Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 88 library.ziyonet.uz/ Anolardek azosin tutmish erdi. Yoʻq ul yolgʻuzki sarvi lolaruxsor, Qilib soʻgida yuz rargola ruxsor. Yetib ming zaxm jismi dardnokin, Tilab albatta qilmoq oʻz halokin. Necha qatla tilab zahri nihoni, Icha olmay chu el fahm aylab oni. Kuyarga aylab otashgah sori mayl, Muyassar boʻlmayin chun anglabon xayl. Qoʻyub Bonu kecha-kunduz nigahbon, Aningdekkim, but atrofida rahbon. Boʻlub ojiz ul oyni asramoqdin, Xayolin lahza-lahza anglamoqdin. Pari andoq boʻlub devona rayvand Ki, jismidin uzub tish birla rarkand. Damo-dam nolau gʻavgʻosi tinmay, Rayoray ohu vovaylosi tinmay. Debon «Farhodu» tortib oʻyla faryod Ki, tortib hajridin faryod, Farhod. Gahe gʻurbatda holi zorin aytib, Aodi makridin ozorin aytib. Gahe ta’rif etib husnu jamolin, Viqoru hushu farhangu kamolin. Gahi deb zoru navmid oʻlmagidin, Chekib hijroni jovid oʻlmagidin. Gahi qoʻshmoqta mazlumum deb oni, Asiru zoru mahrumum deb oni. Xayoli birla tunu kun maqoli, Maqoli birla oyu yil xayoli. Qolib Bonu bu ish fikrida hayron, Boʻlub holigʻa har dam koʻngli vayron. Qila olmay dame bir ishga mashgʻul Ki, muhlik gʻamdin oʻlgʻoy joni ma’zul. Yana qoʻrgʻonda ham qolmay zaxira, Boʻlub el dogʻi Bonu birla tiyra. Kichiklar aylabon ohu tazallum, Ulugʻlar ta’n ila aylab takallum Ki, bu ish garchi elga dilkash erdi, Va lekin filhaqiqat noxush erdi. Ulusqa mehnatu nokomligʻ ham, Jahon xalqi aro badnomligʻ ham. Yamon gar yaxshi, har ne boʻldi hodis, Anga bir turfa barno erdi bois Ki, arzir erdi gar yuz muncha qilsoq, Qayu yuz muncha, gar oʻlguncha qilsoq. Chu bois bartaraf boʻldi arodin, Ne ochilgʻay sababsiz mojarodingʻ Bizing kishvarni bu shoheki olmish, Base ajzu niyoz oʻrtogʻa solmish. Tarab bu nav’kim, qilmak keraktur, Bu ishni mugʻtanam bilmak keraktur. Boʻlub Rarvez rayvandi bila shod, Bu zindondin ulusni qilmoq ozod. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling