Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 144 library.ziyonet.uz/ boʻri haqida soʻzlab Yusufi Kan’onni yodga oladi. Rivoyatga koʻra, Yusufnnng ogʻalari uni chohga tashlab, koʻylagini qonga belab, Yusufni boʻri yedi, – deb otalariga eltadilar. Navoiy bu yerda ihom san’atidan foydalanadi. Zeroki, yuqoridagi mazmun asosiy maqsad esa-da, baytda birinchi idrok etiladigan ma’no Farhodning Yusufdek goʻzal chiroyi bor Shirinni yodlashidir. 4. Navoiyning bu baytdan boshlanadigan nido san’ati asosida Farhod qalbi hayajonlari va ruhiy iztiroblarini ifoda etuvchi uning subhga, quyoshga murojaati nihoyat yuksak darajada boʻlib, ideal oshiqning ta’sirli va samimiy ichki tuygʻularidir. Bunday xususiyatlar Navoiy ijodiy metodining, asosan, romantik xarakterda ekanligini koʻrsatadi, uning ijodini jahon adabiyotidagi eng buyuk romantiklar ijodi bilan tutashtiradi (Hayitmetov A. Navoiy ijodi metodi masalalari. 107-bet). XLIII Bob sarlavhasida Farhodning qora kunga qolganligi, hajr shomida qiynalganligi bayon etiladi. 1. Bu va keyingi baytda shoir istiora san’ati asosida Farhodning ayanchli ahvolini, chekayotgan azoblarini tasvirlab, uni gʻam-anduh dengizining nahangi, balo va dard togʻining yoʻlbarsi, junun vodiysining Majnuni, Majnunigina emas, bu vodiyning dev-shamoli – quyuni deb ataydi. 2. Bu va keyingi bayt mazmuni: har kuni agar kishi ming baloni tortsa ham, u balolar tun balosidek qattiq tuyilmaydi. Unga (ya’ni Farhodga) bu hajr kunlarida har bir shom qorongʻuligi mashaqqat zulfidan (sirtmoq) tashlar edi. 3. Muazzin xalqi – azon aytuvchi (soʻfi)ning boʻgʻzi demakdir. 4. Baytning mazmuni: bu isitma orasnda u (ya’ni Farhod) oʻz labidagi uchuqdan bahra olar, uchuq zardobidan ogʻziga har damda zahar tomib turar edi. 5. Shu baytdan boshlab, Farhrd zolim falakka xitob qilib, taqdirdan noliydi. Bu oʻrinda «sipehr» faqat ilohiy ma’nodagi «taqdir», «falak» tushunchasini emas, balki undan keng ma’noni, jamiyat va mavjud muhit tushunchalarini, undagi zulmni tugʻdiruvchi tartib va qoidalarni ham anglatadi (Hayitmetov A.Navoiy ijodiy metodi masalalari, 109bet). 6. Tiyr – Atorud (Merkuriy) sayyorasi, yulduzi shunday deb ham ataladi. 7. Bu baytda shoir Zuhra yulduziga xitoban: bir pastgnna musiqang torini tuz; men oʻlarga yetdim. Hazin (yigʻloqi) kuyingni boshla, deydi. 8. Saodat axtari – baxt yulduzi demakdir. Bu yerda Shirin koʻzda tutiladi. 9. Baytning mazmuni: u (ya’ni Farhod) tongga qadar yerga yumalab, har mojaro ustiga yuz mojaro qildi. 10. Bu va avvalgi baytning mazmuni: modomiki, gʻam tuni uni oʻldirgan ekan, tongning olovli quyoshi haqida soʻzlashdan ne foyda. Makkor falakning odati shu emishki, u avval zaharlab, soʻngra zaharga qarshi dori beradi. XLIV Bu bob sarlavhasida Farhodning zanjirsiz zindon atroflarida yurganini eshitgan Xusrav uning qoʻriqchilarini jazolamoqchi boʻlgani, Farhodning hayot ekanligidan xabar topgan Shirin unga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling