Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 127 library.ziyonet.uz/ 4. Baytning mazmuni: noranj daraxti (ya’ni apel'sin daraxti) oltindan xazina yaratib (ya’ni oltin rang mevalar solib), bargidan sariq libos kiygan edi. 5. Bayt mazmuni: shamol suv ichida oltin sochuvchilik qildi, (ya’ni) suv yuziga sargʻaygan xazon toʻkdi. 6. Bu bayt mazmuni: xazon naqqoshi bogʻ sahnini oltin bilan qoplash (zarhal qilish) uchun bogʻdagi (daraxtlarning) barglarini zarga aylantirar (ya’ni xazon qilar) edi. 7. Bu va keyingi 5 baytda Navoiy qish faslining gʻoyat goʻzal tasvirini beradi. Baytlar mazmuni: yel daraxtlar bargshsh sovurgach, sovuq suv simobini marmarga aylantirdi. Havo ham bulutdan kulrang poʻstin kiydi, bulut ham havoga simob sochdi. Qahraton qishning zargaridek, tiniq suv bolalariga kumush lavhalar tayyorlab berdi. Bulutdan tomgan har qatra suv sovuqning zoʻridan olamga marvarid donalari boʻlib yogʻilar edi. Ariqning suv olinadigan joyi halqumday boʻlib, sovuq uning ogʻzidan toʻkilgan soʻlakayini xanjarga aylantirdi. Osmon tundan koʻmir qilib, kechqurunlari unga shafaqdan oʻt yoqib turardi. 7. Bu va keyingi baytning mazmuni: sovuq issiqlikning haroratini kamaytirdi, olovdan uchqun uchirmay qoʻydi. Oʻtdan qolgan qiziq qoʻrning sinjobchalik (ya’ni silovsin, moʻyi oʻsiq, olmaxon terisidan tikilgan poʻstin) ham issigʻi yoʻq, yonib turgan shu’la esa oltoyicha (ya’ni, oltoy qizil tulkisining terisidan ishlangan poʻstin) ham iliqlik bermas edi. 8. Bu va keyingi baytlarda Navoiy Farhodning yana oʻsha kuydiruvchi dardli ohlar tortib, ano – gʻam-alamlarga toʻla jonni oʻrtovchi nolalar qilgani, birov yigʻlasa u ham zor-zor yigʻlagani, el ozoridan koʻngli ortigʻroq ozor topgani..., birov ishqdan hikoya boshlasa, u takror-takror eshitishni istagani, hajrdan soʻz boshlansa, ikki koʻzidan qonli yoshlar oqqani haqida yozadi. Xullas, Xoqon oʻgʻlini koʻngli uchun nimaiki qilgan boʻlsa, xato ekanini tushunadi va bundan hayron qolib sarosimaga tushadi. XVIII Bu bob sarlavhasida shoir Xoqonning podshohlik tojini Farhodga bermoqchi boʻlgani, uning esa otasidan uzr soʻrab rad etgani bayon qilinadi. 1. Bu baytning mazmuni: bu mamlakat ustida shohlik nogʻorasini chalgan zot soʻz sipohiga shunday tartib beradi. Bu yerda ushbu dostonni kuylayotgan shoir shunday hikoya qiladi, demoqchi. 2. Bu va keyingi baytning mazmuni: Burgut va Kuykanak (Ilvasin – mayda parranda ovlaydigan qushlarning bir turi)ni tutib, ovga solsalar uning ishini bunisi qila olarmidi. Agar arsa – shaxmat taxtasi boʻm-boʻsh qolsa ham undagi shoh donasi oʻrnini baydaq – piyoda egallay olarmidi?! Bu soʻzlarni Farhod Xoqonning toj taklifiga javoban aytadi. 3. Bu va keyingi 10 baytda Farhod uzrxohlik bilan: – men hali yoshman, vazifa esa ulugʻ. Shu choqqacha barcha ishlardan gʻofil, yolgʻiz ayshu-ishrat bilan band edim. Endi shoh inoyat qilsa- yu men biror kichik xizmatga jiddiyroq mashgʻul boʻlsam, uning rivoji va kasodini tushunib yetsam, xatolarimni tuzatib turilsa, ma’lum tajriba orttirgach, har qanday hukm boʻlsa, bajonidil bajarsam, – deydi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling