Alimova moxichexra muzafarovna sovet hokimiyati yillarida quyi zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot


Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim


Download 3.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/29
Sana03.12.2023
Hajmi3.38 Mb.
#1798680
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
1681810915659929daraja (1)

Dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim 
muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. “Sovet 
hokimiyati yillarida Quyi Zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot (1925-
1941)” nomli mazkur tadqiqot Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Ijtimoiy 
fanlar” kafedrasida olib borilayotgan “O‘zbekiston tarixini o‘rganishning ijtimoiy-
5
Юнге М., Биннер Р. Как террор стал “Большим”? Первая публикация в России - под. ред. Г. А. Бордюгова. 
- М.: АИРО-XX, 2003. - 352 с.; Стефан Куртуа, Николя Верт, Жан-Луи Панне, Анджей Пачновский, Карел 
Бартошек, Жан-Луи Марголен. Черная книга коммунизма. Издание 2-е / Пер. с фр. — В кн.: Три века 
Истории. - М., 2001, С. 12.; Kamp M. The New Woman in Uzbekistan: Islam, Modernity, and Unveiling under 
Communism. Seattle: University of Washington Press, 2006. 332 p.;
Northrop D. Veiled Empire Gender and Power 
in Stalinist Central Asia. Ithaca-Londres: Cornell University Press, 2004. 392 p.,
Greene L. Hujum // Russia’s 
Periphery, 2012. https://russiasperiphery.blogs.wm.edu/central-asia / general/hujum / (murojaat qilgan vaqti: 
24.08.2022)



iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy muammolari: yechim, qiyosiy tahlil” 
mavzusidagi tadqiqot ishlari bilan mazmun va qamrovi jihatidan bog‘liqdir. 
Tadqiqot ishining mavzu chegarasi Quyi Zarafshon vohasi bilan belgilanadi. 
Tadqiqotning maqsadi. 1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasida 
iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish va tahlil etishdan iborat. 
Tadqiqotning vazifalari: 1920-yillarning ikkinchi yarmida amalga 
oshirilgan “Hujum” kampaniyasining maqsad va mohiyatini, amalga 
oshirilishidagi kamchilik va xatolarni tahlil etish
1920-yillarning ikkinchi yarmida va 1930-yillarning boshida Quyi Zarafshon 
vohasida o‘tkazilgan yer-suv islohoti hamda qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish 
siyosatini o‘rganish; 
Vohada qishloq xo‘jaligida yuz bergan ziddiyatli jarayonlar va boshqarishdagi 
ma’muriy buyruqbozlik siyosati tufayli kelib chiqqan xato va kamchiliklarning 
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ochib berish;
1930-yillardagi qatag‘onlik siyosati natijasida Quyi Zarafshon vohasidagi 
holatni ob’ektiv asosda tahlil etish; 
1920-yillarning ikkinchi yarmi va 1930-yillarda iqtisodiy va ijtimoiy 
hayotdagi o‘ziga xos jihatlarni o‘rganish hamda Quyi Zarafshon vohasidagi 
ijtimoiy jarayonlarning yechim va muammolarini, ayniqsa, ta’lim tizimi va 
sog‘liqni saqlash sohalaridagi o‘zgarishlarni tahlil etish. 

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling