Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 135 library.ziyonet.uz/ XXIX Bu bob sarlavhasida Farhodning taxta ustida Yaman mamlakati tomon suzib borib, savdogarlar kemasidagilarni xalos qilgani, kema qaroqchilar hujumiga uchragani, Farhod ularni yenggani va Shopur bilan doʻstlashgani bayon etiladi. 1. Yaman – Arabiston yarim orolining janubidagi mamlakat. 2. Shopur – Nizomiyda bu obraz Xusravning qissaxoni, Shirin bilan Xusrav munosabatlarida vositachi, koʻmakchi sifatida talqin qilingan. Xusrav Dehlaviyda ham Shopur Xusrav bilan birga yuruvchi, unga turli ajoyib-gʻaroyibotlar hikoya qilib yupatib yuruvchi shaxs. Xusravga Shirinning rasmini koʻrsatib, Armaniya oʻlkasiga birga ketgan ham Shopurdir. Navoiyda esa Shopur Farhod bilan tasodifan uchrashib sodiq doʻstiga aylanib qolgan, mohir naqqosh va insonparvar shaxs sifatida talqin etiladi. 3. Toyif– Hijozdagi bir shahar nomi. 4. Qorurai naft– neft' solingan shisha idish. 5. Furza– arabcha: koʻrfaz, qoʻltiq. 6. Yaman oʻzining tabiiy boyligi aqiq (qimmatbaho qizgʻish tosh, haqiq ham deyiladi) bilan mashhur boʻlgan. Shoir bu baytda Yamanda dengiz qaroqchilaridan qutulganlari sharafiga savdogarlar uyushtirgan bir bazmda shu qadar toza may (mayi nob)lar tortildiki, Yamanda hatto aqiqlar ham bunchalik serob emas, demoqchi boʻladi. 7. Na’li bozguna urdi – maqol tarzidagi ibora boʻlib, aynan: na’l (taqa shaklidagi tamgʻa)ni teskari qoqmoq; maj. chalgʻitish, alahsitish demakdir. Shoir el qatori oʻz kori holi bilan mashgʻul yurgan Farhodning ishini taqdir teskarilab, chappalashtirib yubordi, deydi. XXX Bu bob sarlavhasi Farhodning Shopur rahnamoligida Yamandan Arman mamlakatiga joʻnagani, Armaniyada togʻ qaziyotganlarning ogʻir mehnatini koʻrib, ularga koʻmaklashib ishga tushib ketgani va bu haqda Mehinbonu va Shiringa xabar yetgachi haqida darak beriladi. 1. Bu va avvalgi bayt mazmuni: lekin tosh shu qadar qattiq ediki, yuz marta tesha urilsa ham foydasiz, bir noʻxatchalik, noʻxat u yoqda tursin, koʻknori urugʻichalik ham tosh uchmas, kesilmas edi. 2. Qori – uzunlik oʻlchovi, quloch. 3. Ruhul-amin – arabcha: ishonch ruhi. Shoir bu yerda togʻ qazuvchilarning Farhodga unda oliy sifatlar koʻrib murojaat qilishlarini ta’riflaydi. Bu va keyingi baytda shoir qator sifatlash san’atini ishlatadi: (she’r ilmida buni «sifatchini» deb ataladi) ruh ul-amindek pok gavhar, malak, oliy guhar va h. k. 4. Hisn – kadimgi yahudiylar yashagan Madinaga yaqin qishloqning nomi. Bu soʻz asosan panohgoh qoʻrgʻon, istehkom, qal’a ma’nosida ishlatiladi. Shoir bu yerda Mehinbonu saroyini koʻzda tutmoqda. 5. Ba’zn tadqiqotchilar Mehinbonu Shirining ammasi, deb yozadilar. Bu baytda u Shiringa xola |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling