Alimova moxichexra muzafarovna sovet hokimiyati yillarida quyi zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot


Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi


Download 3.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/29
Sana03.12.2023
Hajmi3.38 Mb.
#1798680
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
1681810915659929daraja (1)

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sovet hokimiyati yillarida Quyi 
Zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot (1925-1941) mavzusini tadqiq etish 
jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: dissertatsiyasida ilgari surilgan 1925-
1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy-ma’rifiy islohotlar natijasida jamiyatda yuz bergan chuqur iqtisodiy va 
ijtimoiy o‘zgarishlardan yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, yurt 
manfaati yo‘lida o‘zining bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, O‘zbekiston 
istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yoshlar safini 
kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Respublika Yoshlar Ittifoqining 2020-
2021-yillarda bajarilgan targ‘ibot faoliyatlarida tadbiq etishda foydalanilgan 
(Respublika 
Yoshlar 
Ittifoqining 
2022-yil 
8-avgustdagi 
04-13/707-son 
ma’lumotnomasi). Natijada, markaz tomonidan ma’naviy-ma’rifiy va milliy 
tarbiyada o‘zlikni anglash g‘oyalarini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ibot qilish 
kabi ishlar natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan; 
1925-1941-yillarda Quyi Zarafshon vohasida amalga oshirilgan iqtisodiy-
ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy islohotlar natijasida jamiyatda yuz bergan chuqur 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlardan yoshlarning milliy tarixiy ongini 
shakllantirish va tarixdan to‘g‘ri xulosalar chiqarish va xulosalarni hayotga tadbiq 
etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar hamda natijalari yuzasidan ochiq dars va 
ekskursiyalarda yangiliklardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi Davlat muzeyining 2022-yil 
23-noyabrdagi 232-son ma’lumotnomasi). 
“Sovet hokimiyati yillarida Quyi Zarafshon vohasidagi iqtisodiy va ijtimoiy 
hayot (1925-1941)” mavzusidagi tadqiqot g‘oyalarining yoshlarni ilm olish, 
jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish hamda barkamollik ruhida tarbiyalashga 
oid xulosalari va yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligining 2019-yil 20-fevraldagi “Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi” 
ishtirokidagi 
“Oliy 
ta’lim 
muassasalarining 
moddiy-texnik 
bazasini 
mustahkamlash” loyihasi doirasidagi Akademik innovatsiyalar fondining grant 
loyihalarini moliyalashtirishga tavsiya etilgan AIF 2/20 “Shaxsga yo‘naltirilgan 
innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis 
kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasi sifatini oshirish” loyihasini bajarishda 
quyidagi dissertatsiya ishi bilan bog‘liq materiallardan foydalanildi: 
1. O‘zbekiston ijtimoiy hayotida xotin-qizlarning o‘rni va rolining tarixi, 
xotin-qizlarning ijtimoiy mehnatga jalb qilinishi, ijtimoiy turmushda faolligi, 
xotin-qizlarning 
emansipatsiyasi 
bilan 
bog‘liq jarayonlar va ularning 
davriylashtirilishi, muammo va yechimlarni o‘zida qamrab olgan “Ijtimoiy hayotda 
xotin-qizlarni o‘rni va rolining tarixi, o‘rganish xronologiyasi” kompyuter dasturi 
(DGU 18379);
2. Yaqin o‘tmishdagi ijtimoiy hayotda xotin-qizlarning mavqeyi yoritilgan 
“Buxoro va buxoroliklar tarixi” nomli hammualliflikdagi monografiya;


12 
3. Xotin-qizlarni savodli qilish, yangi usuldagi (jadid) maktablarning 
ochilishi, qizlarni o‘qishga jalb qilish, kasb o‘rgatish kabi masalalar yoritilgan 
“Buxoroda jadidchilik harakati tarixidan” nomli hammualliflikdagi monografiyada 
keltirilgan yangiliklardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-noyabrdagi 89-05-169-son hamda Buxoro 
muhandislik-texnologiya institutining 2022-yil 19-sentabrdagi 02/01-84-3/19-1/3-
70-909-son ma’lumotnomalari). Natijada, oliy ta’lim tizimida o‘qitiladigan 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi va jahon tarixi kabi fanlar mazmunini 
takomillashtirish hamda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish
mafkuraviy immuniteti va tarixiy mushohadasining shakllanishiga erishilgan; 
Dunyoda global xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni 
anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyatga 
molik bo‘layotgan bugungi kunda mustabid tuzum tomonidan shafqatsizlarcha 
qatag‘onga 
duchor 
etilgan 
oddiy 
kasb 
egalari 
bo‘lgan 
minglab 
vatandoshlarimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotini alohida Quyi Zarafshon vohasi 
misolida 
tadqiq 
etilgan 
g‘oyalari va yangiliklaridan Buxoro viloyat 
teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “O‘ziga o‘xshaydi o‘zbek”, “Til-
millat ko‘zgusi” kabi ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro 
viloyat 
teleradiokompaniyasining 
2022-yil 
13-iyundagi 
1/140-son 
ma’lumotnomasi). Natijada, milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash 
orqali yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, barkamol, rostgo‘y va 
halol inson bo‘lib yetishish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda dissertatsiya 
ilmiy xulosalari teletomoshabinlarga ushbu masalalar yuzasidan kerakli 
ma’lumotlarni olish imkonini bergan.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling