Alimova moxichexra muzafarovna sovet hokimiyati yillarida quyi zarafshon vohasida iqtisodiy-ijtimoiy hayot


vohasida qishloq xo‘jaligidagi tub iqtisodiy o‘zgarishlar va ularning


Download 3.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana03.12.2023
Hajmi3.38 Mb.
#1798680
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
1681810915659929daraja (1)

vohasida qishloq xo‘jaligidagi tub iqtisodiy o‘zgarishlar va ularning 
natijalari” deb nomlanib, unda “quloq-boy” unsurlariga qarshi kurash va uning 
salbiy oqibatlari, qishloq xo‘jaligini majburiy jamoalashtirish davrida vohadagi 
ahvol o‘rganilgan hamda tahlil etilgan. O‘zbekistonda shartli ravishda “quloq” 
xo‘jaligiga kiritilishi mumkin bo‘lgan xo‘jaliklarning salmog‘i besh foizdan 
kamroqni tashkil etgan. Ammo “buyuk burilish” boshlanishi bilan 15 foizdan ortiq 
xo‘jaliklar “quloqlashtirish”ga duchor bo‘ldi. Aslida bular o‘rtacha xo‘jaliklar edi. 
Biroq hokimiyat organlari qishloq aholisining ancha boyroq va kambag‘alroq 
qatlamlariga nisbatan zo‘rovonlik qilish bilan cheklanib qolmadilar. Tez orada 
“quloqlarning dumi” degan atama paydo bo‘ldiki, uni har qanday odamga, hatto, 
eng kambag‘al xo‘jalikka nisbatan ham ishlatish mumkin edi. Buxoro okrugi 
bo‘ylab ko‘p joylarda sobiq amaldorlar, “quloq”qa aylangan o‘rtahollar va boylar 
tomonidan qishloqlardagi batraklar va kambag‘allarga nisbatan dushmanlik ko‘zi 
bilan qarash kuchaygan.
17
Rajabov Q. O‘zbekiston mustabid sovet davlati tarkibida (1925-1991). // O‘ME, T.-12.- B.171-172. 
18
Buxoro viloyati davlat arxivi, 4-fond, 1-ro‘yxat, 28-yig‘ma jild, 8-12 varaqlar. 
19
O‘zbekiston Milliy arxivi, R-225 fond, 1-ro‘yxat, 1-yig‘ma jild, 31-35 varaqlar. 
20
Buxoro viloyati davlat arxivi, 260-fond, 1-ro‘yxat, 216-yig‘ma jild, 6-varaq. 
21
КП Узбекистана в резолюциях и постановлениях съездов. Т.: Узбекистан, 1968. - Том 1. С. 139. 
22
O‘zbekiston Milliy arxivi, R-837 fond,15-ro‘yxat, 214-yig‘ma jild, 20-varaq. 


16 
Quyi Zarafshon vohasida ham yer-suv islohoti amalga oshirilganidan so‘ng 
joylarda islohotdan norozi bo‘lganlar bosh ko‘tardilar. Boylar tomonidan islohotga 
qarshilik ko‘rsatish kuchli davom etgan, davlat organlari vakillariga ham qarshilik 
ko‘rsata boshlangan. 1928-yilning dekabr oyida soliq undirishga kelgan militsiya 
xodimiga yovuzlarcha qarshilik ko‘rsatilib, 20 kishi tomonidan uning tanasi 
bo‘laklab tashlangan
23
. 1928-yilning 28-noyabrida Qorako‘l rayon Yer bo‘limi 
tomonidan “Hujum” qishloq sovetidagi Mulla Aminovga tegishli bo‘lgan ortiqcha 
yerlar ham musodara qilinib, kambag‘allarga bo‘lib berilgan
24
. Boy “quloq”larning 
qarshilik ko‘rsatishi yoppasiga jamoalashtirish siyosati avjiga chiqishi bilan 
kuchaygan. Mahalliy hokimiyat organlari quloqlarga qarshi kurashda barcha 
zaruriy choralarni qo‘llash, quloqlarning mol-mulkini musodara qilishdan tortib 
surgun qilishgacha bo‘lgan vakolatga ega bo‘lgan. 1928-yil noyabrida Narpay 
rayoni, Ko‘prikboshi qishlog‘idagi eshon Nodirali Ermatovning mol-mulki 
musodara qilinib, o‘zi surgunga yuborilgan
25

Qishloq xo‘jaligini yoppasiga jamoalashtirish jarayoni tugashi bilan bu 
jarayonga qarshi bo‘lganlar asta-sekin o‘z hatti-harakatini boshlashgan. Bu 
yo‘nalishdagi urinishlar 1920-yillarning oxiridan to 1930-yillarning oxirigacha 
ham davom etib kelgan. Kolxoz tizimini ichkaridan buzishga urinish ko‘p 
qishloqlarda sodir etilib turgan. Masalan, G‘ijduvon rayon Falanze qishlog‘ida 
o‘tkazilgan o‘zaro tekshirishda qishloq “Katta” (rahbarlar)laridan yashirib 
qo‘yilgan paxta xomashyosi topilgan, “Ilich zavodi” kolxozidan 482 kg, “Vostok” 
kolxozidan esa 2191 kg paxta chiqqan
26
. Quloq xo‘jaliklari imkoni boricha kolxoz 
tizimiga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilishgan. Masalan, Kattaqo‘rg‘on rayonida 
mushtumzo‘rlar paxtani topshirishdan bosh tortishgan. Maman Jo‘ra o‘g‘li 35 kg, 
uning qo‘shnisi bir qop paxtani topshirmay yashirib qo‘ygani aniqlangan
27

Qasddan paxta topshirmaslikka qarshi o‘ziga xos “kurash” qo‘llanilib, ular sanoat 
mollari bilan ta’minlanishdan to‘xtatib qo‘yilgan
28
. 1930-yillarda ham sobiq amir 
amaldorlari va ularning yaqinlarini kolxoz va umuman kooperatsiya hamda boshqa 
sovet tashkilotlaridan chiqarish yoki jazoga tortish ishlari davom etgan. Masalan 
G‘ijduvon rayonining Gardijon qishloq sovetidagi kolxozchilar yig‘ilishi Hakim va 
Xoshim Shukuriylarni kolxozdan haydash to‘g‘risida qaror qilishgan
29
. Eski 
Buxoro rayon “Kommunizm” kolxozida Baxromqulov va Hakimov degan 
mushtumzo‘rlar tomonidan bir yaxshi ot va 36 bosh “qorako‘l” qo‘yi yo‘q qilingan 
edi. Gazeta muxbiri bularga nisbatan qattiq va qat’iy chora ko‘rilishini talab 
qilgan
30
. Qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish siyosatining amalga oshirilishida 
ixtiyoriylikdan ko‘ra ko‘proq majburiylik tamoyili ustuvorlik qila boshlagan. 
Aslida O‘zSSR hududida jamoalashtirishni ikkinchi besh yillik (1933-1937-yillar) 
23
Правда Востока, 27 декабря 1928 года. 
24
Buxoro viloyati davlat arxivi, 4-fond, 1-ro‘yxat, 21-yig‘ma jild, 216,221, 226, 229, 240-varaqlar.
25
Buxoro viloyati davlat arxivi, 4-fond, 1-ro‘yxat, 29-yig‘ma jild, 1,2-varaqlar. 
26
Qizil O‘zbekiston, 1931-yil 17-fevral. 
27
Qizil O‘zbekiston, 1931-yil 30-yanvar. 
28
Qizil O‘zbekiston, 1931-yil 12-yanvar. 
29
Qizil O‘zbekiston, 1931-yil 24-mart. 
30
Mo‘minov Sh. Dushmanlarga ayovsiz zarba berilsin // Qizil O‘zbekiston, 1933-yil 18-mart. 


17 
mobaynida tugatish rejalashtirilgan bo‘lsada, amalda 1932-yildan boshlangan edi
31

Jamoa xo‘jaliklariga birlashtirish uchun dehqon xo‘jaliklariga bevosita hujum 
qilish amaliy jihatdan buzg‘unchilik harakatiga aylanib ketgan. Dehqonlarni zo‘rlik 
bilan kolxozga kirishga majbur etdilar. Qarshilik ko‘rsatganlar ijtimoiy 
mansubligidan qat’iy nazar “quloq” qilingan. O‘zbekiston bo‘yicha 1930-yilning 
sentabriga qadar 224 ming dehqon xo‘jaliklari kolxozga kirgan edi
32
. Yoppasiga 
jamoalashtirishga rahbarlik qilish uchun respublika va viloyat shtablari tashkil 
etilgan. Qishloq ahlini kolxozlarga “g‘ayratlantirish” maqsadida ishchilar sinfi ham 
jalb etilgan. Mamlakat markazidan 25 mingchilar yuborilgan. Ular kompartiyaning 
O‘zbekistonga jo‘natib turadigan navbatdagi “jangari” askarlari edi. Moskva, 
Leningrad, Ivanovo-Voznesenskdan 413 ishchi 25 mingchi sifatida (shundan 57 
nafari xotin-qiz) yuborilgan edi. 1931-yilning 23-28-fevralida Toshkentda 
O‘zbekiston 25 mingchilarining anjumani uning bir yillik ish faoliyati 
yakunlandi
33
. Quyi Zarafshon vohasiga yuborilgan 25 mingchilarning faoliyatlari 
va harakatlarini o‘sha vaqtdagi qishloq aholisi hazm qila olmasdi. Ular esa ko‘plab 
xo‘jalik ishlarini barbod etganlar.
1931-yildan e’tiboran kichik kolxozlar birlashtirilib, yirik kolxozlarni tashkil 
etish jarayoni boshlandi. Mehnatni baholash va mehnatni hisobga olish to‘g‘ri 
tashkil etilgan
34
. 1931-yilning martidan boshlab “Brigadalar to‘g‘risida”gi Nizom 
kuchga kiritilgan
35
. 1931-yilning aprelida O‘zbekistondagi dehqon xo‘jaliklarining 
63 foizi, ya’ni 507,5 ming xo‘jalik kolxozlarga jalb qilindi
36
. Kolxozlashtirish 
siyosatidagi majburiylik va ixtiyoriylikka rioya etilmasligi natijasida 1930- 
yildanoq O‘zbekistonning ko‘p joylarida kolxozlardan chiqib ketish holati 
kuzatilgandi. 
O‘zbekiston 
KP(b) 
MK 
1930-yilning 
17-fevralida 
“Kollektivlashtirish va quloq xo‘jaliklarini tugatish to‘g‘risida”gi qarorini qabul 
qilganidan keyin “quloqlashtirish” kampaniyasi yanada “avj olgan”. Shu qaror 
asosida 5 ming kishi “quloq” qilinib O‘zbekistondan tashqariga chiqarib 
yuborilgan edi. Ular Sibir, Kavkaz va Ukrainaga surgun etilib, oilasi boshqa joyga 
ko‘chirildi, mol-mulklari musodara etildi.
Qorako‘l tumani “Do‘rmon” qishlog‘ida 
yashovchi Jo‘raboy 1930-yilda “quloq” qilinib, qishloqdan Marg‘ilonga ko‘chirib 
yuborilgan
37
. Vobkent tumani, Arabxona qishlog‘ilik A’zam Amin o‘ziga to‘q 
badavlat kishilaridan biri bo‘lib, o‘ziga tegishli yerida chorikorlari ishlardi. 1930- 
yilda uning mol-mulklarini musodara qilib, o‘zini Marg‘ilonga surgun qilingan”
38

Shofirkon tuman Bog‘iafzal qishloq sovetidagi “Mirzoquli” qishlog‘ilik 
Navro‘zboy 1930-yilda “quloq” sifatida mol-mulki musodara qilinib, o‘zi 
Shimoliy Kavkazga surgun qilingan, qaytib kelmagan
39
. VKP(b) MK siyosiy 
31
O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. 2-kitob, T.: Sharq, 2000, B. 348. 
32
О строительстве колхоза. // Правда Востока, 23 мая 1931 года. 
33
O‘zbekiston Milliy arxivi, R-737 fond, 1-ro‘yxat, 923-yig‘ma jild, 16-varaq.
34
Allaqulov. Yirik kolxoz mehnati. // Qizil O‘zbekiston, 1931-yil 21-iyul. 
35
Qizil O‘zbekiston, 1931-yil 6-mart. 
36
Аминова Р.Х. Возвращаясь к истории коллективизации в Узбекистане (1929-1932). Т.: Фан, 1977.- С. 98. 
37
Muallifning Norqul Jo‘raev bilan shaxsiy muloqoti, 2022-yil 14-aprel. 
38
Muallifning Jo‘ra Muzaffarov bilan shaxsiy muloqoti, 2022-yil 10-may. 
39
Muallifning Jo‘raev Xudoyqul Mullajonovich bilan shaxsiy muloqoti, 2022-yil 22-may. 


18 
byurosining 1931-yil 20-iyundagi qaroriga asosan O‘rta Osiyodan 6 ming quloq 
xo‘jaligi ko‘chirilishi, shu jumladan 3 ming quloq esa Shimoliy Kavkazga 
ko‘chirilishi rejalashtirilgandi. 1931-1932-yillarda Quyi Zarafshon vohasida 
Vobkent tumanidan 206 xonadon, 1929-1934-yillarda Shofirkon tumanidan esa 
510 xonadon “quloq” sifatida sovuq o‘lkalarga badarg‘a qilingan
40
. 1932-1934-
yillarda Buxoro viloyatida kolxoz tuzumiga qarshilik ko‘rsatish, kolxozning mol-
mulkiga zarar yetkazish ko‘paygan. Qorako‘l tumanidagi “Sotsializm” kolxozida 
kolxoz raisi boshliq bir guruh tomonidan kolxozning 20 ta oti va 1200 bosh 
qorako‘l qo‘ylari sotib yuborilgan va yo‘q qilingan
41
.
Keyingi yillarda “Zararkunandachilik”ning yangi usullari paydo bo‘lgan, 
ya’ni kolxozning ekin maydoniga, paxtasiga, urug‘lik chigitiga “tajovuz” qilingan. 
Masalan, Eski Buxoro tumanining “Qizil Yulduz” kolxozi brigadiri va raisi 
vazifasidagi Hakimov va Mahmudovlar jamoaning 4 tanob yerdagi paxta 
maydonini suvga bostirishgan. Rais otuvga, brigadir esa besh yilga qamoqqa hukm 
qilingan
42
. 1939-yilda Shohrud kanali qurilishi tugallanib, 17,6 ming gektar paxta 
maydoni o‘zlashtirilgan
43
. Urush boshlanishi munosabati bilan G‘arbiy Ukraina va 
G‘arbiy Belorussiyadan ko‘chirilganlar Buxoro to‘qimachilik-tikuvchilik sanoati 
uyushmasi tizimi korxonalariga va artellariga ishga joylashgan
44
. 1940-yilning 19- 
martidan shahardagi artellarga 17 nafar yahudiy millatiga mansub bo‘lganlar ishga 
joylashtirilib, davlat tomonidan turar-joy va oziq-ovqat bilan ta’minlandilar
45

1932-yilning apreligacha Quyi Zarafshon vohasi rayonlarida tashkil etilgan 
kolxozlarning umumiy soni 2311 taga yetgan edi. Jamoa xo‘jaliklariga a’zo bo‘lib 
kirgan xonadonlarning umumiy soni esa 182361 taga yetgan
46
. 1937-yilda dehqon 
xo‘jaliklarini jamoalashtirish darajasi 95 foizni tashkil etgan
47
. Umuman 1937- 
yilga kelib “kolxozga qarshi kayfiyatda bo‘lganligi uchun”, “quloq”larga 
mansubligi uchun jamoalashtirishning avvalgi yillarini ham hisobga olganda 60 
mingdan ortiq kishi qatag‘onga uchragan
48

Quyi Zarafshon vohasida “quloq”lar va boylarga qarshi “kurash” 1928-1929- 
yillardan boshlanib, 1929-1931-yillarda kolxoz tuzumi va “quloq”lashtirishga 
qarshi ommaviy chiqishlar avj olgan. Mamlakat markazidan Quyi Zarafshon 
vohasiga ham qishloq ahlini kolxozga safarbar etish maqsadida 25 mingchilar 
(ishchilar) jamoasi yuborilgan, ammo bu harakat samarasiz yakunlangan. 1932-
1934-yillarda Buxoro okrugida ham kolxozning mol-mulki atayin yo‘q qilinib, 
zarar yetkazish avj olgan, qatag‘onchilik siyosati kuchaygan.

Download 3.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling