Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 

library.ziyonet.uz/ 
 
XXXIV 
Farhodning «Ayn ul-hayot» suyin «Bahr un-najot» havzi arigʻigʻa ochib, koʻzidin ul chashma 
rashahotidek ashki rudin sochib, Armaniya sori xiromi va xaloyiqning ul arigʻ atrofida tamosho 
uchun gʻavgʻoyi omi va Parivashning Parikash devzodi roʻyadin qolmoq va Farhod devonavor 
Parikash bila Parivashin egniga olmoq va Armaniya togʻi sori barqdek gom solmoq va falaki 
qadxamdek mehr ostida yugurmak va mehrni falak ayvonigʻa yetkurmoq va junun 
Bu koʻhsor ichra xoro aylagan chok,  
Quyar mundogʻ ziloli sofiyu pok  
Ki, chun Farhod suv ochmoqqa ketti,  
Xabar har soridin Shiringʻa yetti.  
Kim, ul qozib arigʻe poku soda,  
Necha ishlar dogʻi aylab ziyoda.  
Yasab ul nav’ qasri charxmonand  
Ki, topib kungiri gardungʻa rayvand.  
Bu yangligʻ kilk ila tahriri oning,  
Bu yangligʻ naqsh ila tasviri oning.  
Qilib ishlarki, qilmay odamizod,  
Boʻlub koʻrmakdin oni odami shod.  
Qoʻyub koʻngliga yuz koʻhi alamni,  
Toʻkub koʻzdin tuman ming seli gʻamni.  
Urub ohidin oʻt hardam zabona,  
Suv ochmoq azmigʻa boʻldi ravona.  
Sanam xud tinmayin soʻzi nihondin,  
Tutar erdi xabar har lahza ondin.  
Va lekin bu xabarni chun eshitti,  
Qaroru sabri ketti, hushi itti.  
Buyurdikim: «Ravonroq kelturung ot»,  
Buyurgʻoch ashhabi kelturdilar bot.  
Ul ashhab girdu rast erdiyu rahvor,  
Nechukkim boʻlsa gʻalton durri shahvor.  
Chu chiqti yelga gulbargi taridek,  
Falak raxshiga mehri xovaridek.  
Kishi Bonugʻa
(1)
 chorturdi shitobon  
Ki, qildi sayr azmi mehri tobon.  
Quyoshdek sayrda bordur shitobi  
Ki, bir dam manzil etkay burji obi.  
Hamul xopokani roʻlod bozu
(2)
,  
Ariqqa men yetishmay qoʻymasun suv!  
Xabar chun bildi Bonu shod boʻldi,  
Surub bedil qoshigʻa uzr qoʻldi:  
«Ki, ey bizdin sanga yetgan malolat,  
Yetishmay bizga sandin juz xijolat.  
Dame tingʻilki qilding koʻp taku roʻy,  
Hamono azm etibdur sarvi gulroʻy  
Ki, ushbu sarzaminni ravshan etgay.  
Arigʻni sarvu guldek maskan etgay».  
Navozishlar qilib bedilni behad,  
Buyurdi soldilar ul yerda masnad.  
Chiqib masnad yuzida tutti orom,  
Hamul tavsanni aylab soʻz aro rom.  
Irak zaylucha ham soldurdi filhol,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling