Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
XXII Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
XXII
Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 130 library.ziyonet.uz/ Bu bob sarlavhasidan Farhodning ajdaho vodiysiga borgani, uni tor-mor qilib, ajdaho gʻoridan Afridun xazinasini topgani va barcha boylikni otasi va qoʻshiniga sovgʻa qilgann ma’lum boʻladi. 1. Bu va keyingi bayt mazmuni: Qaraganda uning (ya’ni ajdahoning) ikki koʻzi xuddi neftning oʻtli bulogʻidek edi. Burun teshiklari vahshat tandiriga, balki neft' moʻrisiga oʻxshardi. Shoir bu yerda mubolagʻa san’atini qoʻllab, ajdahoning dahshatli qiyofasini tasvirlamoqda. 2. Bu va keyingi bayt mazmuni: Farhod chaqqonlik bilan osmon kamalagidek yoyiga nayzadek oʻtkir oʻqni joyladi va ajdar ogʻziga shunday otdiki, hatto gurdi anjum – yulduzlar pahlavoni Mirrix hayratlanib uning qoʻlini oʻpdi. 3. Bu va keyikgi ikki bayg mazmuni: bu gʻor osmon kabi yumaloq, agar uning markaz nuqtasini aniq topa olsang, u yerda qora tosh koʻmilgan, toshning vazni ming botmondan ogʻirdir. Qiliching uchi bilan atrofini ochib, qoʻllaring bilan uni oʻrnidan qoʻzgʻat. 4. Zulfiqor – hazrat Alining ikki damli, gʻoyat keskir afsonaviy qilichi. Shoir bu yerda Farhodning ajdaho gʻori ichida topgan xazinasidagi bir qilichni Zulfiqorga oʻxshatmoqda. 5. Bayt mazmuni: uning (ya’ni qilichning) yonida qubbasi falak quyoshidek porloq boʻlgan bir qalqon bor edi. Keyingn baytlarda shoir qalqon qubbasida Sulaymon oʻz uzugidagi kabi ismi a’zam oʻydirgani, qilichda ham bir ism yozilgan boʻlib, qilichning oʻtkirligi oʻshandan ekanligi va qilich gunohsizlarga zarba yetkazmasligi, yomonlarni, yovuzlarni esa ayovsiz ikkiga boʻlib tashlashi haqida fikr yuritadi. XXIII Bu bob sarlavhasi Farhodning Ahraman nomli dev yashaydigan oʻrmonga ot surgani va uni oʻldirib, Sulaymon uzugini qoʻlga kiritganidan darak beradi. 1. Rustam – Firdavsiy «Shohnoma‖sidagi bosh qahramonlardan. U Zolning oʻgʻlidir. Rustamning dunyoga kelishi va unga ism qoʻyilishi haqida Firdavsiy shunday hikoya qiladi: Zolning xotini Rudoba ogʻir homila koʻtaradi. Oy-kuni yaqinlashganida dard boshlanishi bilan hushidan ketadi. Sarosimaga tushgan Zol afsonaviy qush Simurgʻ vositasida jarroh topib keladi. Jarroh onaning yonini kesib, bolani oladi. Hushiga kelgan Rudoba farzandini koʻrib xursand boʻladi va oh tortib (ya’ni azobu dardlardan xalos boʻldim ma’nosida) «Rustam‖ – deydi. Onaning ogʻzidan birinchi chiqqan ana shu soʻzni bolaga ism qilib qoʻyadilar. Oʻzining bahodirligi, adolatparvarligi va toʻgʻriligi bilan Sharq adabiyotida an’anaviy obrazga hamda mardlik ramziga aylanib ketgan. Bu yerda Navoiy Farhodning Ahramanni oʻldirganini Rustamning Mozandaronda Arjang devni tor-mor qilganiga oʻxshatmoqda (Bu haqda qarang: Firdavsiy. Shohnoma. 1 kitob. Oltinchi sarguzasht, Sh. Shomuhamedov tarjimasi, 353– 357-b.). 2. Mozandaron – Erondagi tarixiy viloyat. IX–XII asrlar manbalarida Tabariston nomi bilan yuritilgan. 3. Baytning mazmuni: Rustamdek qasr tomon yurdi. Eshikda raxshini mahkam bogʻladi. Baytdagi raxsh soʻzi Rustamning afsonaviy otining nomiga ishora boʻlib, bu yerda shoir istiora san’atidan istifoda etadi. 4. Bu baytda Navoiy Ahramanni oʻldirgach, uning qasriga kirib borishi, qasr ichida toza, hali |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling