Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
123 
library.ziyonet.uz/ 
 
yuzini quyoshga, yuzidagi terlarni Zuhra va Mushtariylarga nisbat beradi. 
 
4. Bogʻi nav – Hirot atrofidagi goʻzal bogʻlardan biri. 
XII 
Bu bob sarlavhasida Chin xoqonining ta’rifi beriladi, uning befarzand ekani va Farhodning 
tugʻilishi haqida soʻz ketishi bayon etiladi. 
 
1. Adam shabistonidin vujud gulshanigʻa kelgani – aynan: yoʻqlik qorongʻi kechasidan borliq 
gulshaniga kelishi, ya’ni dunyoga kelishi, tugʻilishi. 
 
2. Afridun – Faridun – qadimgi Erondagi peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Navoiyning 
«Tarixi muluki Ajamda yozishicha, ba’zi manbalarda uni Jamshid nabirasi, boshqalarida esa 
Taxmuras (Jamshidning aka yoki ukasi) avlodidan deb qayd qilinadi. Faridun zolim va odamxoʻr 
shoh Zahhokka qarshi temirchi Kova – Kovai ohangar isyoniga qoʻshilib Zahhokni oʻldiradi. 
Navoiy Faridunni «yaxshi axloqli va odil» edi deb ta’riflaydi. Faridun oʻzining xazina – boyligi 
bilan mashhur. Bu yerda shoir Farhodning otasi Chin xoqoni fazilatlarini Faridunga oʻxshatadi. 
 
3. Qorun – nihoyatda katta boylikka ega afsonaviy shaxs, lekin u oʻta xasis boʻlgan emish. Diniy 
rivoyatlarga koʻra, u Muso paygʻambar aytganlariga amal qilmagan, buning uchun xudo butun 
boyligi, xazina, saroylari bilan yer qa’riga kiritib yuborgan emish. Badiiy adabiyotda Qorun 
davlatmandlik va xasislik ramzi kabi ishlatiladi. Bu yerda Chin xoqoni xazinasi Qorunnikidan 
yuz ming marta ortiq edi, deb ta’riflanadi. 
 
4. Kishvardih – aynan: mamlakat beruvchi. Bu bayt mazmunida «qaram», «tobe» ma’nosida 
keladi. 
 
5. Kishvarsiton – aynan: mamlakat oluvchi. Bu yerda «hukmdor» ma’nosini anglatadi. 
 
6. Bu va keyingi baytda shoir obrazli qilib: – davron xoqon barmogʻiga shunday bir uzuk taqdiki, 
bu uzukning koʻzida otashin la’l parchasi yonib turgandek edi. Uning yuzida ishq sirlari 
yozilgan, ichida esa dard, alamlar tumori oʻyib bitilgan edi, – deydi. Navoiy shunday qilib
Farhodning dunyoga kelishidayoq uni ishq nuri va otashi bilan yoʻgʻrilgan, ana shu ishq 
iztiroblariga mahkum etilgan edi, deya oʻquvchilarini ogohlantirib oʻtadi. 
 
7. Siyovush – qadimgi afsonaviy qahramon, Eron shohi Kaykovusning oʻgʻli. Firdavsiyning 
«Shohnoma»sida yozilishicha, uni pahlavon Rustam tarbiyalagan. Siyovushga oʻgay onasi 
Sudoba oshiq boʻlpb qoladi. Siyovush uni rad etganda Sudoba tuxmat qiladi. Otashparast (oʻtga, 
olovga tolpinuvchilar) odatiga koʻra, Siyovushning otasi uning pokligini isbotlash uchun oti 
bilan gulxandan oʻtkazadi. Shu ondayoq alanga gulshanga aylanadi. Siyovush Turonga, uning 
podshohi Afrosiyob panohiga qochadi. Afrosiyob qizi Farangizni berib, Siyovushni oʻziga kuyov 
qilib oladi, lekin keyichalik saroydagi fitnalar natijasida undan badgumon boʻlib, boshinn 
kestiradi. Sharq pozziyasida «Siyovush qoni» tushunchasi juda koʻp uchrab turadi. Bu baytda 
shoir Farhodning pokligi, dard elining shohi ekanligini ta’kidlash uchun goʻyo uni Siyovushning 
oʻt ichida sayr qilib yurganida tugʻgan farzandidek, deb ta’riflaydi. 
XIII 
Bu bob sarlavhasida Farhodning dunyoga kelgach, chehrasida muhabbat izlari namoyonligi
koʻngli esa gʻamu dardlarga toʻla ekanligi, u shijoat bilan yigitlik mashqlarini oʻrganganligi 
bayon etiladi. 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling