Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


XIX  Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

XIX 


Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
128 
library.ziyonet.uz/ 
 
1. Oyinai Iskandariy – Iskandar oynasi. Afsonaga koʻra, Iskandar tomonidan temirga sayqal 
berib yaratilgan oyina. Goʻyo unda Jamshidning jomidagidek, shu asnoda boʻlayotgan narsalarni 
koʻrsa boʻlar ekan. Iskandar (356–323) eramizdan avval yashagan makedoniyalik Filippning 
oʻgʻli. Juda yoshligidanoq harbiy salohiyat paydo qilib, Eron, Arabiston, Hindiston va boshqa 
mamlakatlarni ishgʻol qilgan. Badiiy adabiyotda Iskandarga bagʻishlangan asarlar juda koʻp. 
Jumladan, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiylarning maxsus dostonlari shular 
jumlasidandir. Ularda Iskandar qudratli hukmdor, ideal shoh timsoliga aylangan. 
 
2. Badiiy adabiyotda «Iskandar oynasi» tushunchasi koʻp ishlatiladi. Bu bob sarlavhasida shoir 
Xoqonning Farhodni oʻz xazinasiga olib kirgani, uning esa oltinu javohirlarga nazar solmay 
Iskandar oynasi bilan qiziqqani va oynada ajoyib narsalar koʻringani haqida yozadi. Bu baytda 
Navoiy inson tafakkuriga yuksak baho beradi. Farhod tilidan aytilgan misralarda inson nimaniki 
bunyod etishga qodir boʻlsa, unga fikrlash zamirida erishadi, degan falsafiy tushuncha 
ifodalanadi. 
 
3. Aflotun – Platon – asl nomi Aristotel' (mil. av. 428/ /427. Afina – 348/347) – qadimgi yunon 
faylasufi, antik falsafadagi ob’ektiv-idealistik oqimning asoschisi. 407 yillarda Sokrat (Suqrot) 
bilan tanishib, uning eng yaqin shogirdi boʻlib qolgan. Afinada mashhur faylasuflar maktabi – 
«Platon akademiyasi»ni yaratgan. Xamsanavis shoirlar Ivkandar atrofidagi olim, mutafakkirlar 
orasida Aflotunga ayricha oʻrin ajratgan-lar, uni donishmandlar rahbari sifatida ta’riflaganlar. Bu 
yerda Navoiy Iskandar oyinasini har biri Aflotunga teng keladigan 400 nafar dono olimlar 
yaratgan, deydi. 
 
4. Bayt mazmuni: Xoqonning hikmati boʻlgan bu koʻzguda ajib bir tilsim yashiringandir. 
 
5. Bu va keyingi baytlarda koʻzguda yashiringan tilsimni ochish uchun uch manzilni oʻtish 
lozim: birinchisida ajdaho, ikkinchisida Ahraman, uchinchisida yanada mushkulroq sir bor. 
Ularni yengib oʻtilsa, toʻrtinchi manzil keladi, unda togʻ va ichida gʻor bor. Gʻorda Suqrot 
yashaydi. Agar u tirik boʻlsa, barcha mushkullarni ochib beradi, agar olamdan oʻtgan boʻlsa 
uning ruhiga sigʻinilsa, maqsad hosil boʻladi, degan mazmun bayon etiladi. 
 
6. Buqrot – Gippokrat (mil. av. 460–375)–mashhur yunon hakimi, ilmiy tibbiyotning 
asoschilaridan biri. Uning «Kitob al-fusun» («Aforizmlar») nomli kitobi juda mashhur. 
«Gippokrat qasamyodi» – shifokor burchi va xulq-atvorining qisqacha ta’rifi shu olim qalamiga 
mansub deb hisoblanadi. Bu yerda Navoiy Suqrot hakimni bilimdon, donishmandlikda 
zamonasining Buqroti desa boʻladi, – deya ta’riflamoqda. 
XX 
Bu bob sorlavhasida Farhodning Yunon mamlakatiga borishga azm etgani, Xoqon Mulkoro bilan 
kengashib, Farhodni olib Yunonga qoʻshin tortmoqqa qaror qilgani bayon etiladi. 
 
1. Baytning mazmuni: Bugun shoh (ya’ni Xoqon) zamonning eng aqlli kishisidir, uning porloq 
koʻngli davlat mash’alidir. 
 
2. Dastur – bu oʻrinda «vazir», ma’nosida ishlatilgan. 
 
3. Baytning mazmuni: qoʻshin toʻplakadigan vaqtni va joyni tayin qilib, tavochi har garafga bu 
haqda jar soldirdi. 

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling