Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
84 
library.ziyonet.uz/ 
 
Kezib ishq ahligʻa qilgʻil munodi  
Ki, Farhod oʻldi oshiqliq aro zor,  
Vale yetti anga Xusravdin ozor.  
Bukim, der erdingiz sultonimizdur,  
Raiyat biz-bizu ul xonimizdur.  
Bukun sultoningizgʻa zulm yetti,  
Jahondin notavonligʻ birla ketti.  
Kerakkim jam’ oʻlub tortib sirahlar,  
Tutub soʻg oʻylakim, oʻlganda shahlar.  
Burun Xusravgʻa chun abri bahoron,  
Qilib oh oʻqlaridin tirboron.  
Figʻon oʻtidin oʻrtab kishvarini,  
Kul aylab toju taxtu afsarini.  
Boʻlub giryon bu zori benavogʻa,  
Bering boru yoʻqin seli fanogʻa.  
Vafo qasrin bu yangligʻ aylab obod,  
Ravonimni oʻzungizdin qiling shod.  
Yana Shorurgʻa deb xayrbodim,  
Degaysen: «K-ey rafiqi nomurodim.  
Ne qonkim, yutmading hamdamligʻimdin,  
Ne gʻamkim, chekmading mahramligʻimdin.  
Manga ul vaqtdinkim hamdam oʻldung,  
Giriftori balou motam oʻldung.  
Vafo oyinu sharti muncha boʻlgʻay,  
Magarkim Tengri-oʻq uzrungni qoʻlgʻay.  
Hamisha voqif oʻl qabrim toshidin,  
Ayogʻing chekma tufrogʻim boshidin».  
Chu bu yerlarga yetkurdi navoni,  
Yetishti ogʻzigʻa ozurda joni.  
Boʻlub mundoq maqolotidan ogoh,  
Dedi: «lohavl», etib «astagʻfirulloh».  
Buzulgʻon joni jononigʻa tushti,  
Balo oʻti buzuq jonigʻa tushti.  
Ul oʻt bir nav’ kuydurdi vujudin  
Ki, kul qildi vujudi toru rudin.  
Qilib jononi otin tilga ta’lim,  
Tutub jonon otin, jon etti taslim.  
gʻamu dardu balogʻa tushti gʻavgʻo  
Ki, gardun ahligʻa yovushti gʻavgʻo.  
Bu motam ichra ishqi otashangez,  
Solib boʻynigʻa aynidin qaro kiz.  
Qolib dardu balo beyoru munis,  
Boʻlub hijron tuni besham’i majlis.  
Falak mung birla oning jonin olib,  
Bularni dogʻi onsiz munggʻa solib.  
Sibo’ ul holni aylab nazora,  
Qilib Farhodkushni rora-rora.  
Koʻzidin ashki gʻaltonin oquzmay,  
Yer uzra qatrai qonin tomuzmay.  
Tishu changol ila yirtib damo-dam,  
Dema Farhodkushkim, oʻzlarin ham.  
Koʻrub ul zoru bekas motamidin  
Ki, hayvon beh vafosiz odamidin.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling