Alimova moxichexra muzafarovna sovet hokimiyati yillarida quyi zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor


Download 3.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana03.12.2023
Hajmi3.38 Mb.
#1798680
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
1681810915659929daraja (1)

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor 
yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya respublika fan va texnologiyalari 
rivojlanishining “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, 
huquqiy, iqtisodiy, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga 
oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga muvofiq bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Quyi Zarafshon vohasida sovet 
hokimiyati yillari (1925-1941)da ijtimoiy-iqtisodiy hayot mavzusiga oid yaratilgan 
ilmiy ishlar, olib borilgan tadqiqotlar, monografiyalar va ilmiy to‘plamlarni tahlil 
etishda ularni quyidagicha davrlashtirish maqsadga muvofiqdir: 1) Sovet 
hokimiyati yillarida nashr etilgan ilmiy tadqiqotlar va ishlar; 2) Mustaqillik 
yillarida yozilgan asarlar va ilmiy tadqiqotlar; 3) Xorijiy nashrlar. 
Sovet hokimiyati yillaridagi tadqiqot, to‘plam va monografiyalarning 1970-
yillargacha bo‘lgan davrda nashr etilganlariga quyidagi mualliflarning ishini 
kiritish mumkin: A.Volniy, F.Rizel, Ya.Golpershteyn, T.N.Kariniyazov, 
A.Ibragimova, V.Ya.Rozenfeld, A.Abdulhamidov, A.Ikromov, F.Xo‘jayev
2
va 
boshqalar. Ushbu mualliflarning asarlarida 1920-1930-yillarda O‘zbekistonda xalq 
ta’limi, savodsizlikni tugatish va xotin-qizlarning ozodligi uchun kurash, qishloq 
xo‘jaligini 
jamoalashtirish, 
yigirma 
besh 
mingchilar, 
xotin-qizlarning 
paxtachilikdagi mehnati to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.  
Sovet hokimiyati yillarida, ya’ni 1960-1990-yillarda olib borilgan tadqiqot 
ishlariga 
A.Ibragimova, 
X.S.Shukurova, 
R.X.Aminova, 
V.P.Polvonova, 
J.Zaychenko
3
kabi mualliflarning ishlarini kiritish mumkin. Qayd etilgan 
mualliflarning ilmiy ishlarida ham 1920-1930-yillarda amalga oshirilgan islohotlar, 
qishloq xo‘jaligini “sotsialistik” asosda qayta qurish siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan 
tafsilotlar, savodsizlikni tugatish, maktablar tashkil etilishi, o‘quv jarayonining 
tashkil qilinishi, xotin-qizlar masalasi, kolxozlashtirish, shuningdek, sovet 
hokimiyati tomonidan olib borilgan quloqlashtirishga doir ma’lumotlar to‘la 
bo‘lmasada, o‘sha davrning mafkurasidan kelib chiqqan holda tavsiflab berilgan.
Sovet hokimiyati yillarida olib borilgan tadqiqotlarda va yaratilgan asarlarda 
1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot mavzusi 
alohida mavzu sifatida o‘rganilmagan, balki o‘rganilayotgan boshqa mavzu 
doirasida ma’lum bir jihatlarigina aytib o‘tilgan. Bundan tashqari, bu davrda 
2
Вольный А. Женские труды в промышленности // Чачваны горят, М., 1931, С. 25.; Ризель Ф. Женщина 
националка в борьбе за хлопкоуборочную // Революция и национальность, 1932. - №9. С. 31; Гольперштейн
Я. Женщины и кадры // Народное хозяйство Средней Азии., 1939. № 9-10, С. 25; Карыниязов Т.Н. Очерки 
истории культуры советского Узбекистана. АН СССР. М.1955. 560 с.; Ибрагимова А., Сплошная 
коллективизация сельского хозяйства Ферганской долины (1929-1932) // Из истории Советского 
Узбекистана, Сборник статей. Т.: Изд.АН УзССР, 1956. С. 173-193; Розенфельд В.Я. Двадцать 
пятитысячники. - М.: Сельхозснаб, 1957. С.16; Абдулхамидов A. История водообеспечения низовье 
Зарафшана (1940-1964), дисс. на соиск. канд.ист.наук, 1965.; Икрамов А., Избранные труды Том 1. T.: Fan, 
1972. S. 412; Xo‘jaev F. Tanlangan asarlar, 2-tom. T.: Fan, 1978. 656 b. 
3
Ибрагимова А. Победа ленинского кооперативного плана в Узбекистане. (1929-1933 г.г.), Т.: Фан, 1969. - 
С. 192.; Шукурова Х.С. Социализм и женщины Узбекистана (1917-1937), Т.: Узбекистан, 1970. 367 с.; 
Аминова Р.Х. Возвращаясь к истории коллективизации в Узбекистане (1929-1932), Т.: Фан, 1977. 98 с.;
Полвонова В.П. Эмансипация мусульманки, М., 1982. С. 197; Зайченко Ж. Классовая борьба в узбекском 
кишлаке (1925-1929). Т.: Узбекистан, 1989. - С.8.



yaratilgan asarlarda va tadqiqotlarda faqat kommunistik partiya siyosati hamda 
uning mafkurasidan kelib chiqqan holda fikr yuritilgan, shu asosda tegishli xulosa 
chiqarilgan va baho berilgan. Tadqiqotlar butun mamlakat yoki respublika 
miqyosida amalga oshirilgan va tahlil etilgan.
Mustaqillik yillarida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari ikkinchi guruhga 
mansub bo‘lib, ularga Yu.H.Haydarov, N.X.Oblomurodov, T.Raxmonov, 
B.T.Mirzaqulov, R.X.Aminova, A.Egamnazarov, O.R.Nazarov, R.Shamsutdinov, 
J.N.Abduraxmonova, 
M.G‘.Abdullayev, 
N.A.Ivinskiy, 
A.Mamajonov, 
Sh.A.Xayitov, 
Q.K.Rajabov, 
O.Ergashev, 
B.M.Rasulov, 
X.Qurbonov, 
S.Badriddinov, R.Maqsudov, K.Raxmonov, S.A.Xoshimov, B.Soliyev, F.Temirov, 
D.Jamolova, F.Sodiqov, B.Qandov, L.Muxamedjanova, Y.Haydarov, U.Rashidov, 
O.Rashidov
4
kabi mualliflarning ishlarini kiritish mumkin: 
Mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarda ham iqtisodiy va ijtimoiy 
masalalarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va rolini ochib berishga harakat 
qilindi. O‘zbekistondagi islohotlar, qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish jarayoni 
va siyosiy qatag‘onlar, surgunlar, quloqlashtirish bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi.
4
Хайдаров Ю.H. Рабочий класс и развитие культуры Узбекистана (середина 20-х -30-е годы). Опыт, 
пролебмы, Автореф. дисс. на соискание канд. ист. наук, 1992; Обломуродов Н.Х. Развитие аграрного 
производства Узбекистана в 1917-1990 г.г. Опыт, уроки и проблемы. Автореф. дисс. на соискание докт. ист. 
наук. 1993; Рахмонов Т. Социально-культурное строительство в Узбекистане 30-е годы: опыт и проблемы. 
Автореф. дисс. на соискание канд. ист. наук. 1994.; Mirzaqulov B.T. Buxoro tarix zarvaraqlarida. B.: Durdona, 
2018. -212 b.; Аминова Р.Х. Октябрь и решение женского вопроса в Узбекистане. Т.: Фан, 1995. - 355 с.; 
Еёже: Возвращаясь к истории коллективизации в Узбекистане - Т.: Фан, 1995. -206 с; Egamnazarov A., 
Surgun (hujjatli qissa, ocherk va maqolalar) -T.: Adolat, 1999. - 247 b.; Nazarov O.R. O‘zbekistonda qishloq 
xo‘jaligini ommaviy kollektivlashtirishning o‘tkazilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari (1929-1937). Toshkent 
va Farg‘ona viloyatlari misolida. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya, 
Guliston DU., 2001. – B. 148; Shamsutdinov R. O‘zbekistonda sovetlarning quloqlashtirish siyosati va uning fojiali 
oqibatlari. T.: Sharq, 2001. - 368 b.; Uning o‘zi. Qishloq fojiasi: jamoalashtirish, quloqlashtirish, surgun. T.: Sharq, 
2003. - 544 b; Abduraxmonova J.N. Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi qatag‘onlik siyosati 
(1925-1941). Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya, 2002. - 152 b.; 
Abdullaev M.G‘. O‘zbekistonda sovetlarning “quloq” siyosati va uning fojiali oqibatlari (1929-1945). Tarix fanlari 
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya, And.DU, 2002, 162 b.; Uning o‘zi: Quloqlar 
surguni va maxsus posyolkalar // Jamiyat va boshqaruv. -2010. - № 1 – B. 96-98.; Ивинцкий Н.А. Судьба 
раскулаченных в СССР. М.: Собрания, 2004. - 296 с.; Mamajonov A. Kollektivlashtirish jarayonida O‘zbekiston 
qishloqlarida Shimoliy Kavkazga surgun qilinganlar. Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim 
etilgan dissertatsiya And. DU., 2005. - 198 B.; Xayitov Sh.A. “Quloq” qilinganlar fojiasi. // Buxoro mavjlari, 2006. 
-№ 3.-B. 40-43.; Uning o‘zi. Qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish jarayonida o‘zbek muxojirligining vujudga 
kelishi // O‘zbekiston tarixi. - 2008. - № 1. B.43-45.; Rajabov Q., Ergashev O. Buxoro vohasida yashovchi boylar va 
ulamolarning qatag‘on qilinishi. // BuxDu ilmiy axboroti. – 2008. -№3. - B. 13-18.; Qatag‘on qurbonlari. Xotira 
(Buxoro viloyati). Tuzuvchilar: Shamsutdinov R.T, Do‘smatov E..N., Qurbonov X.R. B.: Buxoro.- 2009.- 160 b.; 
Rasulov B. O‘zbek qishloqlarida ijtimoiy va mulkiy tabaqalanish // Jamiyat va boshqaruv. - 2009 - №1 - B.97-98.; 
Uning o‘zi: O‘zbekistonda kollektivlashtirish jarayonidagi siyosiy qatag‘onlar va surgun qilingan dehqonlar ahvoli, 
T.: Sharq, 2012. – B. 368.; Qurbonov X., Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan qatag‘onlik siyosati va uning 
oqibatlari (1929-1938 yillar). T.: Ma’naviyat, 2011. - 200 b.; Badriddinov S., Buxoro moddiy va ma’naviy 
madaniyati saxifalari. B.: Buxoro nashriyoti, 2013. - 209 b.; Rajabov Q., Maqsudov R. Qiziltepa tumani tarixi. T.: 
Tafakkur, 2015. – B. 80.; Rajabov Q., Raxmonov K. Vobkent tumani tarixi. T.: Tafakkur, 2015. – 68. b.; Rajabov 
Q., Mirzaqulov B. Qorako‘l tumani tarixi. T.: Tafakkur, 2015. - 68 b.;. Rajabov Q., Soliev B. Qorovulbozor tumani 
tarixi. T.: Tafakkur, 2015. – 48 b.; Rajabov Q., Temirov F. Jondor tumani tarixi. T.: Tafakkur, 2015. – 52 b.; 
Rajabov Q., Jamolova D. Kogon tumani tarixi. T.: Tafakkur, 2015.- B. 48.; Rajabov Q., Xayitov Sh., Sodiqov F. 
Buxoro tumani tarixi, T.: Tafakkur, 2015. – 52 b.; Rajabov Q., Qandov B. Peshko‘ tumani tarixi. T.: Tafakkur, 2015. 
– 48 b.; Rajabov Q., Muxamedjanova L. Romitan tumani tarixi. T.: Tafakkur, 2015. – 64 b.; Rajabov Q., Haydarov 
Y. Olot tumani tarixi. T.: Tafakkur, 2015. – 48 b.; Rajabov Q., Rashidov U., Rashidov O. G‘ijduvon tumani tarixi. 
T.: Tafakkur, 2015. - 80 b.; Rajabov Q.K., Buxoro shahri tarixi. T.: Tafakkur, 2015. - 156 b.; Xoshimov S.A. Sovet 
hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘on siyosati va uning oqibatlari (1917-1936) T.: Akademnashr, 2018. – B. 
272.



Sovet hokimiyati yillarida nashr etilgan adabiyotlarda iqtisodiy va ijtimoiy 
sohani o‘rganishga harakatlar-urinishlar bo‘lgani haqiqat. Qayd etish lozimki, 
ma’lum darajada arxiv ma’lumotlari ham ilmiy muomalaga kiritilgani, shuningdek, 
ko‘plab manbalardan foydalanilgani ham muhimdir. Ammo bularning hammasi 
o‘sha davr mafkurasi bayrog‘i ostida amalga oshirilgan, imkon qadar davrga 
moslashtirilgan, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning mahalliy sharoitni, 
jumladan, tayyorgarlik ko‘rish darajasini hisobga olmasdan “Markaz”ning 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi zug‘umi ostida, zo‘rma-zo‘raki hayotga tadbiq 
etilishi va buning oqibatida respublikaning qishloq xo‘jaligidagi vaziyat 
murakkablashib ketgani, mahalliy aholining azaliy qadriyatlaridan mahrum 
qilingani, sinfiy “dushman” niqobi ostida minglab dehqon xo‘jaliklari og‘ir 
iqtisodiy sharoitga tushib qolgani, “boy-quloq”larga qarshi hujum kampaniyasi 
davrida, majburiy ravishda jamoa xo‘jaliklarini tashkil etilishida yo‘l qo‘yilgan 
xato va kamchiliklar tufayli o‘zbek xalqi, mehnatkashlari ko‘p aziyat chekkani, bir 
qismi esa sovet hokimiyati tomonidan uzoq o‘lkalarga surgun, badarg‘a qilingani, 
1930-yillarda amalga oshirilgan qatag‘onlar haqida yetarlicha to‘liq ma’lumotlar 
taqdim etilmagan, muammoning sababi va yechimi oxirigacha o‘rganilmagan edi. 
Albatta, bundan farqli ravishda, mustaqillik yillarida yaratilgan asarlarda va 
amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda 1920-1930-yillarda O‘zbekistonda amalga 
oshirilgan tub o‘zgarishlar, ularning oqibatlari, sovet hokimiyati yillarida iqtisodiy 
va ijtimoiy hayot to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuning bilan birga, qayd etish 
joizki, 1920-1930-yillardagi amalga oshirilgan o‘zgarishlar, birinchidan, O‘rta 
Osiyo yoki umumrespublika miqyosida o‘rganildi; ikkinchidan, iqtisodiy va 
ijtimoiy o‘zgarishlar uyg‘unlikda o‘rganilmagan; uchinchidan, iqtisodiy-ijtimoiy 
o‘zgarishlarga baho berishda hududlardagi o‘ziga xoslik va mavjud tafovutlarga 
yetarlicha e’tibor qaratilmagan; to‘rtinchidan, Quyi Zarafshon vohasida 1925-
1941-yillardagi iqtisodiy-ijtimoiy hayot alohida tadqiqot mavzusi sifatida 
o‘rganilmagan.
Xorijda olib borilgan tadqiqotlarda sovet hokimiyati tomonidan amalga 
oshirilgan 1925-1941-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosat muayyan darajada 
o‘rganilgan
5

Yuqorida qayd etilgan holatlardan kelib chiqqan holda tadqiqot dolzarb 
mavzu sifatida o‘rganildi. 

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling