Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 101 library.ziyonet.uz/ Faza’ ichra nechukkim mahshar ahli. Birovni istadi Bahromi ranjur Ki, holat fahm qilgʻay keldi Shorur. Eshitmish erdi oning vasfini ham, Guzin Farhodgʻa erkanni hamdam. Ham eshitmish edi Shoruri miskin, Ani Farhodning dardigʻa taskin. Torishtilar chu bir-birni soʻrushub, Base yigʻlashtilar keb-keb koʻrushub. Bilib Bahrom chun soʻrmoq qilib fan Ki, ul gunbaz durur yorigʻa madfan. Kirib, gunbazgʻa koʻkdin voyi oshib Ki, koʻk gunbazlarigʻa oʻt tutoshib. Qilib bir nav’ shevanlarki ul bum Yerib ohi oʻtidin oʻylakim mum. Jahongʻa oʻt solib bir kecha-kunduz, Debon Farhod ayogʻigʻa qoʻyub yuz Ki: «Yey jondin meni navmid qilgʻon, Balou mehnatim jovid qilgʻon. Koʻzum chiqsun, seni koʻrguncha mundoq, Kesilsun til, soʻzung soʻrguncha mundoq. Nelar kelmish boshinggʻa gʻurbat ichra, Ne gʻurbatlar chekibsen shiddat ichragʻ! Nasibing soʻzu ohe boʻlgʻon ermish, Taning koʻhi chu kohe boʻlgʻon ermish. Qani ul ajdahogʻa surmak oxirgʻ Qani ul Ahraman oʻlturmak oxirgʻ Qani ulkim, chu boʻlgʻoch kingʻa moyil, Bulutni charx etib olligʻa hoyilgʻ Qani tigʻingdin oʻlmoq togʻ aro darzgʻ Qani gurzingdin oʻlmoq dasht aro larzgʻ Firoq ayyomi tovsholgʻon emishsen, Bas ogʻir uyqugʻa qolgʻon emishsen. Koʻzung ochib, koʻtargil boshing oxir Ki, kelmish bir hazin qoʻldoshing oxir! Ne uyqudurki yetti koʻkka hoʻyum, Jahongʻa oʻrt soldi guftu goʻyum. Yetib gardungʻa un seskanmaging yoʻq, Tushub olamgʻa oʻt tebranmaging yoʻq. Koʻz ochmassen, debon: «kelgan qulumdur», Masal chin boʻldikim: «Uyqu – oʻlumdur! Meningdek qul sanga olamda mavjud, Sen a’do zulmidin bu nav’ nobud. Bu ishning toqati mendin yiroqdur, Muni koʻrguncha oʻlsam yaxshiroqdur. Sening qoninggʻa tortib tigʻi kinni, Teng etsam yer bila Magʻrib zaminni. Qazib togʻini daryosigʻa solsam, Tengiz suyini sahrosigʻa solsam. Bilodi bahr ichinda boʻlsa noyob, Minoridin nishonlar boʻlsa girdob. Tuman ming qonning oʻlsam razmsozi, Sening qoninggʻa boʻlgʻaymu muvozigʻ! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling