Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 103 library.ziyonet.uz/ Ki, bu ishlarda yoʻq oning gunohi. Vale kelmakda ojizdur bagʻoyat, Manga qilsang bu kelmakni inoyat. Nekim holi desang, jon birla qilsun, Ne soʻngra ahdu paymon birla qilsun». Koʻrub Shorurgʻa ul qissani kom, Aning kelmokligidin kechti Bahrom. Dedi: «Lekin bu kishvar ahli ta’yin Qila olmosa nekim qilsa taxmin Ki, to Xusrav cherik chekmish bu sori, Ne nuqson boʻlmish andin elga tori. Ham oncha vajh andin elga yetsun, Ani yetkurgach oʻz mulkiga ketsun. Vale ahd aylasunkim, yetsa filhol, Yana bir oncha andin qilsun irsol». Degach Shorur hukm ul notavongʻa, Eshitgach hukm, minnat qoʻydi jongʻa. Nekim el istadi toʻkti xizona, Xizona sarf etib boʻldi ravona. Yana oncha yibormakka qilib ahd, Ani ham yetkurub koʻp aylabon jahd. Yigʻib Arman elin farxunda hokim, Qilib Farhod uchun raddi mazolim Ki: «Xusravdin ne ishkim boʻldi hodis, Kishikim desa Farhod erdi bois; Nekim arz etsa nobudu ziyondin, Olib za’fini, xushnud oʻlsun ondin». Bu soʻzdin shoʻru gʻavgʻo tushti har yon, Figʻon birla alolo tushti har yon Ki: «Haqdin borimizning iltimosi Bu erdikim, aning boʻlsoq fidosi. Chu biz yoʻlida soʻz jondin degaybiz, Ne boʻlgʻay molkim, ondin degaybiz. Emas el royi birla hukmi taqdir, Nekim taqdir anga boʻlmish ne tadbir. Duosigʻa hamisha mushtagʻilbiz, Ne qilmish har ne qilmish ham bihilbiz». Muhosiblargʻa ta’yin etti filhol Ki, ul el ichra qismat torti amvol. Tuzarga mulk aro hashmat asosin, Tilab el ichra Bonu aqrabosin. Birovnikim, topib borigʻa foyiq Ki, boʻlgʻay saltanat amrigʻa loyiq. Qilib Arman elining rodshohi Ki, boʻlgʻay kishvar ahlining ranohi. Qilib ul adl oyinini bunyod Ki, adlidin boʻlub vayronlar obod. Ne yerkim buzdi beandoza Xusrav, Ani aylab imorat toza xusrav. Berib Bahrom anga hashmat asosin, Livou toju ganji beqiyosin. Topib ham maqdamidin taxt roya, Solib ham boshi uzra chatr soya. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling