Alimova moxichexra muzafarovna sovet hokimiyati yillarida quyi zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot


Download 3.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana03.12.2023
Hajmi3.38 Mb.
#1798680
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
1681810915659929daraja (1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Maxmudova Nigora Barotovna
 
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot:
 
 
Urganch davlat universiteti
 
Dissertatsiya himoyasi Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi 
PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil “__ ” _______soat _____dagi 
majlisida bo‘lib o‘tadi. (Manzil: 200118, Buxoro shahri, Muhammad Iqbol ko’chasi, 11-uy. Tel.: 
(65)221-29-14; Faks (65)221-26-12); e-mail: bsu_info@edu.uz.
Dissertatsiya bilan Buxoro davlat universiteti Axborot-resurs markazida tanishish mumkin. 
(________ raqam bilan ro‘yxatga olingan). Manzil: 200117, Buxoro shahri, Muhammad Iqbol 
ko’chasi, 15-uy. Tel: (65)221-29-14; faks: (65) 221-26-12.
Dissertatsiya avtoreferati 2023-yil “______”___________kuni tarqatildi.
(2023-yil “_____”___________dagi________raqamli reestr bayonnomasi).
 
 
 
 
Inoyatov S.I. 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy 
kengash raisi, tarix fanlar doktori, 
professor 
 
Rashidov O.R. 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy 
kengash ilmiy kotibi, tarix fanlar 
doktori (DSc), dotsent 
 
Xaitov Sh.A. 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy 
kengash qoshidagi ilmiy seminar 
raisi, 
tarix 
fanlari 
doktori, 
professor 



KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Hozirgi kunda 
globallashuv jarayonlari yanada avj olib, tobora kengayib borayotgan xalqaro 
maydonda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy o‘zgarishlar, jahon 
sivilizatsiyasining taraqqiy etib borishi xilma-xil sohalar va ob’ektlarni o‘zida 
mujassamlashtirdi va ilm-fan taraqqiyotining faol ta’siri doirasida olib 
borilayotgan tadqiqotlar hamda izlanishlarni keng qamrovda borishini dolzarb 
vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yadi. Har bir rivojlangan jamiyat uchun uning 
kelajagini ishonch bilan barpo etishda, albatta, o‘z xalqi ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotining o‘tmishini chuqur o‘rganish va undan xulosa chiqarish dolzarb masala 
hisoblanadi. 
Dunyoning turli xalqaro va milliy-hududiy, ilmiy-tadqiqot markazlarida 
jamiyat taraqqiyoti uchun o‘ta muhim omil hisoblangan ijtimoiy-iqtisodiy soha 
bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning turlicha kechishi, insoniyatning kelajagi bilan 
bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etish yo‘llarini hamda usullarini har 
tomonlama o‘rganish amalga oshirilmoqda. BMTning Markaziy Osiyo uchun 
profilaktik diplomatiya mintaqaviy markazi (MOPDMM) va BMT Taraqqiyot 
dasturining Yevropa va MDH mintaqaviy byurosi, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida tadqiqot 
mavzusiga oid muhim ahamiyatga molik bo‘lgan muammolar o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” 
gazetasiga bergan intervyusida “Yangi O‘zbekistonni barpo etish-yaqin va olis 
tariximiz, betakror va noyob madaniy boyliklarimizni yanada chuqur o‘rganib, 
ularga tayanib, mustaqil milliy taraqqiyot yo‘limizni yangi bosqichda davom 
ettirish demakdir”
1
-degan edi. Jamiyatni yangilash va uni demokratlashtirish
mamlakatni modernizatsiya qilish va isloh etish jarayoni amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy siyosat va uning o‘tmishi bilan bevosita bog‘liqdir. Sovet davri 
tadqiqotlarida va mustaqillik yillarida olib borilgan ilmiy izlanishlarda 1925-1941- 
yillarda O‘rta Osiyo va O‘zbekiston hududida iqtisodiy va ijtimoiy hayot mavzusi 
muayyan darajada o‘rganildi. Tadqiqotlar butun O‘rta Osiyo yoki O‘zbekiston 
respublikasi doirasida olib borilgan. Ammo Quyi Zarafshon vohasidagi iqtisodiy 
va ijtimoiy hayot masalalari alohida mavzu sifatida o‘rganilmagan. Shu nuqtai 
nazardan qaralganda tadqiqot mavzusi bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son 
“2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 
to‘g‘risida”gi farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6- 
noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davridagi ta’lim-tarbiya va ilm-fan 
sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya 
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
PQ 4884-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-
maydagi “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha 
1
Yangi O‘zbekiston, 2021-yil 16-avgust. 



chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5124 son qarorlarida belgilangan vazifalarni 
amalga oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling