Otlarda egalik kategoriyasi
Otlarda egalik kategoriyasi narsa, buyum, predmet, shaxs, hayvon, o‘rin-joy, voqea-hodisaning uch shaxsdan biriga, ko‘plik va birlik sonda, mansubligini ko‘rsatuvchi kategoriya egalik kategoriyasi deyiladi. Kitobning uchta shaxsdan biriga tegishliligini bildiradi. Mening kitobim, Sening kitobing, Uning kitobi
Ona, Vatan, Kitob...
Shaxs Birlik Ko‘plik
I sh.Mening -(i)m (-i)miz
II sh.Sening -(i)ngiz -(i)ngiz
III sh.Uning -i(si -(lar)i
Egalik kategoriyasi narsa, buyum, shaxs, hayvon, joyga umumiy ma’noda uch shaxsdan birining egalik qilishini ifodalaydi va ayni paytda egalik qilish umumiy ma’nosidan qarashlilik, tegishlilik, xoslik kabi xususiy(amaliy) ma’nolar ham ifodalanadi.
Egalik kategoriyasi qaratqich – qaralmish (moslashuv) to‘liq ifoda shakli(eksplitsit)da – Mening Vatanim yoki noto‘liq ifoda shakli(implitsit)da – Vatanim ifodalanishi mumkin.
Qaratqich-qaralmish munosabatining ifodalanishi quyidagi ko‘rinishlarga ega: 1) qaratqich-qaralmish to‘liq ifodalanadi – Bizning maktabimiz; 2) qaratqich ifodalanadi, qaralmish ifodalanmaydi – Bizningmaktab; 3) qaratqich ifodalanmaydi, qaralmish ifodalanadi – Maktab hovlisi; 4) agar qaratqich va qaralmish ham ifodalanmasa, qo‘shma so‘z bo‘lib qoladi – maktab hovli, dala hovli, maktab ko‘cha...
Otlarda kelishik kategoriyasi
Kelishik kategoriyasi grammatik kategoriyalar ichida eng qadimiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Dunyo tilshunosligining qadimiy o‘choqlari – hind, grek, yunon, arab tilshunosliklarida qadim davrlardan boshlab kelishik kategoriyasi sifatida o‘rganilganligi fikrimizning isboti bo‘ladi.
Ot yoki otlashgan barcha so‘zlariga qo‘shilib ularning boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqasini ta’minlovchi kategoriya kelishik kategoriyasi deyiladi.
Kelishik kategoriyasi morfologik va sintaktik kategoriya sifatida grammatik funksiya bajaradi. Alohida olinganda, ot yoki otlashgan so‘zlarni turlaganda(atash, nomlash funksiyasini bajaradi) morfologik kategoriya, gap bo‘laklarini sintaktik jihatdan bog‘laganda(ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol funksiyasini bajaradi) sintaktik kategoriya hisoblanadi28.
O‘zbek tilida oltita kelishikning grammatik shakli mavjud bo‘lib, so‘zning to‘rtta semantik ma’nosini ifodalaydi:
1.Nominativ (nomlash), bosh kelishik. Kitob (narsaning nomi)
2.Genetiv (butun-qism), qaratqich kelishigi. Kitobning varog‘i(butunning qismi )
3.Ob’yektiv (harakat ob’yekti), tushum kelishigi.Kitobni o‘qidi (o‘qish ob’yekti)
4.Lokativ (makon va zamon),jo‘n., o‘rin., chiqish kelishiklari.Toshkentga ketdi(yo‘nalish), Toshkentda yashaydi, (makon), Toshkentdan chiqdi(payt)
Kelishik nomi
|
Grammatik shakli
|
misoli
|
ma’nosi
|
Bosh kelishik
|
0 (“nol”)
|
Gullar ochildi
|
Sub’yektiv(harakat egasi)
|
Qaratqich kelishigi
|
-ning
|
Kitobning varog‘i
|
Genetiv(qarashlilik)
|
Tushum kelishigi
|
-ni
|
Kitobni o‘qidi
|
Ob’yektiv, boshqaruv
|
Jo‘nalish kelishigi
|
-ga
|
Ertalabka keldi
|
Lokativ, zamon
|
O‘rin kelishigi
|
-da
|
Kitobda yozilgan
|
Lokativ, makon
|
Chiqish kelishigi
|
-dan
|
Kitobdan ko‘chirdi
|
Lokativ, makon
|
Do'stlaringiz bilan baham: |