Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
124 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
1. «Al-asmou tanzilu min as-samo» – arabcha: ismlar osmondan tushadi, demakdir. 
 
2. Xush, xud, bexud, darxoʻrd, sarxush, noxush kabi «vov» yoki «zamma» bilan yoziladigan 
soʻzlardagi «vov»ni «vovi ma’dula», ya’ni «oʻzgartirilgan vov» deyiladi. Shu soʻzlardagi bu 
harfni «alif» (a)ga aylantirib, «xash», «xad», «bexad», «darard», «sarxash», «noxash» qabilida 
talaffuz qilish mumkin. Lekin yozuvda «vov» saqlanadi. 
 
3. Bu va yuqoridagi uch baytning mazmuni: uning, ya’ni Yangi tugʻilgan goʻzalning (yuzida 
shohlik yogʻdusi, nuri) far koʻzga tashlanib turgani sababli bu nurdan yeru koʻk yorishib ketdi.. 
«Himmat», «Iqbol» va «Davlat» (bu soʻzlarning avvalidagi harflar « » « »«») yuz koʻrsatib, shu 
yogʻdudan ziynat topdilar. 
 
Bu javharlar, ya’ni qimmatbaho ma’nolar goʻdakka taalluqli deb tushunilgach, ularni bir-biriga 
qoʻshilsa, «Farhod» ( ) ismi -kelib chiqadi. Bu san’at Sharq poeziyasida muammo deb ataladi. 
Keyingi misrada yana shu muammo yoʻli bilan «yogʻdu» () ni bayt hodiysi (ya’ni ) toʻgʻri yoʻlga 
soldi (ular biriktirilib nom chiqarildi) va shahzodaga darhol «Farhod» nomi qoʻyilgani aytiladi. 
 
4. Bu va avvalgi uch baytda Navoiy deydiki, ishq goʻdakning pokiza zotini koʻrgach, «Firoq», 
«Hajr», «Oh» bilan «Dard» (arab yozuvida «Farhod» ismidagi qisqa «a» harfi ifoda etilmaydi, u 
«fatxa» orqali talaffuz qilinadi) soʻzlaridan birinchi harflarini biriktiradi va «Farhod» ismini 
chiqaradi. Bu bilan shoir bu nomning yana bir tuzilish tarkibi va uning zimnidagi ma’noni bayon 
etadi. 
 
5. Mofizzamir– arabcha, aynan: zamiridagi; bu yerda «koʻnglidagi» ma’nosida kelgan. 
 
6. Abjad – qadimgi arab alifbosining sirasini koʻrsatuvchi sakkizta shartli soʻzning birinchisi va 
shu uydirma soʻzlar birikmasining nomi. Bundagi har bir harf ma’lum bir son qiymatiga ham ega 
boʻlgani uchun harflar tartibida alifbo emas, balki raqamlarning oʻsib borishi nazarga olingan. 
Oʻsha davrda, keyinlar ham maktablarda «abjad»ni maxsus taxtaga yozib, bolalarga harf 
tanitilgan va harflarning son miqdori yodlatilgan. Shoir shunga ishora qilmoqda. 
 
7. Suho – Hulqar turkumidagi xira koʻrinadigan yulduzning «omi. Bu yerda shoir Farhodning 
merganligini ta’riflab, shunday xira Yulduzni ham nishonga ola olar edi, – deydi. 
 
8. Turki falak – maj. Mirrih – Mars sayyorasi. Mirrih Sharq adabiyotida urush, jangchilik 
homiysi ma’nosida Bahrom ham deyiladi. Shoir Farhodning jangovarlik yarogʻlarini mohirlik 
bilan egallaganini maqtab, u oʻq otganda Mirrih ham ofarin oʻqiydi, demoqchi. 
 
9. Alburz – El'burs togʻi. Shoir bu oʻrinda ham igʻroq san’atini ishlatib Farhod oʻz gurzisi bilan 
uning changini chiqarib yuboradi, deydi. 
 
10. Bahrom – q. Mirrih. 
 
11. Hut – aynan: katta baliq; maj. oʻn ikkinchi oftob burji (zodiak)ning nomi, fevral'–mart 
oylariga toʻgʻri keladi. 
 
12. Asad – aynan: arslon; maj. oftob burjlaridan beshinchisining nomi, iyul'–avgust oylariga 
toʻgʻri keladi. 
 
Bu va oldingi baytlarda Navoiy yana oʻsha igʻroq san’atini,aqlga nomuvofiq, hayotda mumkin 
boʻlmagan mubolagʻani ishlatadi. Farhod xanjariniig zarbidan Hutning bagʻri ezilib suvga 
aylanib ketishi, panjasi bilan Asadning boʻynini uzib olishi mumkin, deb ta’riflanadi. 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling