Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 125 library.ziyonet.uz/ 13. Roʻyintan – aynan: bronza tanali; Firdavsiyning «Shohnoma»siga koʻra, Eron shohlaridan Asfandiyorning laqabi. Uning tanasiga zarba yetkazib boʻlmas ekan. Shoir Farhodning tanasini, uning kuchini Asfandiyordan ortiq deb ta’riflamoqda. XIV Bu bob sarlavhasidan Farhodning yigitlik chogʻlarida oʻynab-kulish oʻrniga gʻam-anduh chekib, bulbuldek figʻon qilishi, bundan diltang boʻlgan xoqon oʻgʻlini ovutish uchun toʻrt qasr bino qilish rejasini tuzgani ma’lum boʻladi. 1. Bu va avvalgi uch baytning mazmuni: nayrangboz oʻyinchilar bevafo osmonga oʻxshab koʻkning aylana muhra (bu yerda «muhra» nayrangbozlarning jomchalar ostida yashiradigan soqqalari ma’nosida ishlatilgan) oʻgʻirlagan edilar. Ular oʻz nayranglarini koʻrsatar ekanlar, falak har lahzada oʻn marta pand yer (ya’ni gʻayratlanar) edi. Ular tunni yoritib, kunduzni qorongʻilatar, suvdan oʻt yondirib, oʻtdan suv chiqarib separ edilar. Shu’lali oʻtdan isiriq koʻkartirib, oʻrgimchakning toriga temirchining sandonini osib qoʻyar edilar. Shoir bu oʻyinchilar san’atinn kuy-qoʻshiqlar shod eta olmagan, aksincha, uni yanada dardu gʻam girdobiga solgan Farhodni biroz boʻlsa-da, koʻnglini ochish uchun namoyish qilinganligini gʻoyat mahorat bilan ta’riflaydi. 2. Baytning mazmuni: yana bir yozlik qasr qurilsa, u nozu ne’matlarning boʻston saroyi boʻlsa. 3. Baytning mazmuni: yana bir kuz fasliga moslab qasr qurilsa, uning boʻyoqlari xazon rangidek sarigʻ boʻlsa. 4. Baytning mazmuni: yana bir qishlik qasr qurilsa, unga oq rangli Xitoy matolari toʻshasalar. XV Bu bobda Navoiy Xoqonning vaziri Mulkoro afsonaviy Eram bogʻiga monand 4 qasr qurilishiga sarkor va me’morlar tayin qilib, ish boshlab yuborgani, Farhodning esa hunarmandlar san’atini tomosha qilib, toshtarosh Qoran ishidan hayratga tushib, uning san’atini oʻrganish ishtiyoqida yongani bayon etiladi. 1. Eram – Eram, jannatga oʻxshash goʻzal va xushhavo bogʻning nomi. Uni Od qabilasidan afsonaviy zolim Shaddod barpo qilgan, deyiladi. 2. Qoran – dostondagi toshtarosh ustaning nomi. 3. ―Kan-naqshi fil-hajar» – arabcha: «toshga oʻyilgan naqshdek‖ ma’nosini anglatadi. 4. Boniy – dostondagi me’morning nomi. 5. Bu baytda shoir baland havoza ustidagi roza – binokor ustani falakdagi Zuhal yulduziga oʻxshatmoqda. Navoiy bu toʻrt qasr qurilishini shunday mahorat bilan tasvirlaydiki, ishning rejalanishidan to binolar qad koʻtargunga qadar boʻlgan mehnat jarayonini hayotiy, real tarzda tasavvur qilish mumkin. Muhandisu me’mor, naqqoshu toshkesar, paxsachilaru gʻishtchilar, temirchilaru rassomlar, ishboshilaru pardozchilarni, ularning moʻ’jizakor mehnatini shoir alohida ta’riflaydi. Ayniqsa, ishning qizgʻinligi, hamma oʻz oʻrnida muayyan ish bilan yonishi, yelib- yugurishi, mehnat jarayoni haqida katta, qaynoq mehr bilan soʻz yuritiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling