Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz


Farhod va Shirin (II- qism)


Download 1.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/270
Sana05.01.2022
Hajmi1.43 Mb.
#228393
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   270
Bog'liq
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
133 
library.ziyonet.uz/ 
 
tushdi. Ya’ni Suqrot ham Suhaylodek hayotdan koʻz yumdi. 
 
14. Bu misra ikki ma’noni anglatadi: birinchisi – quyoshdek porloq Suqrot dafn etildi; ikkinchisi 
– quyosh botdi, kun qaytdi. 
 
15. Luqmon – ba’zi tarixiy manbalarda paygʻambarlar, ba’zilarida esa hakimlar sirasida 
keltiriladi. Rivoyatlarga qaraganda, rangi qora xabash boʻlgan. U kimningdir quli boʻlib, ozod 
boʻlishi haqida bir qancha rivoyatlar bor ekan. Jumladan, Luqmonning xojasi – qoʻy soʻyib 
yaxshiroq a’zosini pishirib kel deb buyuribdi. Luqmon qoʻyning yurak va tilini keltiribdi. 
Boshqa safar xojasi – qoʻy soʻyib yomonroq a’zosini pishirib kel, – debdi. Luqmon yana yurak 
va tilni keltiribdi. Xoja buning ma’nosini soʻraganda Luqmon debdi: koʻngul noloyiq fe’l-
atvordan, til keraksiz soʻzlardan beri boʻlsa ulardan yaxshiroq a’zo yoʻqdir, agar boʻlmasa, 
ulardan yomonrogʻi yoʻqdir. Luqmon hikmatlaridan 4000 tasi yigʻilgan ekan. Shundan ikkitasini 
doim yodda saqlab ikkitasini unutish kerak emish. Chunki avvalgi ikkisi – oʻzi qilgan 
yaxshiliklar, keyingi ikkitasi boshqalar qilgan yomonliklar haqida emish. Qadimgi manbalar 
Luqmon bilan bogʻliq ba’zi rivoyatlarni mil. av. VI asrda yashagan yunon masalchisi Ezopga 
nisbat beradilar. 
 
Shoir bu yerda Luqmonning xabashligiga ishora qilib, majoz yaratadi va tun qorongʻiligi haqida 
fikr yuritadi. 
XXVI 
Bu bob sarlavhasida Farhodning oʻz mamlakatiga qaytgani va oynada Arman vodiysi va Shirin 
jamolini koʻrib hushidan ketgani bayon etiladi. 
 
1. Bu baytda shoir ot ustidagi goʻzal Shirin xatti-harakatini shatranj donalari (shaxmat) va 
ularning yurishlariga oʻxshatib goʻzal obraz yaratadi: U goʻyo quyosh bilan shatranj 
oʻynayotgandek ruh va ot bilan yurib, uni – quyoshni har soatda yuz marta mot qilar edi. 
 
2. Bahrom – dostonda vazir Mulkoroning oʻgʻli, Farhodning emikdoshi va yaqin sirdosh doʻsti. 
 
3. Bu va keyingi ikki bayt mazmuni: (qayta hushiga kelgan Farhod yana koʻzguga qarasa) uning 
yuzi avvalgidek qorongʻi edi. Uni yasagan donishmand shunday tilsim ishlatgan ediki, koʻzguga 
qaragan odam qanday shakl koʻrsa, keyin boshqa koʻrinmas, tilsimi buzilib qolar edi. 
 
4. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhod) hamma narsani oʻylab koʻrgach, aql qonuni bilak ishga 
kirishmoqcha boʻldi; lekin u bilmadiki, ishq bedodlik qilsa, yuzlab aql va bilimning qonun-
qoidalari barbod boʻlib ketadi. 
XXVII 
Bu bob sarlavhasida Farhodning ishq oʻtinn yashira olmagani, rangi sargʻayib ketganidan 
hakimlar dengiz sayohatini maslahat koʻrganlari bayon etiladi. 
 
1. Baytning mazmuni: har qanday odam koʻrsa, ma’lum qilar ediki, bu xoro – toshni, oʻt – olov 
mum qilib yuboribdi. Shoir bu yerda istiora san’atini ishlatgan, «xoro» soʻzidan Farhod koʻzda 
tutiladi. 
 
2. Bu va keyingi bayt mazmuni: (Farhodga) shunday holatlar yuz bergan ekan (ya’ni uning rangi 
sargʻaygani, harorati koʻtarilgani va h. k.), ular dimogʻining yubsi’a – qurishiga sabab boʻlgan. 
Endi mizojini harorat va qurishlik zabt etibdimi, uning iloji dengiz (ya’ni teskari, zid – dimogʻni 



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling