Ishning yozilishida qo`lanilgan metod
Albatta, boshlang`ich ta`lim maktablarining 1-2-3-4 sinf «O`qish kitobi» darsliklariga kiritilgan mavzular, xususan Safar Barnoyev, Miraziz A`zam Tursunboy Adashboyev asarlarini, she`rlarini o`qish va o`rganish, mustaqil ishlar tashkil qilish o`qituvchi tomonidan uning rahbarligi ostida o`tkaziladi. Bu o`z navbatida, o`qituvchi tomonidan puxta o`ylangan, rejalashtirilgan, ma`lum sistemaga solingan va mazmunli bo`lishi talab qilinadi.
Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizni Past Darg`om tumanidagi 53 umum ta`lim maktabining 4 sinfda o`tkazgan tajribamiz asosida yoritishga lozim topdik.
4 – sinfimizda hozirgi kunda 42 talaba tahsil olayapti. Bilim va tajribamizga tayangan holda, shuningdek, pedagogik amaliyot o`tgan maktabdagi o`qituvchilarning ish tajribasiga suyangan holda yoritishda harakat qildik.
Ishning ilmiy yangiligi
Darhaqiqat, Safar Barnoyev, Miraziz A`zam Tursunboy Adashboyevlarning asarlarini, she`rlarini dars jarayonida o`qish ishlarini, tahlil qilish shuningdek,
mustaqil o`qish ishlarini tashkil etish o`z e`tibori bilan yangilik sanaladi. Chunki, mustaqil o`qish boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun yangilik bo`lmasada, uni tashkil etish, unumli va foydali bo`lishiga erishish ko`p jihatdan sinf o`qituvchisining mahoratiga bog`liq.
O`qish jarayoni o`quvchilar ongini rivojlantiradi. Fikrlash qobiliyatini o`stiradi, dadil fikr-mulohazalar aytishga chorlaydi. O`z fikrini aytish, yozish uchun imkoniyat yaratadi. Kelajakda ilmiy salohiyatga erishish uchun keng yo`l ochib beradi.
Mazkur bitiruv ishidan pedagogika va psixologiya, defektologiya bo`limlarining talablari kurs va bitiruv ishlarini yozishda, o`zbek adabiyoti tarixini o`rganishda, shuningdek, boshlang`ich sinf o`qituvchilari fakultativ mashg`ulotlarda, sinf rahbarlari va adabiyot o`qituvchilari esa, sinfdan tashqari badiiy kechalarni o`tkazishda, xalq og`zaki ijodi va folklorga doir adabiy munozara va suhbatlar o`tkazishda foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |