Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 11 library.ziyonet.uz/ Demaykim tuz, tamomi togʻ ila choʻl. Yana qaytib samandin surdi chun tez Yeti-sekkiz yigʻoch boʻldi sabukxez. Nasimekim yuki siym oʻlgʻay oxir Taharrukda anga biym oʻlgʻay oxir (6) . Aningdek bodroyi tutti orom Ki, bosqon yerdin oʻtmas boʻldi bir gom. Bor erdi sursa chirmoshib ayogʻi, Pari raykar yiqilmoq xavfi dogʻi. Chu oshiq ongladi qilgʻoch taammul Ki, yeldin tushkudekdur yer uza gul. Yer oʻrmaklikka majnundek xam oʻldi, Quyosh ostida gardundek xam oʻldi. Koʻtardi orqasigʻa bodroni, Nechukkim bodro ul dilraboni (7) . Bir ilgi ikki qoʻlin qildi mahkam, Yana bir ilgi ikki butlarin ham. Aningdek roʻyada koʻrguzdi ta’jil Ki, gardi surma boʻldi mil dar mil. Mihinbonu ani nazzora aylab, Tora olmay ilojin chora aylab. Chu ikki-uch yigʻoch gom urdi shaydo, Boʻlub ollinda qasru havz raydo. Qadamni qoʻydi qasr ayvoni sori, Salomat raxshi birla shahsuvori. Turub ayvonda solim chun egib qad, Hamul turgʻon su birla sarvi gulxad. Boshigʻa sarvning aylandi filhol, Oʻpub yer, zor yigʻlab, yondi filhol. Chiqib togʻ uzra aylab ashkboron, Chekib un, oʻylakim abri bahoron. Chu ul qildi bulutdek togʻ uza mayl, Arigʻdin suv yetishti oʻylakim sel. Labolab ul sudin chun havz toʻldi, Arigʻlar dogʻi molomol boʻldi. Boʻlub suv qasr atrofigʻa doyir, Toʻkuldi dasht uza boʻlmoqqa soyir. Ariqqa qoʻydilar «Nahr ul-hayot» ism, Falakvash havzgʻa «Bahr un-najot» ism. Ketur, soqiy, tagʻori bahr timsol, Qadah kishtisin ul may bahrigʻa sol! Arigʻ ichmak erur jonim hayoti, Tugatmak bahri may umrum najoti. XXXV Mihinbonu bila Shirinning Farhodni firoq xoro kamari etagidin domangir boʻlub visol atlasi charxi haramida toʻqquz rarda ichra mahram qilib ziyofat harir va hullalari uzra majlis tuzatmoqlari va oʻn fanda oʻn sohib kamol qizkim, asharai komila alar ta’rifidin ushri ashir boʻla olgʻay, aning qoshinda izhori fazl qilib oʻzlarining qonidek, ya’ni yuzidek xijolat boshlarin quyi solmoqlari va Shirin-ning falak qasridin quyosh chiqqondek qasr hujrasidin chiqib mehri jamoli kavkabasi bila anjumanni ravshan qilmoqligʻi va Farhodi siyah sitora ollinda hiloliy jom aro |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling