Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 106 library.ziyonet.uz/ Valek ul ilm sori torti chun dast, Koʻzi ollinda boʻldi osmon rast. Rasadkim bogʻlamish — zebi jahondur, Jahon ichra yana bir osmondur. Bilib bu nav’ ilmi osmoniy Ki, andin yozdi «Ziji Koʻragoniy» (5) . Qiyomatgʻa degincha ahli ayyom, Yozorlar oning ahkomidin ahkom. Bilik garchi koʻrunur koʻzga ziynat, Vale shahlargʻa bordur oʻzga ziynat. Vagar ilm ichra boʻlmay birga qone’, Baridin bahravar boʻlsang ne mone’. Guzar qil har necha ilm oʻlsa hosil, Chu din ilmigʻa yetsang ayla manzil. Shah uldurkim, shiori ilmi dindur, Nedinkim ilmi din ilm ul-yaqindur (6) . Ulum ichra oʻqusung yuz tuman fasl, Tamomi far’u, din ilmi erur asl. Bu din ilmiki xomam qildi tahrir, Erur fiqhu hadisu soʻngra tafsir. Chu takmil oʻldi bu uch ilm sen bil, Yana har ilm maylin qilma, yo qil. Va lekin tibbu hikmat ham erur xoʻb Ki, sihhatdur kishi jismida matlub. Qayu jismeki oning sihhati yoʻq, Qilurgʻa Tengri amrin quvvati yoʻq. Birovkim raxta birla suvni yutqay, Oʻzung dekim, ne yangligʻ roʻza tutqay. Netib qilgʻay safodin sajdaye fosh, Toʻshakdin ulki olmas lahzaye bosh. Ul uch din ilmiyu bu bir badandur, Bular muhtoji yaxshi, gar yomondur. Koʻrardin bu ulum oʻlgʻach kaloli, Muborak tab’inga yetsa maloli. Ravon tarix sori ragʻbat ayla, Salotin birla azmi suhbat ayla. Jahondin koʻrki kimlar kom olibdur, Bu eski dayr kimlardin qolibdur. Qani Tahmurasu (7) Jamshidu, Zahhok (8) Ki, har bir oldi olam mulkini pokgʻ Nazar qilkim, olib nettilar oxir, Nekim borin solib kettilar oxir. Alar xud kettilar gar kech, agar bot, Vale qoldi alardin dahr aro ot. Bu ot gar yaxshidur, yoxud yomondur, Qilurgʻa oni bois koʻr, ne fandur. Qayu fankim shuru’ etmaklik onda, Kishidin yaxshi ot qolgʻay jahonda. Qila olgʻoncha ul boʻlsun shioring Ki, yaxshi ot qolgʻay yodgoring. Chu din ilmigʻa komil boʻldi roying, Hal etti xotiri mushkilkushoying. Emas hojat ne qil deb kimsadin rand |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling