Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
XIX Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
XIX
Farhod va Shirin (II- qism) Alisher Navoiy 128 library.ziyonet.uz/ 1. Oyinai Iskandariy – Iskandar oynasi. Afsonaga koʻra, Iskandar tomonidan temirga sayqal berib yaratilgan oyina. Goʻyo unda Jamshidning jomidagidek, shu asnoda boʻlayotgan narsalarni koʻrsa boʻlar ekan. Iskandar (356–323) eramizdan avval yashagan makedoniyalik Filippning oʻgʻli. Juda yoshligidanoq harbiy salohiyat paydo qilib, Eron, Arabiston, Hindiston va boshqa mamlakatlarni ishgʻol qilgan. Badiiy adabiyotda Iskandarga bagʻishlangan asarlar juda koʻp. Jumladan, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy va Navoiylarning maxsus dostonlari shular jumlasidandir. Ularda Iskandar qudratli hukmdor, ideal shoh timsoliga aylangan. 2. Badiiy adabiyotda «Iskandar oynasi» tushunchasi koʻp ishlatiladi. Bu bob sarlavhasida shoir Xoqonning Farhodni oʻz xazinasiga olib kirgani, uning esa oltinu javohirlarga nazar solmay Iskandar oynasi bilan qiziqqani va oynada ajoyib narsalar koʻringani haqida yozadi. Bu baytda Navoiy inson tafakkuriga yuksak baho beradi. Farhod tilidan aytilgan misralarda inson nimaniki bunyod etishga qodir boʻlsa, unga fikrlash zamirida erishadi, degan falsafiy tushuncha ifodalanadi. 3. Aflotun – Platon – asl nomi Aristotel' (mil. av. 428/ /427. Afina – 348/347) – qadimgi yunon faylasufi, antik falsafadagi ob’ektiv-idealistik oqimning asoschisi. 407 yillarda Sokrat (Suqrot) bilan tanishib, uning eng yaqin shogirdi boʻlib qolgan. Afinada mashhur faylasuflar maktabi – «Platon akademiyasi»ni yaratgan. Xamsanavis shoirlar Ivkandar atrofidagi olim, mutafakkirlar orasida Aflotunga ayricha oʻrin ajratgan-lar, uni donishmandlar rahbari sifatida ta’riflaganlar. Bu yerda Navoiy Iskandar oyinasini har biri Aflotunga teng keladigan 400 nafar dono olimlar yaratgan, deydi. 4. Bayt mazmuni: Xoqonning hikmati boʻlgan bu koʻzguda ajib bir tilsim yashiringandir. 5. Bu va keyingi baytlarda koʻzguda yashiringan tilsimni ochish uchun uch manzilni oʻtish lozim: birinchisida ajdaho, ikkinchisida Ahraman, uchinchisida yanada mushkulroq sir bor. Ularni yengib oʻtilsa, toʻrtinchi manzil keladi, unda togʻ va ichida gʻor bor. Gʻorda Suqrot yashaydi. Agar u tirik boʻlsa, barcha mushkullarni ochib beradi, agar olamdan oʻtgan boʻlsa uning ruhiga sigʻinilsa, maqsad hosil boʻladi, degan mazmun bayon etiladi. 6. Buqrot – Gippokrat (mil. av. 460–375)–mashhur yunon hakimi, ilmiy tibbiyotning asoschilaridan biri. Uning «Kitob al-fusun» («Aforizmlar») nomli kitobi juda mashhur. «Gippokrat qasamyodi» – shifokor burchi va xulq-atvorining qisqacha ta’rifi shu olim qalamiga mansub deb hisoblanadi. Bu yerda Navoiy Suqrot hakimni bilimdon, donishmandlikda zamonasining Buqroti desa boʻladi, – deya ta’riflamoqda. XX Bu bob sorlavhasida Farhodning Yunon mamlakatiga borishga azm etgani, Xoqon Mulkoro bilan kengashib, Farhodni olib Yunonga qoʻshin tortmoqqa qaror qilgani bayon etiladi. 1. Baytning mazmuni: Bugun shoh (ya’ni Xoqon) zamonning eng aqlli kishisidir, uning porloq koʻngli davlat mash’alidir. 2. Dastur – bu oʻrinda «vazir», ma’nosida ishlatilgan. 3. Baytning mazmuni: qoʻshin toʻplakadigan vaqtni va joyni tayin qilib, tavochi har garafga bu haqda jar soldirdi. Download 1.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling