Alimova moxichexra muzafarovna sovet hokimiyati yillarida quyi zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot
Download 3.38 Mb. Pdf ko'rish
|
1681810915659929daraja (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning usullari
Tadqiqotning ob’ekti: 1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasidagi
iqtisodiy-ijtimoiy hayot tadqiqotning ob’ektini tashkil etadi. Tadqiqotning predmeti: 1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan iqtisodiy o‘zgarishlar va ularning qishloq xo‘jaligiga ko‘rsatgan ta’siri, “Hujum” kampaniyasi va qishloq xo‘jaligini majburiy jamoalashtirishning fojiali natijalari, xalqning ijtimoiy ahvoli, qatag‘onlik, ta’lim tizimi va sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishlar tadqiqot predmetini tashkil etadi. Tadqiqotning usullari: Dissertatsiya ishida tarixiy xronologik, qiyosiy yondashuv, tahlil, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: Dunyoda global xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyatga molik bo‘layotgan bugungi kunda mustabid tuzum tomonidan shafqatsizlarcha qatag‘onga duchor etilgan oddiy kasb egalari bo‘lgan minglab vatandoshlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayoti alohida Quyi Zarafshon vohasi misolida ochib berilgan; 1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni xalqning ijtimoiy qatlamlariga, hamda ularning turmush tarziga ta’sir etishi va keltirib chiqargan oqibatlari bugungi kun nuqtai nazaridan yangi yondashuv asosida, dalillarga tayangan holda o‘rganilgan; Quyi Zarafshon vohasida 1926-1927 va 1927-1932-yillarda ikki bosqichda amalga oshirilgan xotin-qizlarni ozodlikka chiqarishga qaratilgan “Hujum” kampaniyasi faqatgina sobiq sho‘ro hokimiyati va kompartiyaning tashabbusi 10 bilangina amalga oshirilmasdan, balki o‘zbek xotin-qizlarining ham asrlar osha orzusi bo‘lganligi, istak va xoxishlari ro‘yobga chiqganligi ilmiy asoslantirilgan; Quyi Zarafshon vohasida 1925-1941-yillarda ta’lim tizimi va sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zgarishlar, savodsizlikni, chalasavodlikni tugatilishi, milliy maktablarning tashkil etilib, zamonaviy ta’lim-tarbiyani amalga oshirish uchun qilingan sa’y-harakatlar, maktablar uchun o‘qituvchilarni tayyorlash, ularni moddiy-texnik hamda o‘quv jihozlari, darsliklar bilan ta’minlash masalalari, shuningdek, shahar va qishloqlarda vrachlik punktlari, kasalxonalar ochilishi va ambulatoriyalar, dorixonalar bilan ta’minlanishi, soha uchun zarur bo‘lgan tibbiyot kadrlarini tayyorlash ishlari arxiv va davriy matbuot materiallari asosida boshqa hududlar bilan taqqoslangan holda yoritilgan; Sovet hokimiyatining qatag‘onchilik siyosati yillarida Quyi Zarafshon vohasidagi ahvol yangi ma’lumotlarga tayanilgan holda xolislik va haqqoniylik mezonida tahlil etilib, ilmiy baho berilgan hamda 1920-yillarning oxiri-1930- yillarning boshida Quyi Zarafshon vohasida qishloq xo‘jaligini jamoalashtirishning ixtiyoriylikdan chekinib, majburiylik asosida amalga oshirish jarayoni natijasida olib borilgan “quloqlashtirish”ning oqibatlari, surgun qilish, nohaq qamoqqa olish, gunohsiz odamlarni otishga hukm qilishlar Quyi Zarafshon vohasi aholisining boshiga ham ko‘p fojialar va kulfatlarni olib kelganligi ko‘rsatib berilgan. Download 3.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling