Alimova moxichexra muzafarovna sovet hokimiyati yillarida quyi zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot
“1925-1941-yillarda ijtimoiy jarayonlarning tarixiy tahlili, yutuqlar va
Download 3.38 Mb. Pdf ko'rish
|
1681810915659929daraja (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- takliflar va tavsiyalar
“1925-1941-yillarda ijtimoiy jarayonlarning tarixiy tahlili, yutuqlar va
foydalanilmagan imkoniyatlar” deb nomlangan uchinchi bobda ta’lim va 40 Shamsutdinov R. O‘zbekiston dehqonlarining Shimoliy Kavkazga surgun qilinishi. O‘zbekiston tarixi jurnali, 2003. - №- 1, - B. 55-60. 41 Qizil O‘zbekiston, 1932-yil 1-noyabr. 42 Qizil O‘zbekiston, 1934-yil 23-noyabr. 43 Buxoro viloyati davlat arxivi, 324-fond, 1-ro‘yxat, 290-yig‘ma jild, 46-varaq. 44 Buxoro viloyati davlat arxivi, 151 – fond, 1-ro‘yxat, 116 yig‘ma jild, 11 – varaq. 45 Buxoro viloyati davlat arxivi, 151 – fond, 1-ro‘yhat, 116 yig‘ma jild, 25-30 varaqlar. 46 O‘zbekiston Milliy arxivi, R – 95-fond, 9-ro‘yxat, 215- yig‘ma jild, 35- varaq. 47 O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. 2-kitob, T.: Sharq, 2000. - B. 356. 48 Аминова Р.Х. Возвращаясь к истории коллективизации в Узбекистане (1929-1932). Т.: Фан, 1977.- С. 49. 19 sog‘likni saqlash tizimining ahvoli, yechim va muammolar, sovet jamiyatining zo‘ravonlik siyosati yillarida Quyi Zarafshon vohasi o‘rganilgan. 1925-1941- yillarda Quyi Zarafshon vohasida ijtimoiy jarayonlar ham murakkab, spiralsimon, to‘lqinsimon tarzda kechdi. Eng avvalo sovet ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, maktablar ochish va ta’lim-tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yish ishlari, birinchi va ikkinchi bosqichli maktablar tashkil etish orqali amalga oshirildi. Jumladan, Quyi Zarafshon okrugida 1925-yilda 2 ta ikkinchi bosqich maktabi va qizlar uchun 3 ta birinchi bosqich maktabi faoliyat yuritardi. Shofirkon tuman Bog‘iafzal qishloq sovetidagi “Regi shoyi” qishlog‘ida Karomat Omonov 1926-yilda birinchi boshlang‘ich maktabni ochgan 49 . 1924/1925-o‘quv yilida respublika qishloqlarida 640 ta maktab faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1925/1926-o‘quv yilida 1052 ta maktabda darslar olib borilgan 50 . 1925/1926-o‘quv yilidan maktablarda dars berish uchun o‘qituvchilar tayyorlanadigan 500 kishilik pedagogik kurslar Toshkent va Samarqandda ochildi 51 . Zarafshon viloyatida 164 ta maktab, 7209 nafar o‘quvchi bo‘lib, tahsil olgan o‘quvchilar soni 1925/1926-o‘quv yilida 1924/1925-o‘quv yiliga nisbatan 4114 nafar o‘quvchiga ko‘paygan edi 52 . 1929/1930-o‘quv yili uchun rayon byudjetlari xalq ta’limi uchun Zarafshon okrugi bo‘yicha 431961 so‘mni tashkil etgan 53 . O‘zbekistonda xalq ta’limidagi keskin burilishlar amalga oshirilishi O‘z SSR XKSning 1930-yilning 23-avgustida “O‘zbekiston SSRda boshlang‘ich umumiy- majburiy ta’limga o‘tish to‘g‘risida”gi qarorning qabul qilinishi bilan bog‘liq edi 54 . Keng miqyosda bolalarni maktablarga jalb etish uchun maktablarga moslashtirilgan binolar yo‘q edi, hatto mavjud binolarni tuzatish, ta’mirlash uchun ham vositalar yetishmasdi 55 . Savodsizlikni tugatish bilan bog‘liq jarayonlar Quyi Zarafshon vohasining hamma hududida ham bir xil yondashuv asosida amalga oshirilmagan, tashkiliy-moliyaviy yetishmovchiliklar uchrab turgan. 1930-yilda xalq ta’limi xodimlarining ish haqi oshirilgan 56 . Shahrisabz, Kitob, Konimex, Shofirkon, Jarqo‘rg‘on kabi shahar va rayonlarda maktab binolari va jihozlarining yo‘qligi natijasida o‘quvchilar ikki smenada yerda o‘tirib o‘qitilgan, sinfxonalari to‘shalmagan. 1930-yillarda savodsizlikni va chalasavodlikni tugatish uchun kurslar tashkil etilgan. Masalan, 1937-yilda Buxoro shahridagi “Uchqun” nomli artel jamoasining yosh ishchilar kursida 36 nafar savodsizni va 15 nafar chalasavodni savodli qilishdi 57 . Quyi Zarafshon vohasidagi rayonlarda ta’lim- tarbiya ishlari zamon talablari darajasiga yaqinlashib, Buxoro shahridagi bir qator maktablardagi o‘quvchilar ta’lim talablarini bajarishga harakat qilayotgan edilar. Shahardagi Kuybishev nomli o‘n yillik maktabda a’lochilar soni ko‘paygan edi 58 . 49 Muallifning Jo‘raev Xudoyqul Mullajonovich bilan muloqoti 2022-yil 22-mayda yozib olindi. 50 Карыниязов Т.Н. Очерки истории культуры Советского Узбекистана. М.: АН СССР. -1955. - С. 157. 51 Правда Востока, 21 января 1931 года. 52 Buxoro viloyat davlat arxivi, 28-fond, 1-ro‘yxat, 193-yig‘ma jild, 309- varaq. 53 O‘zbekiston Milliy arxivi, R-837-fond, 15-ro‘yxat, 214-yig‘ma jild, 13-varaq. 54 Карыниязов Т.Н. Очерки истории культуры Советского Узбекистана. М.: АН СССР. -1955. - С. 157. 55 Правда Востока, 21 января 1931 года. 56 O‘zbekiston Milliy arxivi, R-837 –fond, 8-ro‘yxat, 88- yig‘ma jild, 87-varaq. 57 Buxoro viloyat davlat arxivi, 151-fond, 1-ro‘yxat, 4-yig‘ma jild, 2,3- varaq. 58 A’lochilar ko’paymoqda // Buxoro proletari, 1938-yil 6-aprel. 20 1935/1936-o‘quv yilida Buxoro shahrida 13 ta maktab, 112 ta sinf, 4225 nafar o‘quvchi bo‘lsa, 1940/1941-o‘quv yiliga kelib maktablar soni 16 taga yetib, bulardan 14 tasi o‘rta va to‘liqsiz o‘rta maktablar edi 59 . Buxoro shahrida 1938- yilda hali 4227 nafar savodsiz va chalasavod bo‘lib, shundan 1318 nafari maktabga tortilmagan edi 60 . Quyi Zarafshon vohasidagi shahar va rayonlarda ham maktab ta’limi, o‘rta maxsus bilim yurtlari, institutda ta’lim-tarbiya jarayonida zamon talabi asosida ancha o‘zgarishlar, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari ham ma’lum darajada rivojlangan bo‘lib, savodxonlik darajasi ko‘tarilgan edi. 1930-1940- yillarda Buxoro pedagogika instituti Buxoro viloyati bo‘yicha 800 kishilik o‘qituvchilar armiyasini yetkazib berdi 61 . Aholi salomatligini muhofaza qilish har bir tarixiy davrda ijtimoiy siyosatning eng muhim bo‘g‘ini ekanligi isbot talab etmaydi. Ammo 1930-yillarda O‘zbekistonda, jumladan Quyi Zarafshon vohasida ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat sharoitida tibbiy xizmat ko‘rsatish ishini yo‘lga qo‘yish moddiy-texnik baza yaratish, mutaxassis kadrlar (vrachlar va hamshiralar) tayyorlash uchun o‘rta-maxsus va maxsus oliy maktablarni tashkil etish, davolash muassasalarini bunyod etishga salmoqli mablag‘ zarur bo‘lgan edi. Dastlabki ambulatoriya va birinchi feldsherlik punkti 1920-1921-yilda tashkil etilib, 1924- yilda BXSR da 4 ta shifoxona va 13 ta ambulatoriya tibbiy xizmat ko‘rsatar edi 62 . O‘zbekiston respublikasida sog‘liqni saqlash tizimida hammasi bo‘lib 581 nafar erkaklar va 393 nafar ayollar tibbiy xizmat ko‘rsatar edi 63 . 1925-1926-yildan 1926- 1927-yilgacha Zarafshon viloyati bo‘yicha sog‘liqni saqlash muassasalari tarmog‘i Buxoro shahar bo‘limi, Buxoro sog‘liqni saqlash bo‘limi va viloyat kasalxonasidan iborat bo‘lib, 150 ta koyka, 98 nafar tibbiyot personali, 2 nafar akusher, 4 nafar feldsher faoliyat yuritar edi 64 . Tibbiyot o‘quv yurtlarida mahalliy aholi vakillari juda kamchilikni tashkil etgan. Masalan, 1926-1927-yilda tibbiyot fakultetini tugatgan 85 nafar talabaning 10 foizini mahalliy xodimlar tashkil etardi. Shu yillarda aholining yuqumli kasalliklarga chalinishi, bu kasalliklarning tarqalish sur’atlari juda yuqori edi. Ayniqsa, Toshkent, Buxoro va Zarafshon okruglarida tif, bezgak kasalliklari ommaviy tus olgan edi. Buxoro vohasidagi sug‘orish tizimini yaxshilash va bezgak kasali manbasini yo‘qotish maqsadida 1934-yilda VKP(b) MKning “Shoxrud sug‘orish tizimini tubdan qayta qurish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, bezgak kasali uchun chashma vazifasini ado etuvchi botqoqliklar yo‘q qilindi 65 . 1929-1930-yil uchun Zarafshon okrugi (viloyat) bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilgan byudjet mablag‘i 342580 so‘mni tashkil etgan 66 . Zarafshon oblasti bo‘yicha jami vrachlar soni 73 nafarni tashkil etib, shu jumladan 59 Roza I. Shaharning ilg’or maktablarida. // Buxoro haqiqati, 1940-yil 27-avgust. 60 Maktablarda rus tilini o’qitisni keskin ravishda yaxshilaylik. // Buxoro haqiqati, 1938-yil 20-aprel. 61 КПСС во главе культурной революции в СССР. М.: Политиздат -1972. -С. 369. 62 Karomov G‘.H. Turkiston ASSR BXSR va XXSR da sog‘liqni saqlash sohasini yo‘lga qo‘yilishi. Tarix fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertaцiya avtoreferati. B. 2020. - B. 20. 63 O‘zbekiston Milliy arxivi, R-837-fond, 15-ro‘yxat, 214-yig‘ma jild, 13-varaq. 64 O‘zbekiston Milliy arxivi, R-86-fond, 1-ro‘yxat, 3097-yig‘ma jild, 265-varaq. 65 Buxoro viloyati davlat arxivi, 324- fond, 1-ro‘yhat, 265-yig‘ma jild, 1-varaq. 66 O‘zbekiston Milliy arxivi, R-837-fond, 15-ro‘yhat, 214- yig‘ma jild, 13-varaq. 21 tish doktorlari -18 nafar, akusherlar-10 nafar, feldsherlar - 15 nafar, tibbiy hamshiralar – 30 nafarni tashkil etgan. Zarafshon oblasti bo‘yicha tibbiyot tizimida faoliyat ko‘rsatuvchilar 174 nafarni tashkil etardi 67 . 1930-yillarda joylarda keng tarqalgan turli xil kasalliklarning oldini olish uchun sug‘urtalangan tibbiy yordam ko‘rsatish jamg‘armalari tashkil etilgan 68 . 1930-yillarda sog‘liqni saqlash sohasida muayyan o‘zgarishlar amalga oshirilgan, tibbiyot muassasalari tarmog‘i bir muncha kengaytirildi, vrach kadrlarni qo‘nimsizligiga barham berildi, kasalxonalarning moddiy ta’minoti masalasi nisbatan hal etildi, shahar va qishloq aholisi o‘rtasida sanitariya sohasini bir muncha yuksaltirishga harakat qilindi, sanitariya komissiyalari tashkil etildi, shuningdek, dori-darmon yetkazib berishda, tez tibbiy yordam ko‘rsatishda muayyan yutuqlarga erishildi. Zarafshon oblasti bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatilgan bemorlarning umumiy miqdori bir oyda o‘n ming kishini tashkil etgan. Umuman olganda, sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud keskinlikni to‘la bartaraf etilishiga muvaffaq bo‘linmadi. Sovet jamiyatining zo‘ravonlik siyosati yillarida Quyi Zarafshon vohasida ham o‘ylab chiqarilgan soxhta ayblovlar bo‘yicha minglab insonlar jazolandi. 1937-1938-yillardagi zo‘ravonlik siyosati oqibatida Buxoro viloyatining shahar va qishloqlarida ko‘plab begunoh kishilar qurbon bo‘ldilar. Buxoro okrugi operativ sektori bo‘yicha 1937-1938-yilda qatag‘on qilinganlarning umumiy soni 876 nafarni tashkil etib, shundan Buxoro shahridan 126 nafar, Buxoro tumanidan 12 nafar, Vobkent tumanidan 91 nafar, Sverdlov (Jondor) tumanidan 20 nafar, Kogon tumanidan 99 nafar, Romitan tumanidan 45 nafar, Bauman (Shofirkon) tumanidan 106 nafar, Qorako‘l tumanidan 64 nafar, G‘ijduvon tumanidan 150 nafar. Qayd etilganlardan 395 nafari otishga, 416 nafari 10 yillik qamoq jazosiga, 12 nafari esa 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan 69 . Prezident Sh.M.Mirziyoyev qatag‘onlar haqida shunday fikr bildirgan edi: “Katta salohiyatga ega yetakchilar, olimlar, adiblar, shifokorlar, o‘qituvchilar qatag‘on qilingan. Ular xalqimizning eng sara vakillari edi. Mustabid tuzumga millat ko‘zini ochadigan, unga o‘zligini tanitadigan ziyoli insonlar kerak emas edi. Ularning aybi, buyuk bo‘lgani” 70 . O‘ylab chiqarilgan soxta ayblovlar bo‘yicha O‘zbekistonda 1937-1939-yillarda 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olinib, bulardan 37 mingdan ortiq kishi jazolanib, 6320 kishi otib tashlangan 71 . Quyi Zarafshon vohasida ham 1925-1926-yillardan boshlab dastlabki savodsizlikni tugatish maktablari, chala savodlikni tugatish va savod chiqarish kurslari tashkil etilgan. 1930-yildan boshlab umumiy majburiy ta’limga o‘tilgan. 1925-1930-yillarda Quyi Zarafshon vohasida ham dastlabki tibbiyot maskanlarini tashkil etish boshlanib, 1930-yillarda sil va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari 67 Buxoro viloyati davlat arxivi, 28-fond, 1-ro‘yxat, 193-yig‘ma jild, 111,311- varaqlar. 68 O‘zbekiston Milliy arxivi, R-837-fond, 9-ro‘yxat, 712-yig‘ma jild, 16,17,18-varaqlar. 69 Qatag‘on qurbonlari. Xotira (Buxoro viloyati). Tuzuvchilar: R.Shamsutdinov, E.Dusmatov, X.Qurbonov. Buxoro, 2009. - B.20. 70 Yangi O‘zbekiston, 2021-yil 1-sentyabr. - № 176.- B.5. 71 Правда Востока, 15 сентября, 1991 года. 22 tashkil etilgan hamda Zarafshon viloyatida 174 nafar tibbiyot xodimlari faoliyat ko‘rsatgan. 1937-1938-yillardagi “katta qirg‘in” davrida Buxoro viloyatidan 1157 kishi aybsiz qatag‘on qilingan. XULOSA 1. 1926-1927-yillar va 1927-1932-yillarda ikki bosqichda Quyi Zarafshon vohasida (boshqa hududlar kabi) amalga oshirilgan “Hujum” kampaniyasi yuz bergan ziddiyatlar va xatolarga qaramasdan o‘zbek xotin-qizlarining ozodlikka chiqishida muhim tarixiy ahamiyatga molik bo‘ldi. “Hujum”ning asosiy maqsadi paranji tashlashdan iborat bo‘lmagan, balki xotin-qizlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etishga qaratilgan bo‘lib, pirovard natijada ular mehnat qilishda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lgan. 2. O‘zbekistonda amalga oshirilgan (1925-1929) yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Zarafshon, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo okruglarida uch bosqichda bo‘lib o‘tgan. Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi 1927-yilda Zarafshon viloyati (Buxoro va O‘rta Zarafshon okruglari)da o‘tkazilib, xo‘jaliklarning umumiy soniga nisbatan 3,4 foizni tashkil etgan boy-quloqlarning mol-mulki musodara etilgan. O‘zbekiston SSR hukumatining 1926-yil 16-dekabrdagi “Zarafshon viloyatida yer-suv islohoti to‘g‘risida”gi dekretiga asosan yer egalaridan 35 desyatinadan ortiqcha foydalaniladigan yerlar tortib olinib, zaxira yerlar davlat yer fondiga topshirilgan. “Sinfiy tabaqalanishga yordam berish” deb atalgan shior bilan sovet hokimiyati qishloqdagi o‘rta qatlam (o‘rta hol dehqon) ga tayangan holda, kambag‘al dehqonlar tabaqasi qo‘li bilan sovet hokimiyatiga qarshi bo‘lgan boylar tabaqasini yo‘qotishga harakat qilgan. 3. 1925-1929-yillarda amalga oshirilgan “agrar inqilob” munosabati bilan dastlabki jamoa xo‘jaliklari Zarafshon vohasida ham tashkil etila boshlangan. Bunday xo‘jaliklar jamoasi qishloq xo‘jalik arteli, kommuna, yerni birgalikda ishlash hamjamiyati (TOZ), matlubot kooperatsiyasi degan nomlar bilan atalib, 1928-yilda tashkil etilgan artellar soni 60 dan ortiq bo‘lgan. Zarafshon vohasida amalga oshirilgan yer-suv islohoti yoki “agrar inqilob” natijasida vohadagi qishloqlarning yaxlit iqtisodiy-ijtimoiy tuzilishiga ikki tomonlama, ham ijobiy, ham salbiy o‘zgarishlar kiritilgan; natijada o‘rtahol dehqonning xo‘jalik samaradorligi ko‘tarildi; sinfiy-mafkuraviy yondashuv siyosati islohotning imkoniyatidan keng foydalanishga yo‘l qo‘ymadi. O‘zbekiston SSRdagi boshqa hududlar (Farg‘ona, Toshkent va Samarqand)ga qaraganda Zarafshon okrugida islohot jarayonida nisbatan ko‘proq yerlar musodara qilinib, ortiqcha yerlar tortib olindi. Zarafshon vohasida yer-suv islohoti tugashi (1928-1929) bilan “quloq”larga va boylarga nisbatan “kurash” boshlanib, bu jarayon yoppasiga jamoalashtirish siyosati avj olishi bilan yanada kuchaygan. Yoppasiga jamoalashtirish siyosati boylar va “quloq”larning sovet hokimiyatiga qarshi qurolli chiqishiga ham turtki bo‘lgan. 4. 1929-1931-yillarda sovetlar o‘z hokimiyatini saqlab qolish va uni himoya qilish maqsadida ma’muriy-buyruqbozlikni kuchaytirib, ochiqdan-ochiq kuch 23 ishlatishga o‘tdi, turli xil kuch ishlatish organlarining bosimi kuchaydi, joylarda esa sud funksiyasiga ega bo‘lgan “uchlik”lar faoliyati kuchaytirildi, boy- quloqlarning mol-mulkini musodara qilishdan surgun qilishgacha bo‘lgan vakolat mahalliy ma’muriy boshqaruv organlari ixtiyoriga o‘tkazildi. 1930-yillarda ham Quyi Zarafshon vohasida sobiq amir amaldorlari va ularniing yaqinlarini kolxoz, kooperativ va boshqa sovet tashkilotlaridan chiqarish yoki jazoga tortish ishlari davom etgan. Qishloqlardagi kolxozlarga qarshi, kolxoz mulkini o‘g‘irlash, talon- toroj qilish, turli xil zararkunandachilik qilish holatlari hatto 1930-yillarning oxirigacha ham davom etib kelgan. 5. Yoppasiga jamoalashtirishga rahbarlik qilish uchun respublika va viloyat shtablari tashkil etilib, hamma yerda ommaviy axborot vositalari va jamoat tashkilotlari to‘liq harakatga keltirilgan, 1929-yilning noyabridagi kompartiya qarori bilan “Markaz” (Rossiya viloyat va shaharlari) dan 25 ming ishchi, agrar inqilobni avj oldirishga ko‘maklashish uchun yuborilgan. Ammo ularning amaliy faoliyati Quyi Zarafshon vohasidagi sharoitda kutilgan natijani yuzaga keltira olmagan. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnatni to‘g‘ri va unumli tashkil etish maqsadiida 1931-yilda ikkita jarayon amalga oshirilgan: kichik kolxozlar birlashtirilib, yirik kolxozlarga aylantirilgan; kolxozchi erkak va xotin-qizlarning mehnat qilishini ixtisoslashtirish uchun brigadalar tizimi tashkil etilgan. Quyi Zarafshon vohasida ham qishloq xo‘jaligini jamoalashtirishning jadallashtirilishi, uni tashkil etishdagi majburiylik tamoyiliga o‘tilishi va ma’muriy buyruqbozlik tizimi bosimining kuchayib borishi oqibatida (1930-1931-yillarda) vohaning ko‘pgina joylari (Buxoro okrugi)da tashkil topgan kolxozlardan chiqib ketish, shuningdek, kolxozlarning tarqalib ketishi kabi holatlar avj olgan. 1931-1932- yillarda Quyi Zarafshon vohasidagi ko‘pgina tuman va qishloqlardan “quloq” sifatida jazoga tortilganlar begona sovuq o‘lkalardagi qamoq va surgunlarda bevaqt vafot etishgan, ularning oz qismigina o‘z yurtiga qaytib kelgan. 1932-1934-yillarda Quyi Zarafshon vohasi (Buxoro okrugi) da kolxoz tuzumiga qarshilik ko‘rsatish, kolxozning mol-mulkiga zarar yetkazishlar kuchayib ketgan, davlatga topshiriladigan paxta, urug‘lik chigit, ish hayvonlari atayin yo‘qotilgan. 6. 1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasidagi shahar, tuman va qishloqlarda mavjud bo‘lgan ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergan. Dastlabki davrda joylarda savodsizlikni tugatish maktablari, savodsizlikni bitirish punkti tarmoqlari (odatda ular boshlang‘ich maktablarda tashkil etilgan), kattalar uchun savod chiqarish kurslari kabilar tashkil etilgan. 1930-yildan boshlab respublikada umumiy majburiy ta’limga o‘tilgan. Tashkil etilgan maktablarda o‘zlashtirish darajasi past bo‘lgan, maktab yoshidagi bolalar o‘qishga to‘liq jalb etilmagan, maktablar uchun binolar yetishmagan, pedagog xodimlar tayorlash, darsliklar va o‘quv jihozlari ta’minoti qoniqarsiz darajada bo‘lgan. 7. 1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasida sog‘liqni saqlash tizimida dastlabki davrda moddiy-texnik bazani yaratish, tibbiy xizmat ko‘rsatishni tizimli yo‘lga qo‘yish, bu borada mutaxassis xodimlar masalasini hal qilish, kasalxona, ambulatoriya va poliklinikalar qurish vazifasi kun tartibiga dolzarb qilib qo‘yilgan. 1927-yilda Zarafshon viloyati sog‘liqni saqlash tizimi tarmog‘ida davolash o‘rni 265 koykani tashkil etgan. Quyi Zarafshon vohasidagi shahar va qishloqlarda 24 dorixonalarga dori-darmon yetkazib berishda, tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda muayyan yutuqlarga erishilgan. Viloyat bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatish miqdori bir oyda o‘n ming kishini tashkil etgan. Ammo qishloq joylarida tibbiy xizmat ko‘rsatish hali nochor ahvolda bo‘lgan, kadrlar tanqisligi sezilgan va kasalxonalar kam bo‘lgan. 8. 1937-1938-yillardagi “katta qirg‘in” oqibatida Buxoro viloyatining shahar va qishloqlaridan ham ko‘plab begunoh bo‘lgan kishilar qatag‘onga tortilganlar va bevaqt qurbon bo‘lganlar. 1937-yil 10-avgustdan 1938-yilning mart oyigacha o‘tkazilgan “katta qirg‘in” natijasida qatag‘on qilinganlarning umumiy soni 876 kishini tashkil etgan. Hukm qilinganlarning barchasi aybdorligiga ishonish juda qiyin. Chunki qo‘yilgan ayblar o‘ta soxta va uydirmalardan iboratligi haqiqatga yaqinroqdir. Dissertatsiyada bir qator vatandoshlar, shuningdek, rahbar xodimlar va oddiy odamlar o‘rtasida ham qatag‘onlar amalga oshirilgani haqida birlamchi, hozirgacha ilmiy muomalaga kiritilmagan manbalar orqali ma’lumot berildi. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib quyidagi takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi: 1. 1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasining iqtisodiy va ijtimoiy hayotiga oid fundamental monografiya tadqiqoti yaratish; 2. Sovet hokimiyati yillari (1925-1941)da Quyi Zarafshon vohasidagi amalga oshirilgan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarga tegishli dissertatsiya materiallaridan ko‘p tomlik O‘zbekiston tarixining sovet davrini yaratishda foydalanish; 3. Quyi Zarafshon vohasi tumanlarida qatag‘on qurbonlari bo‘lgan shaxslarning ismi sharifi, tarixiy taqdirlarini ochib beruvchi aloxida kitoblar chop etish va ular haqida telefilmlar yaratish; 4. 1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasidagi tarixiy jarayonlar materiallarining elektron saytini yaratish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling