Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
102 
library.ziyonet.uz/ 
 
Bulardin tormasam ruhungni xushnud,  
Bu qonlardin manga ne boʻlgʻusi sudgʻ  
Netay mundin nari tigʻu kamarni,  
Boshimgʻa toj yangligʻ dardisarnigʻ  
Zirihni ne qilay, xaftonni naylay,  
Oʻqu yoni netay, qalqonni naylaygʻ  
Ne deb oʻzni xayol aylay dilovar,  
Nedin aylay havas minmak takovargʻ  
Ne deb emdi qilay maydongʻa ohang,  
Boshimgʻamu uray gurzi garonsanggʻ  
Ne nav’ emdi tutay bazm ichra orom,  
Ne koʻnglum birla tortay la’lgun jomgʻ  
Manga hajringda may zahr oʻldi, billah,  
Tarabdan umr bebahr oʻldi, billah!  
Nasibim gʻussau dard ayladinglo,  
Vujudum tufrogʻin gard ayladinglo!»  
Anga bu navhalar birla oʻkurmak,  
Ish elga ashkidin xunoba surmak.  
Boʻlub ul dard birla navharardoz,  
gʻamin Shorur yonida hamovoz.  
Chu bu oshubi bir dam torti orom,  
Oʻpub yer, qoʻydi uydin tashqari gom.  
Yibordi kimsakim, Sheruya kelsun,  
Nekim soʻrsam, javobin arz qilsun!  
Agar torsam oni har jurmdin pok,  
Qilay lutfu karam birla tarabnok.  
Vagar xud begunahligʻinda shakdur,  
Bilay ul damki, ne qilmoq kerakdur.  
Boʻlub Sheruya ul ma’nidin ogoh,  
Tavahhumdinki, surgay kina nogoh.  
Shah ollindaki qohirlik ishidur,  
Gunahsizroq, gunahlikroq kishidur.  
Agarchi ul dogʻi shoh erdiyu tund,  
Temur tigʻin qayo tigʻi qilur kund.  
Qilib Shorur ihzorin tavaqqu’,  
Aning ollinda koʻp qildi tazarru’.  
Dedi: «Bu soʻz aro sensen guvohim  
Ki, Farhod amrida yoʻqtur gunohim.  
Anga har kimnikim qotil bilibmen,  
Atom ham boʻlsakim, qatlin qilibmen.  
Muni Bahrom shoh ollinda qil arz,  
Vale bilkim qilibmen xizmatin farz.  
Agar tutsa meni kelmakda ma’zur,  
Ne hukm etsa boʻlay jon birla ma’mur.  
Ani koʻrmakda gʻolibdur harosim,  
Sening ollingda budur iltimosim  
Ki, bu ma’nidin oʻtkorgaysen oni,  
Karam yoʻligʻa boshqorgaysen oni.  
Erurmen gar bu nav’ etsang muruvvat,  
Qiyomatqa degin mamnuni minnat».  
Chu oni koʻrdi Shorur asru mazlum,  
Kelib ahvolin etti shahgʻa ma’lum  
Ki: «Men yoʻq, balki Tengridur guvohi  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling