Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
21 
library.ziyonet.uz/ 
 
Yuz urgʻon mulkni axtormish erdi.  
Dedi bori oning ovozasidin.  
Sadoyi husni beandozasidin  
Ki, olam ichra jannat huri uldur,  
Quyosh yangligʻ jahon mashhuri uldur.  
Eshitgan birla Xusrav moyil erdi,  
Bular kelmak gʻarazgʻa hoyil erdi.  
Chu tush-tushdin bu soʻzlar boʻldi raydo,  
Havas bir yoʻli koʻnglin qildi shaydo.  
Burun qildi muni koʻngli aro jazm  
Ki, Arman sori filhol aylagay azm.  
Solib ul gulsiton sori guzarni,  
Kiyurgay qoʻlgʻa sarvi siymbarni
(10)
.  
Yana qildi taammul saltanatdin  
Ki, shahligʻdur munofi ul sifatdin.  
Buzurg Ummid edi yoru nadimi,  
Ulus donosiyu olam hakimi.  
Bilib ravshan samakdin to samo ul,  
Anga har mushkil ishda rahnamo ul.  
Ani xilvatda chorlab ochti rozin,  
Sumanbar ishqidin soʻzu gudozin.  
Chu qildi borcha sirrin oshkora,  
Tavaqqu’ ayladi ul ishga chora.  
Hakim ul nav’ muztar koʻrgach oni,  
Taammul aylabon mumtad zamoni  
Dedi: «Bok ermas, osondur bu tadbir,  
Mizojing tormayin bu ishda tagʻyir.  
Muayyan aylagil ravshan zamire,  
Risolat shevasida benazire.  
Ichi durri maoni birla rurjoʻsh,  
Sadaf yangligʻ va lekin ogʻzi xomush.  
Sadafdek chunki ogʻzin ochqay oxir,  
Hadis oʻrnigʻa gavhar sochqay oxir.  
Anga ham taqvo oʻlsun, ham asolat,  
Mihinbonugʻa yetkursun risolat.  
Saloming birla aylab oni e’zoz,  
Debon vuslat soʻzin qilsun sarafroz.  
Agarchi arzi johu rif’at etkay,  
Vale boshi bu soʻzdin koʻkka yetkay.  
Eshitmishmenki Bonu kordondur,  
Pari raykar dogʻi bisyordondur.  
Chu savdo torsalar bu nav’ mavjud,  
Ilikdin bermagaylar bu sifat sud.  
Yaqinkim, aylab ul ishdin mubohot,  
Yiborgaylar risolat noqilin bot.  
Javobu muddao torsoq muvofiq,  
Qiloli fikrin oning anga loyiq.  
Vagar xud ochsa uzr aytur sari qoʻl  
Ki, aslo aql xud bermas anga yoʻl.  
Sangakim borcha ishga dastrasdur  
Aning fikri dogʻi dushvor emasdur».  
Chu arz etti soʻzin donoyi davron,  
Risand etti borin doroyi davron.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling