Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 141 library.ziyonet.uz/ 10. Bu baytdagi «gulsiton» Arman mamlakatini, «sarvi siymbar» Shirinni anglatadi. Shoir bu oʻrinda ham istiora san’atini qoʻllaydi. 11. Bu baytdagi «rasuli kordon» aynan: ishbilarmon elchi» ma’nosini anglatadi. Shoir Xusrav Parvezning vaziri Buzurg Ummidni shunday deb atamoqda. Unga Armanga borib, Xusrav maqsadidan Mehinbonuni ogoh etish hukm qilinadi. XXXVII Bu bob sarlavhasida Xusrav elchisi Mehinbonuni maqsadda voqif etgani, bunga Mehinbonu har xil bahonalar bilan javob qilgani va elchi keltirgan xabardan Xusrav gʻazabi bayon etiladi. Shoir sarlavhada talmeh san’ati asosida Sharq afsonalaridagi Bilqis, Sulaymon obrazlari orqali hamda tashhis san’ati vositasida Anqo, tovus obrazlari bilan Xusrav, Mehinbonu, Shiringa aloqador fikrlarni ifoda qiladi. 1. Anqo – afsonaviy qush, balki qushlarning podshohi. Goʻyo u Qof togʻida yashar emish. 2. Homili roz – aynan: sir tashuvchi; bu yerda Xusravning elchisi (sovchi) koʻzda tutiladi. 3. Bor – darbor, saroy; bu yerda qabul ma’nosida ishlatilgan. 4. Baytning mazmuni: agar (Mehinbonu sovchilarga) ibo bilan boshqacha muomala qilay desa, yirtqich sher jayronga zulm qilishi mumkin. Shoir bu yerda istiora san’ati vositasida Xusravni gʻazanfar – yirtqich sher, Shirinni – jayron deb atamoqda. 5. Baytning mazmuni: olovga nozik ipak mato yaqin tura olmagandek, (temirchi) sandoni yuz mingta boʻlsa ham shishani sindirib yuboradi. Bu oʻrinda shoir Mehinbonudan rad javobi olgudek boʻlsa, Xusravning har qanday yirtqichlik qilishdan toymasligini ta’kidlamoqda. 6. Bu baytda ifodalangan Shirinning sovchilarga javobi Navoiy dostoni boʻyicha bosh xat boʻlib oʻtuvchi insoniylik, insonparvarlik gʻoyasining aniq va ravshan dalilidir. 7. Bu baytda shoir Shirinni Mehinbonu tilidan ta’riflab, uni odam naslining parisi, mushtariydek sayyoralari koʻp boʻlgan quyosh deb ataydi. Baytdagi «mushtariy» ikki ma’noda ishlatilgan. Biri – sayyoraning nomi (forscha uni «Birjis» ham deydilar); ikkinchisi – xaridor ma’nosidir. 8. Bu baytning ikkinchi misrasi orqali Navoiy irsoli masal san’atini qoʻllab, ishq-muhabbat bilan podshohlik boshqa-boshqa tushuncha, degan gʻoyani ifoda qiladi. Ayni choqda, uning zimnida shu mavzuda dostonlar yaratgan oʻz salaflariga oʻtkir kinoya ham yotadi. Chunki ular Xusravni Shirinning haqiqiy oshigʻi va shavkatli shoh sifatida talqin qilganlar. Bu oʻrinda yana shoirning doston avvalidagi «Boʻlub Shiringa oshiq podshohvar» (ya’ni Shiringa podshohcha oshiq boʻldi) degan istehzoli misrani eslash joyizdir. 9. Bu bayt mazmuniga singdirilgan fikrda Navoiyning umuman saltanatga, johil saltanat egalariga boʻlgan ochiq nafrati oʻz aksini topgan. XXXVIII Bu bob sarlavhasida Xusravning Shirin tomonidan kelgan javoblardan achchigʻlanib, Armaniyaga qoʻshin tortgani, Farhodni qoya ustida koʻrib, uni tutmoqchi boʻlgani, Farhod soʻzlaridan Xusrav qalbiga tigʻ sanchilgani bayon etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling