Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


XXII  Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

XXII 


Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
130 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bu bob sarlavhasidan Farhodning ajdaho vodiysiga borgani, uni tor-mor qilib, ajdaho gʻoridan 
Afridun xazinasini topgani va barcha boylikni otasi va qoʻshiniga sovgʻa qilgann ma’lum 
boʻladi. 
 
1. Bu va keyingi bayt mazmuni: Qaraganda uning (ya’ni ajdahoning) ikki koʻzi xuddi neftning 
oʻtli bulogʻidek edi. Burun teshiklari vahshat tandiriga, balki neft' moʻrisiga oʻxshardi. Shoir bu 
yerda mubolagʻa san’atini qoʻllab, ajdahoning dahshatli qiyofasini tasvirlamoqda. 
 
2. Bu va keyingi bayt mazmuni: Farhod chaqqonlik bilan osmon kamalagidek yoyiga nayzadek 
oʻtkir oʻqni joyladi va ajdar ogʻziga shunday otdiki, hatto gurdi anjum – yulduzlar pahlavoni 
Mirrix hayratlanib uning qoʻlini oʻpdi. 
 
3. Bu va keyikgi ikki bayg mazmuni: bu gʻor osmon kabi yumaloq, agar uning markaz nuqtasini 
aniq topa olsang, u yerda qora tosh koʻmilgan, toshning vazni ming botmondan ogʻirdir. 
Qiliching uchi bilan atrofini ochib, qoʻllaring bilan uni oʻrnidan qoʻzgʻat. 
 
4. Zulfiqor – hazrat Alining ikki damli, gʻoyat keskir afsonaviy qilichi. Shoir bu yerda 
Farhodning ajdaho gʻori ichida topgan xazinasidagi bir qilichni Zulfiqorga oʻxshatmoqda. 
 
5. Bayt mazmuni: uning (ya’ni qilichning) yonida qubbasi falak quyoshidek porloq boʻlgan bir 
qalqon bor edi. 
 
Keyingn baytlarda shoir qalqon qubbasida Sulaymon oʻz uzugidagi kabi ismi a’zam oʻydirgani, 
qilichda ham bir ism yozilgan boʻlib, qilichning oʻtkirligi oʻshandan ekanligi va qilich 
gunohsizlarga zarba yetkazmasligi, yomonlarni, yovuzlarni esa ayovsiz ikkiga boʻlib tashlashi 
haqida fikr yuritadi. 
XXIII 
Bu bob sarlavhasi Farhodning Ahraman nomli dev yashaydigan oʻrmonga ot surgani va uni 
oʻldirib, Sulaymon uzugini qoʻlga kiritganidan darak beradi. 
 
1. Rustam – Firdavsiy «Shohnoma‖sidagi bosh qahramonlardan. U Zolning oʻgʻlidir. 
Rustamning dunyoga kelishi va unga ism qoʻyilishi haqida Firdavsiy shunday hikoya qiladi: 
Zolning xotini Rudoba ogʻir homila koʻtaradi. Oy-kuni yaqinlashganida dard boshlanishi bilan 
hushidan ketadi. Sarosimaga tushgan Zol afsonaviy qush Simurgʻ vositasida jarroh topib keladi. 
Jarroh onaning yonini kesib, bolani oladi. Hushiga kelgan Rudoba farzandini koʻrib xursand 
boʻladi va oh tortib (ya’ni azobu dardlardan xalos boʻldim ma’nosida) «Rustam‖ – deydi. 
Onaning ogʻzidan birinchi chiqqan ana shu soʻzni bolaga ism qilib qoʻyadilar. Oʻzining 
bahodirligi, adolatparvarligi va toʻgʻriligi bilan Sharq adabiyotida an’anaviy obrazga hamda 
mardlik ramziga aylanib ketgan. Bu yerda Navoiy Farhodning Ahramanni oʻldirganini 
Rustamning Mozandaronda Arjang devni tor-mor qilganiga oʻxshatmoqda (Bu haqda qarang: 
Firdavsiy. Shohnoma. 1 kitob. Oltinchi sarguzasht, Sh. Shomuhamedov tarjimasi, 353– 357-b.). 
 
2. Mozandaron – Erondagi tarixiy viloyat. IX–XII asrlar manbalarida Tabariston nomi bilan 
yuritilgan. 
 
3. Baytning mazmuni: Rustamdek qasr tomon yurdi. Eshikda raxshini mahkam bogʻladi. 
Baytdagi raxsh soʻzi Rustamning afsonaviy otining nomiga ishora boʻlib, bu yerda shoir istiora 
san’atidan istifoda etadi. 
 
4. Bu baytda Navoiy Ahramanni oʻldirgach, uning qasriga kirib borishi, qasr ichida toza, hali 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling