Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
97 
library.ziyonet.uz/ 
 
Vafoda ul oʻz insofini olmish,  
Ul aylab oʻz ishin, ish bizga qolmish.  
Umidim ulki, yetgay oʻyla holat  
Ki, mehmondin manga yetmay xijolat,  
Vafosin jonda rinhon aylagaymen,  
Nisori maqdami jon aylagaymen.  
Agarchi bor edim Bonugʻa yotliq,  
Oʻlar damda uyotliqmen-uyotliq.  
Bihillik istabon yer oʻrti filhol,  
Qilurgʻa azmi xilvat qoʻrti filhol».  
Yurub uy sori, jondin yub ilikni,  
Kirib rust etti ichkardin eshikni.  
Malolat qolmayin koʻnglida chandon,  
Xirom etti amori sori xandon.  
Chu ul mahd ichra kirdi sarvi gulroʻ,  
Koʻrarkim, eltmish mehmonni uyqu.  
Munungdek uyquni kim koʻrdi jovid.  
Ki, uygʻonmay yetib boshigʻa xurshed.  
Bu yangligʻ uyqu koʻrgach sarvi cholok,  
Anga hamxobaliq qildi havasnok.  
Qoʻyubon roʻy-barroʻ, doʻsh-bardoʻsh,  
Boʻlub oʻz bedili birla hamogʻush.  
Koʻnguldin shu’laliq ohe chiqordi,  
Koʻzi hamxobadek uyqugʻa bordi.  
Ne uyqu, kimsa andin qonmas uyqu,  
Qiyomatqa degin uygʻonmas uyqu.  
Bu boʻlsa uyqu, uygʻonmoq ne ya’nigʻ!  
Munungdek uyqudin qonmoq ne ya’nigʻ!  
Ketur soqiy, qadah tutqil manga qoʻsh  
Ki, boʻldum gulruxum birla hamogʻush.  
Bir uyqu boʻlsun ul maydin radidor  
Ki, boʻlgaybiz qiyomat subhi bedor.  
LII 
Shirinning Farhod ishqida jon berganin bilib, Mihinbonu dogʻi joni shirin tarkin qilib, bu holatda 
Bahromi dilovarning Chin mulkidin kelgani va bu vaqoyi’ vahshatidin yorugʻ jahongʻa qarongʻu 
goʻrni tarjih qilgʻoni va Sheruyai zolim amvolidin Farhod uchun raddi mazolim qilib, Armanda 
rodshohi odil tayin etgani va Chin bila Magʻribzamin cheriklariga ijozat berib qaytarib, oʻzi 
zohir saltanati tarkin etgani va ma’naviy saltanatqa yetgani 
Bu motamxona ichra navharardoz,  
Bu yangligʻ etti lahni navha ogʻoz  
Ki, chun mahvash ul uy ichra kirib chust,  
Eshiklarni kiyirdin bogʻladi rust.  
Mihinbonu bila xaylu tabori,  
Necha chektilar oning intizori.  
Sanam qoʻymodi uydin tashqari gom,  
Yorilgʻuncha jahongʻa rardai shom.  
Tahammulsiz boʻlub uy sori borib,  
Eshik ochilmogʻondin soʻng qoʻngorib.  
Amori sori qoʻydilar qadamni,  
Ochibon rarda, koʻrdilar sanamni  



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling