Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
132 
library.ziyonet.uz/ 
 
Navoiy tasvirlagan bu «Jomi Jam‖ning tasviri ba’zi belgilari bilan «ma’lum darajada oʻsha 
globus va kartalarni eslatadi» (Hayitmetov A. Tabarruk izlar izidan. 63-bet). 
XXV 
Bu bob sarlavhasida Farhodning Xoqon va Mulkoro bilan birga Suqrot hakim bilan 
uchrashganlari va uni topishda jahonni koʻrsatuvchi jomidan foydalanganlari ma’lum qilinadi. 
 
1. ―Koniyan minkon‖ – arabcha: kon boyligi kondan, degan ma’noni bildradi. 
 
2. Sayrafiy – arabcha: «sarrof» soʻzidan, zarshunos, qimmatbaho toshlarni baholovchi. 
 
3. Bu va keyingi baytda, tongni Suqrotga, nur uning jamoliga, quyosh usturlobga, osmon qogʻoz 
varagʻiga oʻxshatilib, shu bobning oʻziga muvofiq va boshqa boblardagidan tamoman farq 
qiladigan tong tasvirini beradi (Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. 131). 
 
4. Bu va keyiigi baytlarda Navoiy Suqrot yashaydigan joyning manzarasini beradi. U gʻoyat 
quyuq boʻyoqlarda obrazli qilib juda baland mahobatli, oʻrkachli togʻ, unda oʻsib yotgan ulkan 
daraxtlar, togʻ choʻqqilaridagi qorlaru, uning bagʻrida yurgan hayvonlar, chashmalaru gʻorlar, 
daryolarni ta’riflaydi. Bu shoirning peyzaj tasviridagi romantik uslubiga yorqin misoldir. 
 
5. Sidra – sttinchi osmondagi afsonaviy daraxt. 
 
6. Paygʻora – gʻor. 
 
7. Usturlab (astrolyabiya) – Sharq astronomiyasida quyosh va yulduzlarning yuksakligini 
oʻlchaydigan asbob. Bu yerda shoir Suqrot gʻoridagi oʻrgimchaklarni shu asbobga 
oʻxshatmoqda. 
 
8. Bu va keyingi baytlardan ma’lum boʻlishicha, Suqrot Xoqonga ikki javhar inoyat qiladi: biri – 
uning umri uzun boʻliishi, koʻp oʻlkalarni fath etishi, behad boyliklarga ega boʻlishi haqidagi 
bashorat; ikkinchisi – bir muhra (soqqaga oʻxshagan narsa) boʻlib, xastalik yuzlanganda ogʻizga 
olib aylantirgach, suvini yutilsa, dard chekinadi, kuch-quvvat paydo boʻladi, odam yasharib 
ketadi. 
 
9. Bu bayt mazmunida Suqrot Mulkoroga: – oldingizda bir xatar bor, u anosirning (arabcha: toʻrt 
unsur boʻlib, suv, oʻt, shamol va tuproq) ikkitasi – shamol va suv tufayli yuz beradi, deyiladi. 
 
10. Nuh – diniy aqidalarga koʻra, juda uzoq umr koʻrgan paygʻambar, uni ba’zi manbalarda 
Odami Soniy (ya’ni ikkinchi Odam Ato) ham deyiladi. Rivoyatlarda keltirilishicha, Nuh davrida 
40 kecha va 40 kunduz sel yogʻadi va butun dunyoni tutib ketadi. Shunda u oʻz yaqinlarini, 
tarafdorlarini va har hayvondan bir juftdan kemaga solib oladi. Dunyo suvga gʻarq boʻladi, 
yolgʻiz Nuh kemasi omon qoladi. Toshqin chekilganda Nuh kemasi Ararat togʻining bir 
choʻqqisida qoladi. Goʻyo Nuhning oʻgʻillari dunyodagi asosiy qabilalarni yaratgan emishlar. 
Shoir bu oʻrinda Suqrot tilidan Farhodga qarata garchi hayoting Nuh umricha boʻlsa ham oʻlim 
barhaq, deydi. 
 
11. Majoziy ishq – zohiriy insoniy ishq. 
 
12. Haqiqiy ishq – tasavvufda Xudoga boʻlgan muhabbat nazarda tutiladi. 
 
13. Baytning mazmuni: Farhod undan ayrilib faryod chekdi, u esa Sulayho kabi uzun yoʻlga 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling