Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
22 
library.ziyonet.uz/ 
 
Topib andoq kishikim boʻldi mastur,  
Qilib bu muddaokim boʻldi mazkur.  
Rasuli kordon soʻzning tamomin,  
Chu qildi fahm, tez etti xiromin
(11)
.  
Kecha-kunduz demay borur edi yoʻl,  
Qadam qoʻygʻuncha Arman mulkiga ul.  
Ketur soqiy, qadahkim komim uldur  
Ki, ollimda ajab dushvor yoʻldur.  
Ne bir sogʻarki, sogʻar tut rayoray  
Ki, bu vodiyni bexud tay qilay, tay. 
XXXVII 
Xusrav elchisi Arman kishvarigʻa yetgoni va Mihinbonu munhiylariga muddaosin zohir etib, 
Bonu ani koʻrarga bazmi saltanat qurgʻoni va Hudhud Bilqis ollinda oʻlturgʻondek rasulning 
Bonu qoshinda oʻlturgʻoni va Sulaymoni zamon risolatin qushlar tili bila arz qilgʻoni va tovusni 
Anqo
(1)
 juftlugʻigʻa soʻz solgʻoni va Bonuning bahona domin ochqoni va hiyla donasin sochqoni 
va ul ziyrak qushning bu dona va domdin ram qilib qochqoni va farogʻbol hosil qilmay 
qahramonligʻ Qofigʻa ketgoni va ul Qof Anqosi bu ma’nidin gʻazab minqori bila 
Bu vodiy qat’ida qilgʻon sayohat,  
Bu yangligʻ qildi izhori fasohat  
Ki, chun Armangʻa yetti homili roz
(2)
,  
Boʻlub koʻnglida yuz turluk fusunsoz.  
Xabar yetkurdilar Bonugʻa navvob  
Ki, davlat bu taraf boʻlmish inontob.  
Rasule qasru toqi Kisraviydin,  
Ne Kispokim, bisoti Xusraviydin.  
Kelibdur aqldek boshtin-ayoq hush,  
Takallum vaqti goʻyo, yoʻqsa xomush.  
Solib Bonu quloq ul mojarogʻa,  
Tushurmak hukm etib mehmonsarogʻa.  
Koʻp aylab aklu shurb ichra zarofat,  
Buyurdi ulcha imkoni ziyofat.  
Yibordi nuktadoni hushmand el,  
Daqiq idpoklik mushkilrisand el  
Ki, noziklik bila aylab qiyosin,  
Nekim bor onglagaylar muddaosin.  
Qilib ma’lumi ul xayli yagona,  
Boʻlub dargah bisotigʻa ravona.  
Qilib arzida izhori xijolat  
Kim, ul xijlat-oʻq aylab arzi holat.  
Mihinbonu bilibkim, charxi soyir  
Yana ne bulajab la’b etti zohir.  
Dedikim: «Tongla asrab bor
(3)
 chogʻin,  
Muhayyo aylangiz koʻrmak yarogʻin.  
Koʻray e’zoz ilakim mehmondur,  
Ulugʻ yerdin yetishgan kordondur.  
Manga ma’lumi chun boʻldi xitobi,  
Degaymen har nekim boʻlgʻay javobi».  
Eshitgach hukm, yer oʻrtilar ul xayl,  
Chiqib hukm oʻlgʻon ishga qildilar mayl.  
Tushub Bonu tafakkur olamigʻa,  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling