Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 138 library.ziyonet.uz/ 2. Sarvi gulandom – aynan: gul yuzli sarv. Shirin koʻzda tutiladi. 3. Bu va avvalgi bir baytning mazmunn: muhandislik qilib u avval ariqning ikki yoniga ikki chiziq tortdi, uni qirgʻoqdan qirgʻoqqa uch quloch, chuqurligini esa ikki quloch (qilib rejaladi). 4. Baytning mazmuni: (Farhod) arigʻni gʻadir-budir joylarini tekislashda teshasining tosh taroshlash san’atini namoyish qilardi. 5. Baytning mazmuni: (Farhod) ikki tomondan toshlarni bir-biriga ulab, uning farshnnn (yotqizilishini) dandonaga oʻxshatib, kungurali terib borar edi. 6. Bu va avvalgi ikki baytning mazmuni: lekin (Farhod) toliqish va xoriqishga berilmay, toshni taxta-taxta qilib tekis yoʻnib, haligi reja tortilgan chiziqdan, qoidadan chiqmay (ishlar edi), u yoʻnilgan toshlarnn ildam olar, taxta-taxta qilib tayyorlanganlarini toʻshab, mahkamlab borar edi. 7. Bu va avvalgi bayt mazmuni: (Farhodning) toshni maydalaydigan metinidan sachragan toshlar oygacha yetardi. Bu uchar toshlardan oy atrofidagi gardishi qalqondek boʻlgan edi. 8. Baytning mazmuni: ariq oʻtkazish ishiga kirishgan (Farhod) yuz Bobil sehrini namoyish etdi. Bu yerda shoir Bobil – Yupiter sayyorasi nomidan ihom san’ati vositasida uning boshqa ma’nosiga ishora qilib kuchli, zoʻr va nihoyatda chaqqonlik degan mazmunda ishlatadi. 9. Baytning mazmuni: tinmay tosh kesib, bir hovuz ham bunyod qildi, uning kenglik oʻlchovi har tomondan 60 qulochdan edi. 10. Bu va avvalgi bir baytning mazmuni: bu ishlarda unga Shopur yordam berar, uning mohir qalami har bir (rasmga) oroyish berar edi. Bu odamning rasmini chnzsa, u pardoz berar, bu jonivorni tasvir qilsa, u parqanotlar yasar edi. 11. Chin suratxonasi – mashhur afsonaviy rassom va naqqosh Moniyning «Arjang» nomli san’atkorona bezatilgan qasri, koshonasi (ba’zi manbalarda uni kitob ham deyiladi) koʻzda tutiladi. XXXIV Bu bob sarlavhasida «Bahr un-najot» hovuziga suv ochilgani, bu voqeani olqishlagan xalqning quvonchli shovqin-suroni, Shirinning oti yurmay qolganida Farhod ularni koʻtarib ariq va hovuz tepasiga eltgani hikoya qilinadi. 1. Bonu – Mehinbonu koʻzda tutiladi. Koʻpincha Navoiy Mehinbonuni shunday ataydi. 2. Xorokani poʻlod bozu – poʻlat bilakli togʻ qazuvchi. Shoir Farhodni nazarda tutmoqda. 3. Xorokub – togʻ qoʻporuvchi. Farhod koʻzda tutiladi. 4. Bu va keyingi uch baytda shoir ariq ochilishini koʻrgani Shirin ot ustida terlab-pishib yelib kelayotganini ta’riflab deydi: Shirin yuzidagi xol gulbarg ustiga qoʻngan zogʻga oʻxshar, terlar esa bogʻni suv bosgandek edi. Uni shunchaki suv emas, na Xizrga, na Iskandarga nasib etmagan tiriklik suvi desa boʻladi. Latiflikda terlar gul ustidagi shabnam kabi donadona boʻlib, sunbul ustiga har nafas ulardan yuztasi toʻkilib turar zdi. Sochining qorongʻiligida yuz ming Iskandar tutun ichida qolgan samandardek koʻzga ilinmas edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling