Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz
Farhod va Shirin (II- qism)
Download 1.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8
Farhod va Shirin (II- qism)
Alisher Navoiy 136 library.ziyonet.uz/ (xoharzoda – opa yoki singilning farzandi) ekanligi aniq aytiladi. 6. Ayn ul-hayot – ayn. hayot bulogʻi. Bu yerda shoir ta’rificha, Shirin kelib, koʻngil ochib ketadigan buloqning nomi. 7. Yigoch– yogʻoch, bu yerda uzunlik oʻlchovi ma’nosida boʻlib, bir yigʻoch – taxminan sakkiz km.dan ortiqroq. 8. Baytning mazmuni: mashaqqat zoʻrligadan yigitlarni koʻrganlar chol (qori–qari), deydi, lekin qazilgan yer esa ikki-uch yuz quloch (qori) keladi. Shoir bu yerda «tajnis san’atidan istifoda etadi. 9. Baytning keyingi misrasida shoir foydasiz va imkonsiz ish uchun urinishning behudaligi haqida soʻz yuritadi. U «Ohani sard kuftan» (sovuq temirni oʻyish) degan xalq maqolidan foydalanib, «irsoli masal» san’atini ishlatadi. 10. Baytning mazmuni: temirchidan dam bilan koʻra oldi, beliga charm partugʻ (tanura) bogʻladi. 11. Bu va avvalgi bayt mazmuni: togʻ kamarini qazish uchun kerak boʻlgan bir necha gurzi va bir necha asbob charxlaydigan tosh (sunboda) tayyorladi. Ularning barchasiga Qorandan yashirincha oʻrganib olganidek, yaxshilab suv berdi. 12. Baytning mazmuni: u qoʻlining zarbi bilan tesha urganda, ovozi (orig. farrasti) oʻn yogʻoch masofaga yetar edi. Shoir bu yerda «gʻuluv» san’atini qoʻllagan. 13. Bu va keyingi bayt mazmuni: togʻ qazuvchilar ham, bu ishlarni boshqaruvchilar (orig. kor farmov) ham Mehinbonu qoshiga borib, koʻrmagan odamning bu ishlarga aqli inonmaydi deya xa bar qilmoqchi boʻldilar. XXXI Bob sarlavhasida Farhodning togʻni pora-pora qilayotgan teshasi ovozini eshitgan Shirinning uning qoshiga kelishi, Farhod Shirinni koʻrishi bilan hushidan ketgani, Shopurning bundan behad kuyib yongani va Farhodni saronga olib ketishgani bayon etiladi. 1. Havvo – diniy rivoyatlarga koʻra, insoniyatning onasi – Momo Havo. Shoir bu yerda Mehinbonuga Havoga oʻxshatadi. Uning Shirin xonasiga kelishini Momo Havoning jannatda makon tutganiga nisbat beradi. 2. Janibat – podshohlar biror yerga dabdaba bilan chiqqanda ehtiyot uchun birga olib yuriladigan ot. Bu yerda shoir umuman ot surishni, otda borishlikni koʻzda tutmoqda. 3. Baytning mazmuni: arigʻni qazish uchun yuz ganj sarflagan edim, suvi kelmasdan burun qoʻl yuvib edim. Shoir bu yerda «istiora» san’atini ishlatib, «qoʻl yuvmoq»ni «voz kechmoq», «qoʻl tortmoq» ma’nosida keltiradi. Ayni choqda shoir suvi yoʻq ariqdan qoʻl yuvish tushunchasi bilan esa «mumtane’» san’atini vujudga keltiradi. 4. Bu baytda shoir Shirinni – parivash, uning otini devpaykar – dev gavdali deb ta’riflaydi. Bu ot unga Shirin mingach, parikash – parini olib boruvchi boʻldi, deydi, Natijada baytning ikki misrasida shoir «talozum» san’atini yaratadi. 5. Gulgun – Shirin otining nomi. Bu baytda shoir «ot» soʻzini ikki ma’noda (nom va ot) ishlatib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling