Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
125 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
13. Roʻyintan – aynan: bronza tanali; Firdavsiyning «Shohnoma»siga koʻra, Eron shohlaridan 
Asfandiyorning laqabi. Uning tanasiga zarba yetkazib boʻlmas ekan. Shoir Farhodning tanasini, 
uning kuchini Asfandiyordan ortiq deb ta’riflamoqda. 
XIV 
Bu bob sarlavhasidan Farhodning yigitlik chogʻlarida oʻynab-kulish oʻrniga gʻam-anduh chekib, 
bulbuldek figʻon qilishi, bundan diltang boʻlgan xoqon oʻgʻlini ovutish uchun toʻrt qasr bino 
qilish rejasini tuzgani ma’lum boʻladi. 
 
1. Bu va avvalgi uch baytning mazmuni: nayrangboz oʻyinchilar bevafo osmonga oʻxshab 
koʻkning aylana muhra (bu yerda «muhra» nayrangbozlarning jomchalar ostida yashiradigan 
soqqalari ma’nosida ishlatilgan) oʻgʻirlagan edilar. Ular oʻz nayranglarini koʻrsatar ekanlar, falak 
har lahzada oʻn marta pand yer (ya’ni gʻayratlanar) edi. Ular tunni yoritib, kunduzni 
qorongʻilatar, suvdan oʻt yondirib, oʻtdan suv chiqarib separ edilar. Shu’lali oʻtdan isiriq 
koʻkartirib, oʻrgimchakning toriga temirchining sandonini osib qoʻyar edilar. Shoir bu 
oʻyinchilar san’atinn kuy-qoʻshiqlar shod eta olmagan, aksincha, uni yanada dardu gʻam 
girdobiga solgan Farhodni biroz boʻlsa-da, koʻnglini ochish uchun namoyish qilinganligini 
gʻoyat mahorat bilan ta’riflaydi. 
 
2. Baytning mazmuni: yana bir yozlik qasr qurilsa, u nozu ne’matlarning boʻston saroyi boʻlsa. 
 
3. Baytning mazmuni: yana bir kuz fasliga moslab qasr qurilsa, uning boʻyoqlari xazon rangidek 
sarigʻ boʻlsa. 
 
4. Baytning mazmuni: yana bir qishlik qasr qurilsa, unga oq rangli Xitoy matolari toʻshasalar. 
XV 
Bu bobda Navoiy Xoqonning vaziri Mulkoro afsonaviy Eram bogʻiga monand 4 qasr qurilishiga 
sarkor va me’morlar tayin qilib, ish boshlab yuborgani, Farhodning esa hunarmandlar san’atini 
tomosha qilib, toshtarosh Qoran ishidan hayratga tushib, uning san’atini oʻrganish ishtiyoqida 
yongani bayon etiladi. 
 
1. Eram – Eram, jannatga oʻxshash goʻzal va xushhavo bogʻning nomi. Uni Od qabilasidan 
afsonaviy zolim Shaddod barpo qilgan, deyiladi. 
 
2. Qoran – dostondagi toshtarosh ustaning nomi. 
 
3. ―Kan-naqshi fil-hajar» – arabcha: «toshga oʻyilgan naqshdek‖ ma’nosini anglatadi. 
 
4. Boniy – dostondagi me’morning nomi. 
 
5. Bu baytda shoir baland havoza ustidagi roza – binokor ustani falakdagi Zuhal yulduziga 
oʻxshatmoqda. Navoiy bu toʻrt qasr qurilishini shunday mahorat bilan tasvirlaydiki, ishning 
rejalanishidan to binolar qad koʻtargunga qadar boʻlgan mehnat jarayonini hayotiy, real tarzda 
tasavvur qilish mumkin. Muhandisu me’mor, naqqoshu toshkesar, paxsachilaru gʻishtchilar, 
temirchilaru rassomlar, ishboshilaru pardozchilarni, ularning moʻ’jizakor mehnatini shoir alohida 
ta’riflaydi. Ayniqsa, ishning qizgʻinligi, hamma oʻz oʻrnida muayyan ish bilan yonishi, yelib-
yugurishi, mehnat jarayoni haqida katta, qaynoq mehr bilan soʻz yuritiladi. 
 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling