Алишер Навоий номидаги Самарқанд давлат университети педагогика факультетининг Бошланғич таълим ва спорт бўлимининг сиртқи бўлим курс талабаси Очилова Дилфуза синф «Ўқиш китоби»да А
II.BOB. O`QISH DARSLARIDA SHE`RLARINI O`RGANISH USLUBIYATI
Download 235.5 Kb.
|
Tursunmatova Nilufar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`qish 2-sinf
II.BOB. O`QISH DARSLARIDA SHE`RLARINI O`RGANISH USLUBIYATI2.1. She`r va uni o`qitishning usullariMa`limki, o`qish kitoblaridagi aksariyat mavzularni she`rlar qamrab olgan. Quyidagi she`r nomlari va mualliflarining ro`yxatiga e`tibor beraylik: O`qish1-sinfShe`r: Vatan – bu… Po`lat Mo`min, 5-bet. O`zbekiston askarlari. Odil Abdurahmon, 8-bet. Ota rozi – Vatan rozi. Eson Rahimov, 9-bet. Qish. Tursunboy Aashboyev, 11-bet. Oy allasi. Odil Abdurahmon, 13-bet. Vatan. Miraziz A`zam, 1-bet. Quyoshdan erta turib. Yo`ldosh Sulaymon, 17-18-bet. Bahor kelgach. Tursunboy Adashboyev, 36-bet. Lola. Hamid Olimjon, 37-bet. Mehribon oyijonim. Po`lat Mo`min, 39-40-bet. 11.Bekinmachoq. Anvar Obidjon, 41-bet. Navruz. Rauf Tolib, 44-bet. Maktab – oftob qo`shig`i. Quddus Muhammadiy, 47-bet. 14.Kitob, mening do`stim. Zafar Diyor, 49-bet. 15.Yaxshi niyat. Anvar Obidjon, 53-bet. 16.Maslahat. Ikandar Rahmon, 74-75-bet. 17.Yer nima der? Po`lat Mo`min, 87-bet. 18.O`zbek elim. Odil Abdurahmon, 96-bet. 19.Ming yashang. Yo`ldosh Sulaymon, 99-100-bet. 20.Ulug`bek bobom. Po`lat Mo`min, 103-bet. 21.Boychechak. Muhtarama, 104-bet. O`qish 2-sinfShe`r: O`zbekiston. Abdulla Oripov, 4-bet. O`zbekistonim. Hamza Imonberdiyev, 5-bet. Istiqlol. Jumaniyoz Jabbor, 6-7-bet. Humo qushi. Po`lat Mo`min, 7-bet. O`lka. Erkin Vohidov, 11-bet. Sohibqiron bobomiz. Muxtor Xudayqulov, 14-15-bet. Vatan. Narimon Orifjonov, 15-bet. Yur tog`larga. Usmon Nosir, 17-18-bet. Tilagim. Yo`ldosh Sulaymon, 18-19-bet. Kuz. Kavsar Turdiyev, 21-bet. Olma. Erkin Vohidov, 22-bet. Gilos. Erkin Vohidov, 22-bet. Bog`da. Qambar ota, 24-bet. Dehqonga ta`zim. Tursunboy Adashboyev, 25-bet. Kuzda. Habib Rahmat, 26-bet. O`quvchiga esdalik. Quddus Muhammadiy, 28-bet. Kitob deydi. Quddus Muhammadiy, 29-bet. Orzular Rauf Tolib, 30-31-bet. Bu ro`yxatni uchunchi hamda to`rtinchi sinf darslilaridagi she`rlar hisobiga yanada kengaytirish mumkin. Ammo shulardan ham ko`rinib turibdiki, she`r ilmi – jiddiy ilmdir. Albatta, darslikda berilgan har bir mavzu o`quvchilarning ongi va tushunchasi darajada berilib, mavzuning g`oyaviy-badiiy xususiyatlarini qanchalik idroq qila olishlari hisobga olinishi zarur. Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining «Barkamol avlod o`rzusi» nomli kitobda «Farzandlarimiz bizdan ko`ra bilimli, kuchli dono va albatta baxtli bo`lishlari kerak» deb ta`kidladanidek, yosh o`sib kelayotgan avlod yoshligidanoq tarbiyali, o`qimishli qilib tarbiyalanishi kerak. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda «Ta`lim to`g`risida» Qonun ham shu maqsadga qaratilgan. Boshlang`ich sinflarning o`qish darslari o`z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko`ra ta`lim tizimida alohida o`rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta`limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta`limini o`qish ta`limisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. O`quvchi matnni to`g`ri, tez, tushunib o`qish, mazmunini o`zlashtirish bilan ilk bor o`qish darslarida yuzlashadi. O`qish darslari orqali o`quvchilarning Davlat ta`lim standartli (DTS) talabalari bo`yicha o`zlashtirishlari ko`zda tutilgan o`quv- biluv ko`nikma-malakalari hamda bilimlari egallashlariga yo`l ochiladi. Aynan o`qish ta`limida insonning, avvalo, o`zligini, qolaversa olamni anglashga bo`lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda «O`qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o`rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma`naviy qadriyatlar, xalqlar do`stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo`yicha atroflicha tushunchalar berishga mo`ljallangan badiiy, axloqiy-ta`limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. O`qish darslari savod o`rgatish davrida o`quvchilarni bo`g`in, so`z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o`qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o`qish texnikasi egallangandan so`ng o`qish muayyan mavzular bo`yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. Boshlang`ich sinf «o`qish kitobi» darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o`quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib Kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to`g`ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. shunga ko`ra, o`qish darslarining yetakchi xususiyati o`quvchilarning savodxonligini ta`minlash bilan birga, o`quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlarruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o`rganiladishgan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo`lib, ular ona tabiat yil fasllari, xalq og`zaki ijodi, mehnatga muxabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma`naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. O`qish darslari uchun tanlangan mavzular o`quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo`yicha ham bilim va tarbiya berishni ko`zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma`naviyat va tabiat mavzular alohida ajralib turadi. ulardan ko`zlangan maqsad o`zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog`liq tuyg`ularni uyg`otishdir. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam. mehnatsevarlik kabi mavzular o`qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo`lib, 2 sinf «O`qish kitobi»dagi «Ona yurtim-oltin beshigim» bo`limiga kiritilgan «O`zbekistonim» (H.Imonberdiyev), «Istiqlol» (J.Jabborov), «O`lka» (E.Voxidov), «Yur tog`larga» (U.Nosir), 3-sinfda «Ona bita, Vatanyagona» bo`limidagi «Vatan haqida she`r» (A.Avloniy), «O`zbegim» (E.Voxidov), «Vatan mo`tabirdir» (X.Davron), «Bilib qo`yki, seni Vatan kutadi» (T.Malik), 4-sinfda «O`zbekiston» - Vatan manim bo`limidagi «Serquyosh o`lka» (Z.Diyor), «Iqboli buyuksan» (A.Oripov), «Toshkentnoma» (M.(Shayxzoda), «Xarita» (N.Norqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o`tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ilug` siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to`g`risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o`quvchilarni faqat o`tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, vatan oldidagi farzandlik burchi va masuliyatini teran anglashga ham yordam beradi. ularda Vatanga muxabbat tuyg`usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o`timishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o`quvchilar o`tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo`ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo`lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Tabiatga oid mavzular yordamida o`quvchilar tabiatdagi o`zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o`quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga. unga nisbatan to`g`ri munosabatda bo`lishga o`rgatadi. Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashga tabiat bag`riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o`rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlil vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. Umuman, «O`qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug`atini boyitishga, og`zaki va yozma nutqini to`g`ri shakllantirish va nutq madaniyatini o`stirishga ham qaratiladi. Amaldagi «O`qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o`tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o`rgatiladigan «Ajdodlarimiz - faxrimiz», «Ilm – aql chirog`i», «Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4 sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o`quvchilarning oldingi bilimlarini to`ldiradi va boyitadi. Uzluksiz ta`limning boshqa bosqichlaridan farqli o`laroq, boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o`quvchilarning o`qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta`limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma`naviy-axloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas bog`lab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang- barangligiga, poetik mukammalligiga, o`quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e`tibor qaratiladi. O`quvchilar darsliklar yordamida o`zlashtiriladigan bilim, ko`nikma va malakalarning kelajak hayotda zarur bo`lishini tushunib yetishishlariga erishish o`quvchilar oldidagi muhim vazifalardandir. Boshlang`ich ta`lim bo`yicha DTS va «Ona tili» o`quv dasturida o`qish ta`limi oldiga qo`yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o`qishni to`g`ri tashkil qilish, o`qish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg`or pedagogik texnologiyalardan o`rinli foydalanishga ko`p jihatdan bog`likdir. Shu o`rinda, bir fikrni aytib o`tishni o`rinli hisoblaymiz. Bir qancha o`qituvchilar, metodik qo`llanmalarning avtorlari adabiyotni faqat o`quv materiali deb hisoblab, adabiyot darslari bolalarga faqat plan tuzishni, qahramonga xarakteristika berish yo`llarini, ularning og`zaki va yozma nutqini o`stirishni o`rgatadi, deb talqin qildilar. Ular adabiyotning estetik ta`sirini, shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam berishni ikkinchi o`ringa qo`ydilar, ba`zan adabiyotning bu xususiyatini batamom unutib qo`ydilar. Shuningdek maktabga adabiyot darsi hozirgi zamon hayoti bilan yaqndan bog`lanmadi va o`quvchilarni uncha qiziqtirmadi. Bu hol o`qituvchining zimmasiga adabiyot darsini qayta ko`rish va uni yangi talablarga mos shaklda tashkil qilish kabi g`oyat muhim vazifani qo`ydi. Hozirgi o`rta maktablarda adabiyot o`qitishni ijtimoiy hayot talablari bilan o`quvchilarning mehnati bilan uzviy bog`lash ta`limning bosh masalasidir. O`quvchilarga beriladigan bilim va ularga hosil qilinadigan ko`nikmalar ta`sirli, o`quvchilarning yangicha yashashlari va ijodiy mehnatlari uchun yordam beradigan bo`lishi lozim. Bu talab o`qituvchining diqqat markazida turishi kerak. O`qituvchi o`quvchilarga adabiyot fani asoslarini, adabiyot tarixi va nazariyasi puxta tushuntirib borishi lozim. Lekin fan asoslarini tushuntirishda uning hayotiyligini, biror maqsadga qaratilganligini o`quvchilar ongiga singdirib borish zarur. Shundagina adabiyotning zamonaviyligi to`g`ri ochiladi va o`quvchilar adabiyotni o`z hayotiy tajribalari bilan bog`lay oladilar. O`quvchilarning hayotiy tajribalari cheklangan, ularning odamlar haqidagi tushunchalari hali zaif, subyektiv va beqaror bo`ladi. Badiiy adabiyot o`quvchilarning tasavvurini kengaytiradi, ularning ko`zi oldida yangi dunyo yangi hayot ochadi, ularning xilma-xil davrlarga olib kiradi, har xil odamlar va ijtimoiy sinflar bilan tanishtiradi. Shu tariqa, badiiy adabiyot o`quvchilarning inson va jamiyat haqidagi tasavvurlarini kengaytirib boradi, ularning shaxsiy tajribalarini tartibga soladi va chuqurlashtiradi, kuzatishlarini o`tkirlashtiradi, insonning tabiatini bilishga o`rgatadi. Adabiyot o`qitishning yana bir fazilati shundan iboratki, o`qish va asarni o`rganish o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirishga kuchli ta`sir etadi. Bolalar maktabga kirgan vaqtlarida ozgina so`z zapasiga ega bo`ladilar. Ular o`z nutqlarida shevaga xos so`z va iboralarni ko`proq ishlatadilar, jumladan ko`pincha noto`g`ri tug`ri tuzadilar. So`z san`atkorlarining programmaga kiritilgan asarlari nutq madaniyatini taraqqiy ettirishda asosiy rol o`ynaydi, o`quvchilarni adabiy nutqqa o`rgatishda katta yordam beradi. O`qituvchi esa o`quvchilar nutqining lug`aviy, mantiqiy va grammatik jihatdan o`sishiga alohida diqqat qilishi lozim. Demak, o`quvchilarga badiiy adabiyot vositasi bilan axloqiy-estetik tarbiya berish hozirgi maktablarimizning asosiy vazifasidir. O`quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o`rgatish, kitobga muhammat uyg`otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko`tarish. O`quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. O`quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yutuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash. O`quvchilarning bog`lanishni nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o`stirish. O`quvchilarning xayolot olamini boyitish. Elementar adabiy tasavvurini shakllantirish. Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta`limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo`lib ular zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o`zaro bog`liq holda va sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlari jarayonida hal qilinadi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta`lim berishning ilg`or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o`quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o`rta ta`limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta`kidlangan. Ilg`or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o`qituvchi va o`quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi. Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan o`qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o`qishga o`rgatish yo`l-yo`riqlarini o`qish metodikasi ishlab chiqadi. O`qish metodikasi kichik yoshdagi o`quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. O`qish darslarining samaradorligi ko`p jihatdan ta`lim metodlarining to`g`ri tanlanishiga bog`liq. Binobarin, fanning o`zi kabi o`qish metodlari ham doimiy rivojlanishga bo`ladi. Masalan, eski maktablarda o`qish quruq yod olish metod asosida o`rgatilgan bo`lsa, hozir izohli o`qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so`zlarga izoh berishga, ma`nosini tushuntirishga, o`qilganni qayta hikoyalashga, umuman olganda, o`qishning ongli bo`lishga mutlaqo e`tibor berilmagan. Ularda ko`proq to`g`ri talaffuz, qiroat bilan o`qish ifodali o`qish nazarda tutilgan. Hozir maktablarda o`qish izohli o`qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug`iladi: Izohli o`qish nima? Izohli o`qishga XIX asrning 60-70 yillarida rus pedagogi K.D. Ushinsikiy asos solgan, u o`qishga o`quvchilarni «ongli tushunib, o`ylab o`qishga» o`rgatishni alohida ta`kidlaydi va uni «Izohli o`qish» deb nomlaydi. Izohli o`qish K.D.Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o`qish o`quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o`quvchilarga o`qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog`liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar. Professor Asqar Zunnunov o`qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, o`quvchilarning oldin bilimlarini o`zlashtirishga, so`ng yod olishlariga e`tibor berilishi ta`lim jarayonida izohli o`qish deb nomlanganini ta`kidlaydi. Demak, izohli o`qish deb o`ylashga, his qilishga, asarni to`liq idrok qilishga, o`qilganning mazmunini o`zlashtirishga olib keladigan o`qishga aytiladi. Izohli o`qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan qoyani anglashni ta`minlaydi. Izohli o`qish quyidagi tamoyillarga to`liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo`ladi: O`qishni hayot bilan bog`liq holda tashkil etish. O`qishning ongli va ta`sirchan bo`lishi uchun o`quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish. O`qishni ko`rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o`simliklar dunyosini kizatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o`quvchilarning ifodali o`qishi tarzida olib borish. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida asosan she`rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o`qib o`rganiladi. Tabiyki ularning har biri o`ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o`ziga xos usulda o`qib o`rganish taqozo qilinadi. Badiiy asarni izohli o`qishga yaqin bo`lgan metodlardan biri ijodiy o`qishlardir. Atoqli emetodist olim N.I.Kudryashov ijodiy o`qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi: o`qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o`qishi hamda o`quvchilarning asarni to`g`ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emosional idrok etishlarini t`minlash maqsadini ko`zda tutuvchi so`zi; o`qilgan asardan o`quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini chuqurlashtirish maqsadida ega bo`lgan va ularning diqqatini matnning muhim g`oyaviy va badiiy xususiyatlari sari yo`naltirilgan suhbat uyushtirish yoki o`qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo`yilishi; d) o`qituvchining asar o`qilganidan keyin o`quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida tug`ilgan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko`zda tutuvchi so`zi. Ko`rinadiki, ijodiy o`qish izohli o`qishdan farqli o`laroq, to`g`ridan-to`g`ri matn mohiyatini ochishga ijodiy yondashini taqoxzo etadi. Masalan, 4-sinfda A.Oripovning «Dehqonbobo va o`n uch bolakay qissasi» asarini ijodiy o`qish metodi asosida o`rganish jarayonida matn mazmuni va shoir qoyaviy niyatidan kelib chiqib Vatanimiz hududlaridagi aholining yashash tarzi bilan bog`liq milliy xususiyatlar haqida ham atroflicha tushuncha beriladi. 2-sinfda «O`tinchi yigit», 3- sinfda O`tkir Xoshimovning «Xazonchinak», 4-sinfda S.Anorboyevning «Qo`rqoq» asarlarini ham ijodiy o`qish metodi asosida o`qitish ijobiy o`qish metodi asosida o`qitish ijobiy samaralar beradi. Avvalo, o`qituvchi shunday temani bir butun holda tasavvur qilishi zarur, ya`ni turmushni bilish nuqtai nazaridan bu tema o`quvchilar uchun qanday yangiliklar berishi, bu tema bolani axloqiy-estetik jihatdan qanday tarbiyalashi, badiiy mahoratni tushunish va o`quvchilarning nutqini o`stirish kabi masalalar o`qituvchining diqqat markazida turishi zarur. Mana shunday umumiy vazifalar aniqlangandan so`ng, adabiy materiallarni har bir darsga bo`li zarur. Har bir dars metod va usul tomonidan xilma-xil bo`lishi mumkin va o`quvchilarning qiziqishlarini so`ndirmaslik, ularning asardan olgan taassurotlarini zaoiflashtirmaslik lozim. Har bir dars tamomlangan bo`lishi va o`tgan dars bilan, kelgusi yangi dars bilan bog`lanishi zarur. O`qituvchi dars planini tuzayotgan vaqtida sinfning ahvoli uning diqqat markazida turishi kerak. Agar darsga kirgan ilmiy bo`lim mudiri yoki biror ona tili va adabiyot o`qituvchisi asarni murakkab va zerikarli deb topsa, dars planini qaytadan tuzish va materialga ijodiy munosabat bo`lish zarur. Materialni takrorlash asosida yangi materialni o`zlashtirish darsi tashkil qilinadi (takrorlash o`quvchilarning bilimini tekshirish va baholash bilan bog`lanmaydi). O`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning yangi materialni o`zlashtirishlari va ayni vaqtda ularning o`zlashtirganliklarini tekshirish. Bilimni mustahkamlash asosida o`quvchilarning mustaqil ishlari. Boshqa dars materiallari asosida uzoq o`tilganlarni takrorlash. Darsning hamma bosqichlarida o`quvchilarning bilimlarini aniqlash. Jurnalga baho qo`yish. Boshlang`ich sinf o`quvchilarga ifodali o`qish ham boshlang`ich ta`lim tizimida mantiqiy o`qish (matnni to`g`ri, tushunib, tez (me`yorida) o`qish) va adabiy o`qish mukammal o`zlashtirilganidan so`ng ifodali o`qishga o`tiladi. U yod olingan she`riy asarlarni ifodali o`qishni ham o`z ichiga oladi. Ifodali o`qishning muvaffaqiyati o`quvchilarning asar mazmuni, g`oyaviy-badiy xususiyatlari haqida muayan tushunchaga ega bo`lishi bilan bog`liq. Ohang va intonasiya she`riy asarlarni ifodali o`qishga qay darajada muhim bo`lsa, nasriy asarlarni o`qishga ham muhim talablardan biridir. Nasriy asarlarni ifodali o`qishdan oldin unda qanday g`oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To`xtaboyevning «Xatosini tushungan bola» hikoyasini ifodali o`qishdan oldin o`quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo`lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to`g`risida tushuncha beriladi. Ifodali o`qish oldiga qo`yilgan bu talab M.Abdurashidxonovning «Har kim ekkanini o`rar», Sh. Sa`dullaning «Laqma it», A.Oripovning «Dehqonbobo va o`n uch bolakay qissasi» kabi she`riy hikoyalarini o`qishga ham xosdir. Boshlang`ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o`qish katta ahamiyatga ega. Badiiy o`qish ifodali o`qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so`z san`atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o`quvchidan asar ruhiga batamom kirishi, san`atkorona o`qishni talab etadi. Badiiy o`qishga asar qahramonlarining ruhiy holat, kechinmalari to`la anglab etilgandagina ta`sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o`qishga tayyorgarlik ko`rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Boshlang`ich sinflarning 3-4 sinlarida badiiy o`qishning muvaffaqiyatini ta`minlaydigan omillardan biri tanlab o`qishdir. Masalan, 3-sinfda X.To`xtaboyevning «Xassa» hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkatning javoblari yoki S.Anorboyevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashish epizodi yuzasidan o`qituvchi topshirig`iga ko`ra mazkur o`rinlarni tanlab qayta o`qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy estetik qimmatini chuqurroq o`zlashtirishga erishiladi. Boshlang`ich sinflarning 3-4 sinlarida voqyea va tafsilotlar asosida o`quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qaxramonlarga baho berishda keng qo`llaniladigan usuldir. O`qish darslarida reproduktiv metod keng qo`llaniladi. Masalan, o`qituvchi dastlabki darslarda o`zi asar matnini qismlarga bo`ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo`lgan muhim fikriga o`quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko`rsatadi, o`quvchilar bilan birga tasivr vositalariga yuklatilgan ma`noni ochib, o`quvchilariga ko`maklashadi.Bularning bari o`quvchilar uchun bir ko`rsatma vazifasini o`tadi. Shundan so`ng o`quvchilar o`qituvchilarning ko`rsatmalari yordamida yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni o`zlari mustaqil ravishda bajaradilar. Yuqorida ta`kidlangan metodlardan tashqari, boshlang`ich sinf o`qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan «Aqliy xujum», «Tarmoqlash», «Guruhlar bilan ishlash», «Blis texnologiyasi» kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo`llash o`qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va ruxta ishlab chiqilishi kerak. O`qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari. Dastur talablarini to`liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o`qish ko`nikmalarini to`g`ri va puxta egallash va takomillashtirilib borish zarur. O`qish ko`nikmalari savod o`rgatish jarayonida shakllanadi, o`qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi. O`qish malakalari deganda badiiy asar matnini to`g`ri tez, ongli va ifodali o`qish tushuniladi. O`qish darslarida o`quvchilarning o`qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O`qish malakasining sifatlari o`zaro bog`liq bo`lib, ularningasosi ongli o`qish hisoblanadi. O`quvchi matnni tez va to`g`ri o`qisa-yu. anglab o`qimasa yoki uning tez o`qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to`g`ri o`qisa- yu, o`ta sekin o`qisa, nutq birliklari orasida to`xtamlarga e`tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to`g`ri o`qish ongli o`qishga xizmat qiladi, to`g`ri, tez va ongli o`qish esa ifodali o`qishning asosi hisoblanadi. O`qish malakalarini egallash maktabda o`qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o`zlashtirishning muhim sharti xisoblanadi. 3-sinf «O`qish kitobi» darsligida berilgan Miraziz A`zamning bir talay she`rlari oddiy haqiqatni lo`nda qilib berishga bag`ishlangan. Masalan, Miraziz A`zamning «Yer aylanadi» she`rini olib qaraylik. Bu bir oddiy gap, axir necha ming asrdanberi u aylanadi, yana aylanavereradi, bu haqda jozibali eshe`r bo`lishi mumkin emas, degan tushuncha xayolingizdan o`tadi. Lekin she`rni o`qiydigan bo`lsanshgiz sizning tasavvuringiz butunlay o`zgaradi. Murg`ak qalb u yoqda tursin biz kattalar ham yerning aylanishi, onlarning o`tishi, shamolning esib turishi bidlan o`sib-ulg`ayishimiz, kamodl topishimiz, bunyodkorlik ishlarimiz ko`z o`ngimizdan o`tadi. Qilgan yaxshi-yomon ishlarimizni o`ylaymiz. «Yer aylanadi» - xuddi shu haqda bahs yuritadi: Asta-asta shamol esadi, Asta-asta yer aylanadi. Asta-asta odam o`sadi, Asta-asta aylanadi. Asta-asta ulg`ayar aql, Asta-asta yer aylanadi. Asta-asta yetilar naql, Asta-asta yer aylanadi… Boshlang`ich sinf o`quvchilari, xususan, 3-4 sinflar hayot murakkabligidan unchalik xabardor emas. Ular o`qituvchilarning ko`magida, o`zlari tinglagan badiiy asarlar yordamida olam mujizalari, va turmush bilan tanishib boradilar. O`qish faoliyatning asosiy turi bo`lib, o`quvchilarni g`oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o`qish malakalarini o`stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi. O`qish malakasini egallash ancha murakkab bo`lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T.G.Yegorov o`zining «Ocherki psixologii obucheni detey chteniyu» nomli asarida o`qish malakalarini shakllantirish jarayonini ish bosqichiga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqichi va avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o`rgatish davriga to`g`ri keladi, bunda so`zni bo`g`in harf tomonidan tahlil qilish va bo`g`inlab o`qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so`zni sidirg`a o`qish xarakteridir; bunda so`zni ko`rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so`z ma`nosini anglash bilan asosan mos keladi. O`qish so`z ma`nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O`quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o`tadilar. Bundan keyingi yillarda o`qish avtomatlasha boradi. O`qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o`qish malakalarini takomillashtirishga yo`naltirilgan bo`lsin. To`g`ri o`qish xato qilmasdan, yanglishmasdan o`qish tushuniladi, ya`ni to`g`ri o`qish so`zning tovush-harf tarkibini, grammatik shakllarini buzmasdan, so`zdagi tovush yoki bo`g`inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushi qo`shmay, harflar o`rganini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so`zga urg`uni to`g`ri qo`yib o`qish hisoblanadi. M.Odilova va T.Ashrapovalar «Adabiy talaffuz me`yorlariga qo`yilgan barcha talablar to`g`ri o`qish ko`nikmasiga ham taalluqlidir», - deb ta`kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to`g`ri o`qishga qo`yilgancha ta`rif bergan: «To`g`ri o`qish – bu materialning tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko`chirishdir». Demak, to`g`ri o`qish so`zning tovushi tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me`yorlar asosida o`qishdir. Download 235.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling