Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
86 
library.ziyonet.uz/ 
 
Quyosh tigʻini koʻmmakdur dalili.  
Bu yangligʻ ming kishi qatli ishidur  
Kim, oni desa boʻlgʻoykim kishidur  
Ki, borcha shoh yo shahzoda boʻlgʻay,  
Va yoxud mufradu ozoda boʻlgʻay.  
Aning bu nav’ maqtulida soʻzdur,  
Menu sendekka xud ne boshu koʻzdur.  
Kishining necha koʻrrak gavhari pok,  
Aning bedodidin koʻrrak alamnok.  
Chu asli pok gavhar keldi yoqut,  
TEshib bagʻrini qon aylar anga qut.  
Quyoshkim koinot andin olur nur,  
Qilur har tun qaro tufroqqa mastur.  
Base sogʻarning andin qoni toʻlgʻay  
Ki, bir dam fosiqe xushhol boʻlgʻay.  
Yetib yuz javhari pokizani xok  
Ki, andin bangiye boʻlgʻay farahnok.  
Berib bir naxlgʻa har dam shikaste,  
Ki, tingʻay tobidin otashraraste.  
Toʻkub Farhod qonin bemadoro  
Ki, Xusrav maydin oʻlgʻay majlisoro.  
Maalqissa: chu Farhodi jigarsoʻz,  
Fano bazmida boʻldi majlisafroʻz;  
Oʻzin koʻp domu dad oʻlturdi gʻamdin,  
Yana koʻp xastahol oʻldi alamdin.  
Urub halqa aning davrida bori,  
Azosidin qilib afgʻonu zori.  
Boʻlub ul nav’ atrofida sokin  
Ki, boʻlmay el yovumoq anda mumkin.  
Oʻlar holida goʻyo notavone,  
Hamul marz ahlidin bexonumone
(2)
.  
Ani koʻrmakka bormish erdi ranjur  
Ki, boʻlgʻay xizmatidin shodu masrur.  
Yetishgach fahm etib ul nav’i holot  
Ki, oʻtti sharh ila bori maqolot.  
Oʻzin bir tosh darzi ichra solib,  
Koʻrub holin aning hayratqa qolib.  
Ishin to Haqqa vosil boʻldi joni,  
Qilib fahm, oshkorovu nihoni.  
Tilabkim, aylabon qabrini zohir,  
Aning boshi uza boʻlgʻay mujovir.  
Vale qaytib, qilib ashkini xunrez  
Ki, sheru babr changolin Koʻrub tez.  
Kirib xalq ichrau ovoza solib,  
Xabar har anjumangʻa toza solib.  
Chu deb bu soʻzni ul afgor yigʻlab,  
Eshitgan xalq borcha zor yigʻlab.  
Chu bu mudhish xabar har sori yetti,  
Ne Xusrav, balki Shirin ham eshitti.  
Maqolotin qilib Xusrav taaqqul,  
Tafakkur birla koʻp aylab taammul.  
Necha kun qaygʻudin kulgusi kelmay,  
Necha tun vahmidin uyqusi kelmay.  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling