Alimova moxichexra muzafarovna sovet hokimiyati yillarida quyi zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi
Download 3.38 Mb. Pdf ko'rish
|
1681810915659929daraja (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
- “Quyi Zarafshon vohasida “Hujum” kampaniyasi va qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelgan ziddiyatlar”
- “1925-1932-yillarda Quyi Zarafshon
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi: Mazkur tadqiqot natijalari 6 ta,
jumladan, 3 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqotning mavzusi bo‘yicha jami 16 ta ilmiy ish, jumladan, O‘zbekiston respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya qilingan ilmiy nashrlarda 6 ta ilmiy maqola, 4 ta respublika va 2 ta xorijiy jurnallarda chop etilgan. Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, yetti paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, izohli lug‘at hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning tadqiqot qismi 138 betni tashkil etadi. DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI Dissertatsiyaning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanib, maqsad va vazifalari, ob’ekti va predmeti belgilab olingan. Tadqiqotning O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilib, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon etilgan. Tadqiqotda olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan holda ularning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalarining amaliyotga 13 joriy qilinishi, ishning aprobatsiyasi, e’lon qilingan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi, hajmi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning “Quyi Zarafshon vohasida “Hujum” kampaniyasi va qishloq xo‘jaligidagi o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelgan ziddiyatlar” deb nomlangan birinchi bobida “Hujum” kampaniyasining maqsadi va vazifalari hamda amalga oshirilishi, “Hujum”ning ijtimoiy-madaniy oqibatlari hamda qishloq xo‘jaligining isloh etilishi, sohadagi o‘zgarishlar tufayli yuzaga kelgan ziddiyatlar tarixiy izchillikda o‘rganilgan. Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan “Hujum” kampaniyasi sovet hokimiyati tomonidan qisqa muddatga rejalashtirilib, ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqich 1926-yilning sentabridan to 1927-yilning fevraligacha, ya’ni besh oy davom etib, ushbu vaqt tayyorgarlik davri bo‘lgan. Bu davrda “Hujum”ning vazifasi asosan bolsheviklar tomonidan tashkil etilgan ommaviy tashkilotlar- kommunistik yoshlar ittifoqi (komsomol), kasaba uyushmalari (profsoyuz), “Qo‘shchi ittifoqi”, turli xil ko‘rinishdagi kooperatsiyalarga xotin-qizlarni jalb qilish bilan bog‘liq edi 6 . O‘zbekiston (b) Kompartiyasi MQ tomonidan “Hujum” kampaniyasini amalga oshirish uchun 1926-yilning 18-dekabrida tashkil etilgan Hukumat komissiyasi aniq tadbirlarni ishlab chiqib, Farg‘ona, Toshkent va Samarqand viloyatlarida partiyaning barcha mahalliy a’zolarini “maishiy jihatdan qayta tarbiyalash” va u ayollarni jamoat ishiga jalb etishni muhim vazifa qilib belgiladi 7 . “Hujum”ning ikkinchi, asosiy bosqichi esa 1927-yilning mart oyidan 1932-yilgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Aynan mana shu davrda xotin- qizlarni ozod qilish jarayoni amaliy xususiyatga ega bo‘lib, u juda ham ziddiyatli kechgan edi. O‘zbekiston bo‘yicha 1927-yilning fevral-mart oylarida yuz mingga yaqin xotin-qizlar paranjisini maxsus tashkil etilgan tadbirlarda yoqib yuborishgan 8 . “Hujum” kampaniyasini amalga oshirish davridagi ijtimoiy vaziyat, milliy- ma’naviy dunyoqarash, oiladagi hamda kishilar ongiga singib qolgan diniy tasavvurlar bilan harakatning maqsadi o‘rtasidagi qarama-qarshilik va katta ziddiyatni keltirib chiqardi. Xotin-qizlarning ozodlikka chiqarilishi ijtimoiy sohaning bir necha tarmoqlarini o‘z ichiga qamrab olgan. Masalan, 1924-1925- o‘quv yilidan 1927-yilgacha xotin-qizlar maktablari soni 5,3 foizdan 8,9 foizgacha ko‘paygan edi. Ammo savodsizlikni tugatish sohasidagi faoliyatda ayollarning o‘rni va roli nisbatan past darajada edi. Xotin-qizlarni ozodlikka chiqishi bilan O‘zSSRda 2405 nafar o‘quvchi savodsizlikni tugatish kurslari bilan qamrab olingan edi. Yana bir dalil, 1930-yildagi paxta terish mavsumida 2197 nafar xotin- qizlar brigadasi faol ishtirok etib, ularga 41658 nafar xotin-qizlar birlashgandi 9 . Ishlab chiqarish sohasida, ko‘pincha tashkil etilgan hunarmandchilik artellarida ham xotin-qizlar mehnat qilishgandi. Masalan, 1938-yilda Buxoro viloyatidagi to‘qimachilik-tikuvchilik fabrikasiga qarashli “Uchqun” nomli 6 Ислам и женщина Востока. Т.: Фан, 1990. - С. 83-84. 7 Зайченко Ж. Классовая борьба в Узбекском кишлаке (1925-1929). Т.: Узбекистан.-1989.- С. 92. 8 Зайченко Ж. Классовая борьба в Узбекском кишлаке (1925-1929). Т.: Узбекистан.-1989. - С. 92. 9 Женский труд на сборе хлопка. // Правда Востока, 8 марта 1932 года. 14 artelning o‘zida 84 nafar xotin-qizlar mehnat qilishgan 10 . Buxoro shahridagi “Kuybishev” nomli artelning savodsiz ayollaridan o‘n nafar, chalasavodlardan yetti nafar ayollar o‘qishga jalb etilgandi 11 . Eski Buxoroda Mesheryakova boshchiligida xotin-qizlar armiyasi tashkil etilib, shtab ishida vobkentlik Jaxongirova, peshko‘lik Abdullayeva, qorako‘llik Shamsutdinova, Eski buxorolik Tojiddinova, karmanalik Nazarovalar xotin-qizlar ozodligi uchun katta ishni amalga oshirganlar 12 . Xotin- qizlarga nisbatan sovet hokimiyati qo‘llagan zo‘ravonlik, foiz izidan quvish usullari tufayli ikki yarim ming nafar xotin-qizlar o‘ldirildi 13 . Xullas, “Hujum” kampaniyasi O‘zbekiston hududidagi bir xil jarayonlar bilan birga, Quyi Zarafshon vohasida o‘ziga xos jihatlari bilan ham namoyon bo‘ldi. Vohada o‘tkazilgan tadbirlarda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasidagi sustkashliklar, partiya va hukumat a’zolarining qat’iyatsizligi xotin-qizlar ozodligi harakatida o‘zining yanada ko‘proq fojiali izlarini qoldirdi. O‘zbekistonda 1920-yillarning oxirida xotin-qizlar ozodligi masalasida bir qator yutuqlarga ham erishildi, qishloq xo‘jaligida, kolxoz va sovxoz tizimida ayollarning mavqeyi ortib bordi. 1930-yillar boshida xotin-qizlardan kadrlar tayyorlash juda katta ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘ldi. “Hujum” kampaniyasining ikkinchi bosqichida Quyi Zarafshon vohasining bir qator hududlarida xotin- qizlardan chiqqan kadrlarga nisbatan jamiyatning ayrim qatlami o‘rtasida keskin o‘zgarish ro‘y berdi. “Emansipatsiya”, ya’ni “teng huquqlilik”ka erishish yo‘lidagi izchil harakatning “meva”si sifatida 1939-yilga kelib Quyi Zarafshon vohasida ham xotin-qizlar erkaklar bajaradigan ish turlarining 50 foizini “egallab” olgandi. Masalan, Quyi Zarafshon vohasida ham qishloq xo‘jaligidagi ishchi kuchining 80 foizini xotin-qizlar tashkil etgan edi 14 . Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi “Qizil Oktabr” kolxozining zveno boshlig‘i Po‘latoy Berdiyeva Butun Ittifoq qishloq xo‘jalik ko‘rgazmasida “Katta oltin medal” bilan taqdirlangan 15 . 1940-yilga kelib, ayollardan yetishib chiqqan ishchi va xizmatchilarning umumiy soni 232 ming nafarga yetganligining o‘zi ham katta muvaffaqiyat sifatida e’tirof etilgan 16 . Yuz bergan ziddiyatlar va jiddiy xatolarga qaramasdan “Hujum” o‘zbek ayolining ozodlikka chiqishida muhim tarixiy bosqich bo‘ldi. Agrar inqilobning strategiyasi va taktikasi O‘zkompartiyaning ikkinchi qurultoyida tasdiqlanib, unga muvofiq 1925-1929-yillarda O‘zSSRda yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi o‘tkazilgandi. Ikkinchi bosqich 1927-yilda Quyi Zarafshon (Buxoro va O‘rta Zarafshon okruglari)da o‘tkazildi. Qabul qilingan dekretlar asosida belgilanganidan ortiqcha yerlar, ish hayvonlari va mehnat qurollari egalaridan tortib olinib, davlat jamg‘armasiga o‘tkazilgan. Eng yomoni shundaki, davlat jamg‘armasiga kiritilgan 301500 desyatina yerning bor-yo‘g‘i 10 10 Buxoro viloyati davlat arxivi, 151-fond, 1-ro‘yxat, 4-yig‘ma jild, 2,3-varaqlar. 11 Buxoro viloyati davlat arxivi, 151-fond, 68-ro‘yxat, 13-yig‘ma jild, 16-varaq. 12 Buxoro haqiqati, 1968-yil 5-yanvar. 13 Правда Востока, 15 января 1940 года.; Qizil O‘zbekiston, 1930-yil 3-fevral. 14 Ризель Ф. Женщина националка в борьбе за хлопкоуборочную. // Революции и национальности.-1932.-№ 9.- С.31. 15 Орденли Бердиева звеноси. // Buxoro haqiqati, 1940-yil 10-iyul. 16 Женщины в СССР. 1985 г. Статистические материалы. ЦСУ СССР. – М.: Статиздат, 1985. – С 8. 15 foizigina kambag‘al dehqonlarga bo‘lib berilgan edi 17 . Eng ko‘p qoldiriladigan yer maydoni va eng kam taqsimlanadigan yer maydoni ham Zarafshon viloyatida bo‘lgan 18 . 1926-yil 16-dekabrda O‘zSSR MIQ va O‘zSSR XKSning “Zarafshon viloyatida yer-suv islohoti to‘g‘risida”gi dekreti qabul qilindi 19 . 1926-1927- yillardagi yer-suv islohotidan keyin Buxoro viloyati bo‘yicha 2400 gektar ortiqcha yerlar davlat hisobiga tortib olingan 20 . Qadimdan sug‘orib kelinadigan yerlar Farg‘ona, Toshkent, Zarafshon va Xorazm vohalarida to‘plangan bo‘lib, kambag‘al, yersiz va badavlat ijtimoiy qatlamlar orasida olib borilgan, atayin kuchaytirilgan tashviqot sinfiy qarama-qarshilikni kuchayib ketishiga olib kelgan. Sovet hokimiyati organlari dehqonlarning kambag‘al qatlamlarini qishloqning badavlat guruhlariga qarshi qo‘yish yo‘li bilan barchani tenglashtirish kayfiyatiga ta’sir etib, sinfiy nafratni avj oldirishga urindilar hamda sinfiy to‘qnashuvni keltirib chiqardilar. O‘rtahol dehqon ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini amalga oshirishda markaziy figura deb e’lon qilindi 21 . Zarafshon okrugi ijroiya komitetining qarori bilan “Dehqonlarga o‘zaro yordam ko‘rsatish jamiyati” tashkil etildi 22 . Quyi Zarafshon vohasida ham 1926-1932-yillarda ikki bosqichda amalga oshirilgan “Hujum” kampaniyasi o‘zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqishida muhim rol o‘ynadi. Quyi Zarafshon vohasida 1925-1932-yillarda amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, bir tomondan qishloqlardagi ijtimoiy ahvolni birmuncha yaxshilasa, ikkinchi tomondan milliy qadriyatlar va an’analarning buzilishini ham boshlab bergan edi. Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “1925-1932-yillarda Quyi Zarafshon Download 3.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling