Alimova moxichexra muzafarovna sovet hokimiyati yillarida quyi zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot


Download 3.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/29
Sana03.12.2023
Hajmi3.38 Mb.
#1798680
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
1681810915659929daraja (1)

Tadqiqotning ob’ekti: 1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasidagi 
iqtisodiy-ijtimoiy hayot tadqiqotning ob’ektini tashkil etadi.
Tadqiqotning predmeti: 1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasida 
amalga oshirilgan iqtisodiy o‘zgarishlar va ularning qishloq xo‘jaligiga ko‘rsatgan 
ta’siri, “Hujum” kampaniyasi va qishloq xo‘jaligini majburiy jamoalashtirishning 
fojiali natijalari, xalqning ijtimoiy ahvoli, qatag‘onlik, ta’lim tizimi va sog‘liqni 
saqlash tizimidagi o‘zgarishlar tadqiqot predmetini tashkil etadi. 
Tadqiqotning usullari: Dissertatsiya ishida tarixiy xronologik, qiyosiy 
yondashuv, tahlil, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik kabi ilmiy tadqiqot 
usullaridan foydalanilgan. 
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Dunyoda global xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni 
anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyatga 
molik bo‘layotgan bugungi kunda mustabid tuzum tomonidan shafqatsizlarcha 
qatag‘onga 
duchor 
etilgan 
oddiy 
kasb 
egalari 
bo‘lgan 
minglab 
vatandoshlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayoti alohida Quyi Zarafshon vohasi 
misolida ochib berilgan; 
1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan iqtisodiy va 
ijtimoiy o‘zgarishlarni xalqning ijtimoiy qatlamlariga, hamda ularning turmush 
tarziga ta’sir etishi va keltirib chiqargan oqibatlari bugungi kun nuqtai nazaridan 
yangi yondashuv asosida, dalillarga tayangan holda o‘rganilgan; 
Quyi Zarafshon vohasida 1926-1927 va 1927-1932-yillarda ikki bosqichda 
amalga oshirilgan xotin-qizlarni ozodlikka chiqarishga qaratilgan “Hujum” 
kampaniyasi faqatgina sobiq sho‘ro hokimiyati va kompartiyaning tashabbusi 


10 
bilangina amalga oshirilmasdan, balki o‘zbek xotin-qizlarining ham asrlar osha 
orzusi bo‘lganligi, istak va xoxishlari ro‘yobga chiqganligi ilmiy asoslantirilgan; 
Quyi Zarafshon vohasida 1925-1941-yillarda ta’lim tizimi va sog‘liqni 
saqlash sohasidagi o‘zgarishlar, savodsizlikni, chalasavodlikni tugatilishi, milliy 
maktablarning tashkil etilib, zamonaviy ta’lim-tarbiyani amalga oshirish uchun 
qilingan sa’y-harakatlar, maktablar uchun o‘qituvchilarni tayyorlash, ularni 
moddiy-texnik hamda o‘quv jihozlari, darsliklar bilan ta’minlash masalalari, 
shuningdek, shahar va qishloqlarda vrachlik punktlari, kasalxonalar ochilishi va 
ambulatoriyalar, dorixonalar bilan ta’minlanishi, soha uchun zarur bo‘lgan tibbiyot 
kadrlarini tayyorlash ishlari arxiv va davriy matbuot materiallari asosida boshqa 
hududlar bilan taqqoslangan holda yoritilgan
Sovet hokimiyatining qatag‘onchilik siyosati yillarida Quyi Zarafshon 
vohasidagi ahvol yangi ma’lumotlarga tayanilgan holda xolislik va haqqoniylik 
mezonida tahlil etilib, ilmiy baho berilgan hamda 1920-yillarning oxiri-1930- 
yillarning boshida Quyi Zarafshon vohasida qishloq xo‘jaligini jamoalashtirishning 
ixtiyoriylikdan chekinib, majburiylik asosida amalga oshirish jarayoni natijasida 
olib borilgan “quloqlashtirish”ning oqibatlari, surgun qilish, nohaq qamoqqa olish, 
gunohsiz odamlarni otishga hukm qilishlar Quyi Zarafshon vohasi aholisining 
boshiga ham ko‘p fojialar va kulfatlarni olib kelganligi ko‘rsatib berilgan.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling