuvchi ajoyib tantana. Alifbe bayramimizga xush kelibsiz!
Mening jajji o’quvchilarim,
Qarshingizda shodon, baxtiyor
Har birisin tarifin bersam
Soz ichra yaxshilik ko’karar bisyor.
Boshlovchi:Assalomu alaykum, mehridaryo ustozlar, aziz va mehribon ota-onalar, sevimli buvi va buvajonlar! Mana bugun biz jajjigina bolajonlarimizning Alifbe bayramiga yig’ilib turibmiz. Savodxonlik bayramiga xush kelibsizz!
Assalom davramizning quvnoq o’g’il-qizlari
Sheriyat osmonining eng chaqnoq yulduzlari
Qabul aylang azizlar, bu bizning shirin kalom
Qo’limiz ko’ksimizda deymiz sizga assalom!
Salom sizga azizlar, bir-biridan lazizlar
Mehmonu-mezbon bo’lgan
Erkatoy o’g’il-qizlar
Assalom avvalo aziz jonajon
Alla aytib katta qilgan onajon.
Boshlovchi:Aziz o’quvchilar! Siz mustaqil O;zbekistonning ko’rar ko’zi-kelajagisiz, yaxshi kunlardan xabar beruvchi yosh ko’ngil elchisisiz. Mustaqil vatanimiz sizdan ko’p narsalarni kutib qoladi. Vatanni seving va unga munosib farzand bo’ling!
Toza osmoning bilan
Totli davroning bilan
Gul chamanzoring bilan
Elda dostonsan Vatan!
Sharqda tanxosan o’zing
Xalqi donasan o’zing
Porloq yo’lchi yulduzing
Elda dostonsan Vatan!
1-e Hilola: Olam aro yorug’ yuzing
Baxtiyor o’g’il-qizing
Men ham sening erka qizing
Tanda jonimsan Vatan!
1-“e”, “g” raqs “O’zbekiston”
1-e Mashhur:Ey, hurmatli muallim, har ko’ngilda mehring bor
Har uyda,her shaharda sening sirli sehring bor
Ekkan mevalaringning hosili hech tugamas
Dunyoda sening kabi xolis inson topilmas
1-g Foziljon:Hurmat izzat ko’rsang, ustoz bilandir
Elda mashhur bolsang, ustoz bilandir
Yuksaklarga yetsang, ustoz bilandir
Hayotingda mayoq bo’lgan inson u.
1-e Anagul: Kim der, ilm o’rgatmoqlik osondir
Ustoz degan xazinadir, bo’stondir
Har hislatin yozsang, onlab dostondir
Hayotingda mayoq bo’lgan inson u.
1-f xo’r “Vatajonim”
Bosh-chi: Bu bayram sababkori
Bilimlar poydevori
Ma’noli shirin so’zi
Qani alifbe o’zi
Bolalar jo’r bo’lib:
Alifbejon kelaqol
Olqishlaymiz quloq sol
Davraga Alifbe kirib keladi. 1-e Ibrat
Assalomu alaykum aziz ota- onalar va qadrdon bolalar, savodxonlik muborak, bayram shodlik muborak
Bolalar: Hush kelibsan Alifbejon
Davramizga marhabo!
1-g Dilafruz: Chindan qadrdon bo’lding
Sen alifbe kitobim
Ko’zga go’yo nur bo’lding
Charaqlagan oftobim
Alifbe: Ibrat: Bu kun savod chiqarib
Burro-burro so’zlaysiz
Zehningiz o’tkir juda
Kelajakni ko’zlaysiz
“Alifbe” to’yi bilan
Barchangizni qutlayman
Pok niyatli do’stlarim
Sizga oq yo’l tilayman.
Raqs “Xorazmcha”
Bosh-chi: Bolalar kim bo’lsam ekan deya hamisha kimgadir havas bilan qarashadi kimdir fazogir bo’laman desa, kimdir dadasidek shifokor bo’lishni orzu qiladi.O’quvchilarimizning orzularidek beg’ubor
Kasblar sherga aylandi
Alifbega joylandi
1-e. Joxongir; Bolsammikan agronom
A-harfi Juda jarangli bu nom
O’stirar edim paxta
Butadamas daraxtda.
B-harfi Yo bo’lsammi boyoqchi
1-g. Uning ishiga boqchi
Boyalgan zahot xona
Go’zallashadi yana.
D-harfi Yo bolsammi duradgor
Bu ishda ko’p hikmat bor
1-f. Aytingchi kim bir pasda
Ketmonga yasar dasta
E-harfi Sen ham maslahat ber-chi
1-e. Zulxayo Yo bolsammikan elchi
Samalyot qo’nar shu on
Bu manzil Farangizton
Deyman; Azizlar, salom!
“Bonju” hammamiz omon!
F-harfi:
Yo bo’lsammi fazogir
Yerni aylanib g’ir-g’ir
So’ng esa qo’nsam oyga
Oy bilan qilib poyga
H-harfi: 1-E Yo’ldoshvoy
Yo bo’lsammi haydovchi
Qo’l ko’tarsa yo’lovchi
Mashinam g’iz-g’iz etsa
Darrov manzilga eltsam
I-harfi: 1-F
Yo bo’lsam ixtirochi
Bu ishning ko’p quvonchi
Bu ishga bo’lsam usta
Ixtiro qilsam yuzta
J-harfi: 1-E Maryamjon
Yo bo’lsammi jurnalist
Xabar yozsam juda tez
Va electron pochtadan
Yuborsam uni birdan
K-harfi: 1-G Jahongir
Yo bo’lsammikin kulol
Sizni qilib hayron lol
Yasasam ko’za idish
Juda maroqli bu ish
L-harfi: 1-G Dilnavoz
Yana bir o’ylab ko’rsam
Yo lug’atshunos bolsam
Juda ham ko’plab so’zdan
Turli lug’atlar tuzsam
Vatan haqida qo’shiq raqsi bilan
M-harfi: 1-G Foziljon
Yo militsioner bo’lay
Doim po’stimda turay
Sezgir bo’lsam bag’oyat
Bo’lmas bir jinoyat
N-harfi:1-E Nazokat
Yo bo’lsammikin nonvoy
Hamma ko’rib desa, voy!
Yasatsam katta tandir
Va yopsam bir uy patir
Kulchatoy, piyozli non
Shirin, asal shirmoy non
O harfi: 1-E Sadulla
Yo bo’lsammikan oshpaz
Hamma qilardi havas
O’ylab topsam bir toam
“O’zbekiston” deb bersam nom
P-harfi: 1-E Gulg’uncha
Eshiting quloq solib
Pardozchi ham zo’r kasb
Pardoz qilsam yuzingni
Tanimaysiz o’zingiz
Z-harfi: 1-G M. Bexruz
Yo bo’lsammikin zargar
Uni o’rgansam agar
Yasayman tuppa-tuzuk
Eng nafis go’al uzuk
O’-harfi: 1-G Azizbek
Yo bo’lsam o’qituvchi
Bilimga zo’r o’qituvchi
O’quvchilar jo’r ovoz
Menga der: Salom, ustoz !
G’-harfi Ilhom
Yo bo’lsammikin g’ovvos
Savobli ish, gapim rost
G’avvos doimo sergak
Hushyor bo’lishi kerak
Cho’ka boshlasa odam
U darrov berer yordam
Sh-harfi: 1-G Dilafruz
To bo’lsammi shifokor
Dard bor joyda davo bor
Hamma kelar men tomon
Deya ahvolim yamon
Men qilgach dori-darmon
Nimjon edi pahlavon
Ch-harfi: 1-E Sarvar
Yo bo’lsammikin cho’pon
Podani saqlab omon
Chiqsam tog’u adirga
Bepayon yaylov qirga
G-harfi :
Yo bo’lsammi geolog
Yursam, kezsam tog’ma-to’g’
Ma’danga to’la zamin
Juda uzoq o’ylab men
Topsam ko’plab ma’danlar
Hayron qolsa odamlar
V-harfi:1-G hadicha
Endi mendan V dan so’zlang
Harflar ichra meni izlang
Bosh harfiman “Vatan” so’zin
Bilmas mensiz Vatan o’zin
Y-harfi: 1-E Shohrux
Yigit boshi mard ersa
Yigit boshi ham bo’lmas
Yo’lda yuki qolmagay
Yo’lin topar, kam bo’lmas
Ng-harfi: 1-E
O’yladim tuni kunlar
“Ng” ga yo’q kasb-hunar
Ammo atrofga qarang
Kasb-hunar ko’p, rang-barang
X-harfi: 1-G Nafisa
Xonavayron bo’lar xalq
Xaloskori bo’lmasa
Xavfu-xatar, ofatdan
Xoli, nari bo’lmasa
“Alifbo” qo’shig’i 1-F
Boshlovchi;Aziz o’quvchilar! Mana siz hamma harflarni o’zlashtirib oldingiz . bu hali hammasi emas. Sizlar harflarni hurmat qilishingiz kerak.
1-G Charos.
Alifbeda nechta harf
O’yla,aqling qilib sarf!
Go’yo ko’zu-burni bor
Har bir harfning o’rni bor
Adashtirmagin zinhor
Savod senga bo’lsin yor
1-E Shahriyor.
B harfsiz gavjum “bozor”
Keltirar dilga “ozor”
1-G bexruz .
Hatto sog’lom, kuchli “fil”
Harf o’zgarsa bo’lar “sil”
O’g’il bolalar “Norin”
1-G Jahongir
Harfi o’zgarsa biroq
“Qovoq” ham chinni “tovo”
1-G Hovajon
Qish yozdi bir so’zni “muz”
Bahor to’g’irladi , “buz”
1-F qizlar va o’g’il bolalar vals ”O’zbekiston”
1-G Dilnura
Shunday ekan azizlar
Savodli bo’ling sizlar
Va bo’linglar albatta
Har bir harfga hurmatda
Ingiliz tili chiqishi
“Lezginka “ o’g’il bolalar raqsi 1-E-G.
Boshlovchi: Aziz bolajonlar! O’tib borayotgan, “Sog’lom bola” yilida siz 1-sinfga qadam qo’yib savod chiqardingiz. Prezidentimiz 2015-yilni qanday nomladi?
O’quvchilar: ”Qariyalarni e’zozlash “ yili
Boshlovchi: Aziz o’quvchilar, yaqinda qaysi bayramni nishonlaymiz
O’quvchilar :Yangi yilni
Bosh-chi: Yangi yil nimasi bilan chiroyli?
O’quvchilar: Archasi, qorbobosi, sovg’asi bilan
Bosh-chi: Sizlarni qutlash uchun uzoq o’rmondan Qorbobo mehmonga kelgan.
Kelinglar Qorboboni chaqiramiz.
O’quvchilar: Qor=bobo , Qor-bo-bo Qor-bobo
Qorbobo kirib keladi.
Bosh-chi:Salom, Qorbobo Hush kelibsiz! Davramizga marhabo!
1-“E”-“G” qizlar raqsi. “oppoq qor”
Qorboboga o’quvchilar qish, archa haqida she’rlar aytishadi.
Vals 1”E” “G” o’g’il-qizlari ijrosida “Qor” qo’shig’iga.
Bosh-chi tadbirni yakunlab barchani raqsga taklif etadi.
Sinf rahbarlari:1-“E” –Atayeva A.Yu
1-“G” –Sadullayeva D
1-“F”- Yaxshimurotova M
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling