Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (I- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
119 
library.ziyonet.uz/ 
 
Olib egniga mahdin nozaninlar,  
Yurub ollida giryon mahjabinlar.  
Solib bir borgah kunjida taxte,  
Toʻshab ul taxt uza shohona raxte.  
Ani taxt uzra qoʻydilar chekib oh,  
Ne ul eldin, ne oʻz holidin ogoh.  
Ketur, soqiy, sharobi bexudona  
Ki, bexudluq bila boʻldum fasona.  
Ajab behush oʻlubmen ishq aro bil,  
Meni bir jom ila behushroq qil. 
 


Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
 
 
Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
Farhod Va Shirin (davom) 
XXXII 
Farhodning madhush dimogʻiga hush bogʻidin nasim yetmak va nasimdek tebranib togʻ sori 
azimat etmak va tesha bila togʻ bagʻrin yormoq, balki togʻ roralarni havogʻa uchurmoq bila 
qiyomat qoʻrarmoq va Shorur ani raydo qilib Shirinni aning gʻami ishqi shaydo qilmoq va 
Shirinning koʻngli xorasini aning teshasi fikri xarosh qilgʻonin Mihinbonu ma’lum qilib, 
teshadek tafakkur boshin quyi solmoq va gohi diljoʻyluq bila ul bedilgʻa koʻngul bermak, balki 
koʻeglin olmoq 
Bu mahd alvohigʻa qilgʻon nigorish,  
Bu yangligʻ qissagʻa berdi guzorish  
Ki, chun zoyil boʻlub Farhoddin hush,  
Ani yotquzdilar taxt uzra madhush.  
Ne ul ogah tiriklik olamidin,  
Ne jismida asar raydo damidin.  
Qolib bu nav’ ikki kecha-kunduz,  
Olib gah-gah nafas, lek ochmayin koʻz.  
Hayoti qaydidin Shirin qilib shoʻr,  
Yangi jon topibon bechora Shorur.  
Uchinchi kecha uyqu el koʻziga  
Kim, ul ochib koʻzin, keldi oʻziga.  
Koʻrub shohona taxtu borgohe,  
Yotib taxt uzra ul andoqki shohe.  
Necha ul hol aro qildi tafakkur,  
Tafakkurdin fuzun boʻldi tahayyur.  
Vale yodigʻa bu keldikim ul oy,  
Dema oy, oftobi olamoroy  
Aning sarvaqtigʻa solib edi nur,  
Boʻlub erdi necha soʻz dogʻi mazkur.  
Yaqin bildiki borgʻondur oʻzidin,  
Parining yo yuzidin, yo soʻzidin.  
Hayodin terga boʻldi abrdek gʻarq,  
Ul uydin chiqti sekrib oʻylakim barq.  
Tafarrus qildikim mehri diloro,  
Aning holigʻa qilgʻondur madoro
(1)
.  
Oʻzi chun qatlin ogʻoz aylagandur,  
Azo birla sarafroz aylagandur.  
Sevunub togʻ sari boʻldi shitobon,  
Xijolat birla qat’ aylab biyobon.  
Yetib oriqqa koʻp aylab takuru,  
Hayo teridin andoq oqizib suv.  
Topib metini birla teshasini,  
Ayon aylab ravon oʻz reshasini.  
Oʻzi birla debonkim: «Ul Parichehr,  
Meni majnunga muncha koʻrguzub mehr.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling