Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 9 library.ziyonet.uz/ Dedi: «Oʻltursun ul shoʻrida ahvol!» Oʻpub tufrogʻni xopokoʻbi (3) xoki Ulusni oʻrtab ohi dardnoki. Kelib yer tutti Bonu xizmatida Malak ul nav’kim gardun qatida. Mihinbonu navozish aylabon soz, Anga diljoʻyluqlar qildi ogʻoz. Debon har lahza shafqat birla bir soʻz, Hayodin ul tikib yerga iki koʻz. Shukuhu hilmi aylab elni bevazn, Giyohu xasqa togʻ ollida ne vazn. Adab birla berib gohi javobi Ki, har lafzi aning durri xushobi. Soʻzidin fahm oʻlub aqlu kayosat. Yuzidin bilgurub fahmu farosat. Bulargʻa munda mundoq rasm, qonun Ki, chiqti bir gʻubori toʻtiyogun. Chu rechu tob birla avj tutti, Falak yoʻqkim, quyosh aynin yorutti. Dedilar: «Bu gʻubori surmamonand Ki, tutti charx kuhli birla rayvand. Hamono xoʻblar sultoniningdur, Jamol avji mahi toboniningdur». Bu yon goʻyoki surmishdur takovar Ki, gardidin koʻrunmas mehri xovar. Ulusni surdilar ul suv boshidin, Ne suv, Farhod ila Bonu qoshidin. Yana Farhodni titratma tutti, Isigʻ dam jismida qonin qurutti. Mihinbonu kelib rand etti bunyod, Qasam Shirin boshidin aylabon yod Ki, ey farzand, bir dam tut oʻzungni, Dame asra koʻngul birla koʻzungni! Bu dam gar torsa hushung rishtasi rech Boʻlur bu necha yil qilgʻon ishing hech. Seni devonaligʻ gar qilsa magʻlub, Pari raykar boʻlur el ichra mahjub. Oʻzungni asra bir dam, boʻlma gʻoyib Ki, dahr ahli tilab tormas maoyib. Oʻzungni ham, meni ranjurni ham, Parishon aylama ul hurni ham. Bu yangligʻ koʻp sabaq irshod qildi, Muassir koʻp qasam ham yod qildi. Oʻzin zabt etkucha ul zori gʻamkash, Yetishti telba boshigʻa Parivash. Uzori birla oʻt olamgʻa solib, Samandardek ulus oʻt ichra qolib. Dema, yuz uzra zulfi anbarolud Ki, ul oʻt zohir aylab anbarin dud. Hamul oʻt shu’lasi oʻrtab jahonni, Bu dud aylab qaro yuz xonumonni. Kamoli sur’atidin sarvi gulroʻ Ravon aylab uzori oʻtidin suv. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling