Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 13 library.ziyonet.uz/ Jahongʻa mushk sersa shomi dayjur, Qilib ravshan falakdek sham’i kofur, Tutoli bir nafas qasr ichra orom, Vale orom tutmay tortali jom». Iki-uch hushmandi nuktarardoz Yibordikim qilib har yon taku toz, Topib Farhodi zori benavoni, Keturgaylar bu majlis ichra oni. Borib tortilar oni zoru mahjur, Balou dardigʻa yoʻq haddu maqdur. gʻamu andisha oʻtining sharori, Sharori dardu mehnat beqarori. Topib koʻrmaktin oni yuz malolat, Ravon qildilar izhori risolat. Ayogʻlarigʻa qoʻydi bosh yigʻlab, Nechukkim sel toʻkti yosh yigʻlab. Dedi: «K-ey nuktangiz jonimgʻa ummid, Ne jon ummidi, balkim umri jovid. Izingiz gardi toji iftixorim, Ne qilmoqqa mening ne ixtiyorim». Eshitgach boʻldilar xushdil ravona, Ani e’zoz aylab xusravona. Ul oʻldi shah, bular xaylu sirohi, Anga tegruki erdi bazmi shohi. Yetishgach Bonu aylab behad ikrom, Dedikim, kursi uzra tutsun orom. Bajo kelturdi ul bemisl nodir, Nekim Bonugʻa boʻldi hukm sodir. Ishorat aylagʻach Shoruri bedil, Ravon kursi tubida tutti manzil. Chu kursi uzra manzil tutti Farhod, Mihinbonu takallum qildi bunyod. Nekim imkoni boʻlgʻay husni taqrir, Ravo koʻrmay aning uzrida taqsir. Bu ham har nav’kim anglab xitobin, Xijolatlar bila aytib javobin. Chu mardumliq hadisi torti royon, Ravon xon chektilar behad namoyon. Chu qolmay ishtiho xonlargʻa boqi, Surohi kelturub majlisqa soqi Tuzuldi oʻyla bazmi xusravoyin Ki, koʻrmay oʻyla charxi kajravoyin. Surohilar mayidin ruh olib qut, Qadahlar har biri bir rora yoqut. Boʻlub gulrang may moi maindek, Safou rangi la’li otashindek. Bu la’lu zarfning yoqut jismi, Hisori shira bu maxzan tilismi. Tilismi torqan el nogah ochilmoq, Havosi telbarab usruk yiqilmoq. Mihinbonu ichib davron ayogʻi, Chekib Farhod ila Shorur dogʻi. Ne majlis, bogʻi rizvondin namudor, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling